Get Mystery Box with random crypto!

#oʻquv_trening Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agent | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#oʻquv_trening

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Kunning ikkinchi yarmidan boshlab trening ishtirokchilari shoʻbalarga boʻlingan holda oʻquv-treninglarda qatnashmoqda.

Mazkur shoʻbalarda mutaxassislar tomonidan:
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarda joriy etilgan baholash tizimi, BSB hamda ChSB tahlillari;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyatini samarali tashkil etish;
Oʻquv rejalari va tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish;
Elektron jurnal yuritilish;
Byudjet intizomi;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda xoʻjalik faoliyati;
Fuqaro murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi va pochtadan samarali foydalanish kabi mavzularda oʻquv-treninglari olib borilmoqda.

Ma'lumot uchun, mazkur oʻquv-trening ikki kun davom etadi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube