Get Mystery Box with random crypto!

#Ixtisoslashtirilgan_maktab Quvasoy shahar ixtisoslashtiril | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ixtisoslashtirilgan_maktab

Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi elektron bazasidan masofadan foydalanish imkoniyati yoʻlga qoʻyildi

“Infolib Oʻzbekiston-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshabayeva Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Oʻquvchilar bilan samimiy davra suhbati tashkil etildi.

Maktabda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi elektron bazasidan masofadan foydalanish imkoniyati yoʻlga qoʻyildi. Maktab kutubxonasiga kitoblar taqdim etildi.

Ma'lumot uchun, shu yilning sentabr oyida mazkur maktabning ochilish marosimi boʻlib oʻtgandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube