Get Mystery Box with random crypto!

Bolalar gripp vaksinasi(inflyuvak)ni necha yoshdan olsa bo‘lad | PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Bolalar gripp vaksinasi(inflyuvak)ni necha yoshdan olsa bo‘ladi?

14 yoshdan katta bolalarga -
0,5 ml(bitta doza) bir marta
3 yoshdan 14 yoshgacha -
0,5 ml bir marta
6 oylikdan 3 yoshgacha -
0,25 ml bir marta.
6 oylikdan kichik bolalarni
onasiga olish tavsiya etiladi. Hosil bo‘lgan gumoral immunitet, ona suti orqali bolaga o‘tadi.

Oldin gripp bilan kasallanmagan va vaksinatsiya qilinmagan bolalarga 4 hafta oralig‘ida 2 marta qilinadi.
Preparat himoya effekti inyeksiyadan so‘ng 14 kunda namoyon bo‘ladi. Davomiyligi 6-12 oy.


Vaksinani yaroqlik muddati bir yil. Qutisiga “2022-2023 sezon” uchun deb yozilganini xarid qiling.

Vaksinatsiya paytida bola mutlaqo sog‘lom bo‘lishi kerak. Shuning uchun muolajani vrach Pediatr bilan maslahatshib keyin amalga oshiring.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Hamkor kanal @Bolajon_parvarishi

Telegram | Instagram | Facebook