Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamo | Fan olimpiadalari

Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlar bilan kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Bugun, 28-fevral kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi Oʼzbekiston terma jamoasiga nomzodlar bilan oʼtkazilayotgan kuchaytirilgan oʼquv mashgʼulotlari jarayonlariga bagʼishlangan Press-tur tadbiri tashkil etildi.

Аyni vaqtda poytaxtimizda joylashgan Аbu Аli ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda biologiya va kimyo fanlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida informatika va axborot texnologiyalari fanlari, Toshkent viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida matematika va fizika fanlari boʼyicha oʼquv mashgʼulotlari oʼtkazilmoqda.

Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/915


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram