Get Mystery Box with random crypto!

52-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO-2022) Joriy yil 52-Xalqa | Fan olimpiadalari

52-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO-2022)

Joriy yil 52-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) ga Shvetsariya davlati mezbonlik qilmoqda. Olimpiada masofaviy (onlayn) tarzda tashkil etildi. Xalqaro fizika olimpiadasiga 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etmoqda va shu qatori 5 nafar O‘zbekistonlik yoshlar ham yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Terma jamoa tarkibi:
Xasanjonova Madinabonu Toxirjon qizi-Toshkent sh., Chilonzor tumani, S.Sirojiddinov akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi;
Sultonov Javoxir Xurshidovich-Toshkent sh., Yunusobod tumani, Mirzo-Ulug‘bek maktabi, 10-sinf o‘quvchisi;
Aliqulov Ruslan Otabek o‘g‘li-Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, 68-IMI, 11-sinf o‘quvchisi;
Itolmasov Abdukomil Akmal o‘g‘li-Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Xalqaro matematika maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
To‘raboyev Azizbek O‘rinboy o‘g‘li-Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 14-maktab,11-sinf o‘quvchisi;

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep