Get Mystery Box with random crypto!

Olimjon Haydarov

Telegram kanalining logotibi olimjonhaydarov — Olimjon Haydarov O
Kanaldagi mavzular:
Freeolimjonhaydarov
Telegram kanalining logotibi olimjonhaydarov — Olimjon Haydarov
Kanaldagi mavzular:
Freeolimjonhaydarov
Kanal manzili: @olimjonhaydarov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.56K
Kanalning ta’rifi

Шахсий блог.
Шахсий қарашларим, воқеаларга шахсий муносабатларим.
@olimjon1115 - Мурожаат ва таклифлар учун

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-05-18 16:14:23
Fargʻona viloyati Oltiariq tumani Boʻrbonliq mfydagi 10-maktabda roʻmolli qizlar haqorat qilingani haqidagi xabarlar yuzasidan vaziyatni oʻrganish uchun Boʻrbonliqqa bordik.

Holat qisqacha quyidagicha boʻlgan: Kecha, 17.05.23 kuni, soat tahminan 9⁰⁰-9³⁰lar chamasi maktabga Boʻrbonliq va Gulobod MFYdan xotin qizlar boʻyicha maslahatchilari kelishgan. Ular maktab psixologi, xotin qizlar boʻyicha oʻrinbosariga tadbir oʻtkazmoqchi ekanliklari, shu sabab roʻmolli qizlarni yigʻib berishlari kerakligini aytishgan. Maktab xodimlari avvaldan tasdiqlangan reja boʻlgani sabab, jami 20-25 nafar, deyarli 9-11 sinf(16-18 yosh) qizlarni yigʻib kirishgan.
Shu joydan ikki xil fikr ketmoqda.
Qizlarni(deyarli hammasining) aytishlari boʻyicha Boʻrbonliq mfy raisining xotin qizlar boʻyicha maslahatchisi juda keskin gapirgan. Xususan, bu yer Saudiya emasligini, bu xolda arab mamlakatlarda yurish mumkinligini, shu holatlarida yurishsa ekstrimizm gʻoyalari tasiriga tushib qolishlari mumkinligi, shuningdek bu holatda vatan xoini boʻlishlari mumkinligi, agar mana shunday oʻranib yuraverishni xohlashsa(oddiy, keng oʻralgan roʻmol nazarda tutilgan), bemalol arab davlatlariga koʻchib ketishi mumkinligini aytgan(yuqorida aytganimdek bu oʻquvchi qizlarni versiyasi, deyarli barchasi tasdiqlayotgan holat, harqalay bugungacha, ertaga boshqacha gap gapirishlari ham mumkin, qandaydir bosimlar qilinsa. MFY xodimlari bu gaplarni inkor qilishmoqda, tabiiyki, jamoatchilik bosimidan soʻng).

Bu yerda kecha koʻpchilikni nafrati qaratilgan taʼlim muassasasi(maktab)da deyarli ayb yoʻq.
Ayb mahallada ham emas. Ayb shu buyruqni berganlarda. Afsuski ular doim panada. Ular doim oʻqituvchilar, shifokorlar va boshqa oddiy kasb egalari orqasiga berkinib, ularni jamoatchilik nafratiga duchor qilib, oʻzlari doim suvdan quruq chiqib ketadi. Musulmonlarni, islomni jamiyatga xavf sifatida koʻrishdan, bunday koʻrsatishdan allaqachon voz kechish kerak.

YouTubedagi video ostida o'z fikrlaringizni qoldiring.





@OlimjonHaydarov
6.1K views13:14
Ochish/sharhlash
2023-05-18 12:01:39
АйТини ўрганмоқчимисиз? Бепул очиқ дарсга марҳамат!

Замонавий касблардан бирини Ўзбекистондаги энг кўп ўқувчига эга АйТи марказ «Нажот Таълим»да ўрганиш истагида бўлган йигит-қизлар учун марказ устозлари томонидан навбатдаги катта очиқ дарс бўлиб ўтади.

Очиқ дарсда АйТининг энг талабгир соҳалари — дастурлаш, дизайн ва маркетинг бўйича бошланғич тушунча ва маълумотларга эга бўлишингиз ҳамда марказдаги қулайликлар, келгусида ўқувчилар учун таклиф этилаётган янгиликлар ҳақида билиб олишингиз мумкин.

Қачон: 19-май, жума, соат 14:30
Қатнашиш: бепул
Ким учун: барча учун
Қаерда: «Нажот Таълим», Фарғона филиалида

Очиқ дарс учун рўйхатдан ўтиш

Ўз келажагини замонавий касблардан бири билан қуриш истагидаги барча водийлик йигит-қизларни очиқ дарсда кутиб қоламиз!
5.7K views09:01
Ochish/sharhlash
2023-05-17 21:33:30 Noliydigan jamiyat va uning dunyoqarashi.

@abdusattor
5.7K views18:33
Ochish/sharhlash
2023-05-17 20:22:40
Tarmoqda Fargʻona viloyati Oltiariq tumani 10-umumtaʼlim maktabida roʻmolli qizlarni yigʻib, alohida majlis oʻtkazilganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Bu vaziyat haqida viloyatdagi rahbarlari bilan bogʻlandim, nazoratga olishgani, yakuni boʻyicha jamoatchilikka maʼlumot berishlarini aytishdi. Mustaqil ravishda tumandagi boshqa maktablar bilan bogʻlandim, hozircha faqat shu maktabda yuz bergan bu vaziyat. Yaʼni katta ehtimol bilan shaxsiy tashabbus(shu majlisni tashkillagan kimnidir shaxsiy tashabbusi).

Ertaga rasmiy biror munosabat kutamiz, shuningdek shu maktabga borib, vaziyatni oʻrganishga harakat qilaman.

@OlimjonHaydarov
7.0K views17:22
Ochish/sharhlash
2023-05-17 18:07:15
Kun.uz va Muxammad Shakur aka birgalikda bir necha safardan buyon Janubiy Koreyaga ketish masalasidagi korrupsion holatlarni ochiqlashmoqda. Rostdan ham tizim boʻyniga qadar korrupsiyaga botib ketgan. Muhammad Shokir aka aytganidek, bu tashkilotni tugatib yo yangi tuzilma tashkil qilish kerak, yoki tizimni xususiylashtirish kerak.

Quyidagi videoni koʻrishni va doʻstlarga ulashishni tavsiya qilaman.

@OlimjonHaydarov
6.4K views15:07
Ochish/sharhlash
2023-05-16 17:58:48
Bir yoqda suyguling koʻzingdan gʻoyib,
Bir yoqda vataning gʻarlarga talosh.
Bir yoqda anduhing bormoqda boyib,
Bir yoqda qaroqqa toʻlqin urar yosh.

Bir yoqda shimolga surgun yigitlar,
Bir yoqda juvonlar jamiyatga qul.
Bir yoqda yalogʻi tillodan itlar,
Bir yoqda tanglayi teshilgan bulbul.

Bir yoqda Orolday shoʻrlagan manglay,
Bir yoqda adashgan yoʻlchiday avom.
Bir yoqda yolgʻonni aytishar chinday,
Bir yoqda aldanish etadi davom.

Bir yoqda qullikni tusar keksalar,
Bir yoqda yoshanglar farqi yoʻq har yoq.
Bir yoqda kelajak hissiz ingranar,
Bir yoqda qabrlar hayqirar uzoq.

Bir yoqda bemalol qish kelayotir,
Bir yoqda koʻchini toʻplar tiyramoh.
Bir yoqda bemajol dil yigʻlayotir,
Bir yoqda samoga oʻrlayotir oh.

Bir yoqda hammasi oʻtkinchi goʻyo,
Bir yoqda har biri jon berishga teng.
Bir yoqda izmidan qoʻymaydi dunyo,
Bir yoqda bir yoqqa ketging kelar sen.

Najmiddinbek Ermatov

@OlimjonHaydarov
3.7K views14:58
Ochish/sharhlash
2023-05-16 17:58:40 Olimjon Haydarov pinned a photo
14:58
Ochish/sharhlash
2023-05-16 15:12:38
Vodiylik yigit-qizlar uchun 100 ta grant e'lon qilamiz!

«Najot Ta'lim»
markazi vodiylik yoshlar uchun Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi va qo'llab-quvvatlovi bilan Farg'ona filiali uchun 100 nafar o'quvchiga grant e'lon qiladi.

Ushbu grantda Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan dasturlash hamda dizayn sohasiga qiziqqan yoshlar qatnashish huquqiga ega.

Grantni saralab olish imtihon (mantiqiy fikrlash va ingliz tili) va suhbat asosida bo'lib o'tadi. Eng yuqori ball to'plagan 100 nafar o'quvchi g'olib deb topiladi. Saralash «Najot Ta'lim» jamoasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 10-may sanasidan boshlab 25-maygacha davom etadi. Imtihon kuni bo'yicha ro'yxatdan o'tganlarga xabar beriladi.

Grantlar soni: 60 ta dasturlash, 40 ta grafik dizayn
Yosh chegarasi: 14 yoshdan 30 yoshgacha
Saralash: kirish imtihonlari va suhbat orqali
Qayerda: «Najot Ta'lim», Farg'ona filiali

Dasturlash, dizayn sohalarini grant asosida o'rganmoqchi bo'lsangiz, hoziroq ro'yxatdan o'ting.

Grant uchun ro'yxatdan o'tish

P. S. Ushbu xushxabarni do'stlaringiz bilan ulashing!

78-888-9-888 | @aloqa_ntbot
4.3K views12:12
Ochish/sharhlash
2023-05-16 12:00:59
Fargʻonadagi IIV tasarrufidagi 10-sonli tergov hibsxonasida mahbuslar qiynoqqa solinishi holati yuzasidan murojaat keldi.

Unda aytilishicha hibsxonada saqlanayotgan Tojiboyev Raximjon xodimlari sababsiz avvaldan operatsiya qilingan, jarohati bor oyogʻiga tepib, unga qasddan jarohat yetkazishgan. Fuqaro shu sabab chiqayotganlardan xat yozib yuborgan.

Umid qilamiz bu murojaatga avvalo Fargʻona viloyati Prokuraturasi, shuningdek Bosh prokuratura munosabat bildiradi, bildirishlari shart.
Sababi JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI TO'G'RISIDA qonunning 3-moddasida fuqarolar shikoyatlarini bildirishlari, 4-moddasida yozma murojaat qilishlari mumkinligi, 7-moddasida murojaat OAV orqali berilishi mumkinligi koʻrsatilgan. Shunday ekan, munosabatni kutamiz.
Prokuratura vaziyatni oʻrganib avvalo mahbusga, shuningdek jamoatchilikka ham munosabat beradi.

@OlimjonHaydarov
5.0K views09:00
Ochish/sharhlash
2023-05-15 17:35:48
Kun.uz nashri Amerikada olgan intervyusidagi diniy mazmundagi soʻzlarni chiqarishga Qoʻmita ruxsat bermapti.

Menimcha, Qoʻmita butun dunyodagi din ishlarini nazorat qilmoqchi shekilli.

Quyidagi hujjatni oʻqib koʻringlar. Qoʻmita ruxsat bermagan soʻzlarga eʼtibor beringlar.
Qoʻmitaning yomon tushi. Ular bu intervyu efirga ketsa, Oʻzbekistondagi diniy cheklovlarni odamlar bilib qoladi deb oʻylashmoqda shekilli. Xuddiki hech kim bu cheklovlarni bilmaydigandek, tavba.

Ps. Qoʻmita - Din ishlari boʻyicha qoʻmita, vazirlik maqomiga ega tuzilma. Prezidentga boʻysunadi.
Konstitutsiyada din davlatdan ajratilgan deb yozib qoʻyilgan boʻlsada, lekin hukumat dinni doim nazoratda ushlab turadi.

@OlimjonHaydarov
6.5K views14:35
Ochish/sharhlash