Get Mystery Box with random crypto!

Olimjon Haydarov

Telegram kanalining logotibi olimjonhaydarov — Olimjon Haydarov O
Telegram kanalining logotibi olimjonhaydarov — Olimjon Haydarov
Kanal manzili: @olimjonhaydarov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.56K
Kanalning ta’rifi

Шахсий блог.
Шахсий қарашларим, воқеаларга шахсий муносабатларим.
@olimjon1115 - Мурожаат ва таклифлар учун

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-05-15 13:30:33
Kecha Zomindagi sanatoriya peshtoqiga osib qoʻyilgan bayroq haqida post qoʻygandim. Vaziyatga tezkorlik bilan reaksiya bildirgan Jizzax viloyati IIBga, xususan Baxtiyor Togaev akaga tashakkur.

Bayroqni haqiqiysiga almashtirib qoʻyishibdi

Baraka topishsin

@OlimjonHaydarov
6.1K views10:30
Ochish/sharhlash
2023-05-14 19:01:49
Nega huquq tartibot organlari(IIV va MG) hammaga har hil yuzli?

Bir necha kun avval Qashqadaryo(Qamashi tumani)da IIB xodimlari bitiruvchi yigitga, keyinroq Fargʻonada Milliy Gvardiya xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻini olib yurganimiz uchun meni qonunbuzar sifatida toʻxtatishdi.
Ularni talablari boʻyicha Bayroqdan faqat davlat muassasalarida foydalanish, maxsus vaziyatlarda olib yurish mumkin ekan.

Quyidagi rasmdagi bayroq Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Kasaba uyishmasiga tegishli mashhur "Zomin" sanatoriyasi peshtoqiga ilib qoʻyilgan. Unda davlat bayrogʻi notoʻgʻri rang bilan ifodalanib, unga nisbatan hurmatsizlik, uni qadrsizlantirish, oyoqosti qilish holati yuz bergan.

Negadir shonli militsiyamiz, milliy gvardiya xodimlari biz - oddiy odamlarni bayroq koʻtarib yurganimizni koʻrib, qonunlar eslariga tushadi-ku, lekin bunday holatlarni "koʻrmay qolishadi".

Bu joyda bir necha qonun buzilishi holatlari mavjud.

Birinchidan, Kasaba uyushmasi nodavlat tashkilot boʻlib, davlat bayrogʻidan nodavlat tashkilotlarning foydalanishi mumkin emas(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun, 5² moddasi).

Ikkinchidan, Bayroqda Qonunda belgilangan ranglardan foydalanilmagan. Vaholanki, Qonunning 1-moddasida davlat bayrogʻining sxematik va rangli tasviri tasdiqlanganligi, 10-moddasida qanday ranglar qanday shaklda boʻlishi kerakligi aytilganligi, shuningdek Qonunga qilingan ilovada Bayroq ranglari aniq koʻrsatilgan.

"Zomin" sanatoriyasi masʼullari esa bila turib(qanday qilib bilmasligi mumkin, Kasaba uyishmasi rahbariyati deyarli davlat boshqaruvida ishtirok etgan sobiq amaldorlar) qoʻpol ravishda davlat qonuni buzishmoqda.

Bizni shonli huquq tartibot organlarimiz bu sanatoriya masʼullariga ham qonuniy chora koʻra olisharmikan?

Ps. Mayli, bayroq faxrimiz, olib tashlashmasa ham, standart ranglardagi bayroqni ilib qoʻyishsin, kimnidir "duxi" yetsa, aytinglar, "Zomin" sanatoriyasi direktoriga.

@OlimjonHaydarov
6.8K views16:01
Ochish/sharhlash
2023-05-12 17:08:55 Судьяларимиздаги камерафобия.

Нега Суд мана шу йўналишда ишламаяпти?

Маълумот учун: Олий Суд плениум қарорларининг бирида очиқ суд мажлисини видео/аудио/фототасвирга тушуриш жараёни томонлардан бири ёки ОАВ вакилининг оғзаки ёки ёзма илтимосига биноан, суд томонидан хусусий ажрими кўринишида амалга оширилади. Бунда судга раислик қилувчи хусусий ажрим чиқариш жараёнида томонларни фикрини эшитиб, кейин қарор қабул қилади, қабул қилган қарорини изоҳлаб беради. Қонунан шундай бўлиши керак жараён.

Лекин амалда жуда кўп судьялар камералардан жудаям қўрқади. Жуда кўп вазиятларда қонунчилик рухсат берса ҳам судьялар рухсат беришмайди.

Нега?
Авар судьялар ишни қонунан, адолатли кўриб чиқса, қонун рухсат берса, нимага камерага рухсат беришмайди?
Томонлар, ҳатто прокурор рози бўлган ишларни биламан, судья рози бўлмаган. Бир балоси бордирки, кейин камерага рози бўлмайди деб ўйлайди кейин одамлар.

Қонунчиликда мана шу масалани аниқроқ белгилаб қўйиш керак. Қандай вазиятларда олиш мумкин, қандай вазиятларда олиш мумкин эмас. Мавҳум нуқталар қолдириш доим мана шундай четлаб ўтишларга сабаб бўлади?

Ўзи нега суд ишларини камерага олиш керак?
1. Айрим ишларда суд мажлисида айтилган гаплар суд протоколига киритилмайди.
2. Айрим судьялар атайлаб ишни бир томонлама кўради.
Шундай вазиятлар бўлавергач, одамлар жараённи ёзиб олиш таклифи билан чиқа бошлашди. Умуман олганда суд тизими мутлақ адолатли ва мустақил бўлгунча зиддиятли ишларни албатта камера иштирокида ўтказиш керак.

****

03.05.23.
ЖИБ Оққўрғон суди раиси судланувчи киритган илтимосномани судланувчининг шахси очиқланмаслиги учун рад этди(Парадокс. Судланувчи ўзи камерага рухсат сўрамоқда, суд ва прокурор унинг шахсини ўйлаб, рад этмоқда)

**
11.05.23
ЖИБ Марғилон шаҳар судида зиддиятли маъмурий иш жараёнида киритилган илтимосномани рад этди. Ҳеч қандай тушунтириш бермади. Шунчаки рад этди, хоҳламаяпман деб. Қонун бу шахсларни кайфиятига қараб эмас, ҳаммага бирдек амал қиладиган ҳужжат бўлиши керак.

****

12.05.23
ЖИБ Тошкент шаҳар судида адвокат томонидан киритилган илтимоснома устидан судья деярли кулди. Мени олмайсизлар, ўзларинг суддан кейин тушаверасизлар деди.

Нега бунчалик қонунларни ҳурмат қилишмайди бу судьялар?
Нега айримлари ўзларини олий ирқ вакили деб тушунишади?

Шу масалани бир ёқлик қилинглар, ё рухсат беринглар, ё умуман тақиқлаб қўйинглар, туғолмаётган хотиндек сарсон бўлмасин шу масала.

@OlimjonHaydarov
3.9K views14:08
Ochish/sharhlash
2023-05-11 23:53:40
Qozi (sudya)lik masʼuliyati.

Qozi (sudya)lik hamma zamonlarda eng masʼuliyatli va qiyin ish boʻlgan. Ayniqsa, Islomda qozi( sudya)lik masʼuliyat talab qilinadigan vazifa hisoblangan. Sababi qozi(sudya) lar shunchaki hukm (qaror) chiqarmaydi, balki inson taqdirini hal qiladi. Ular chiqargan birgina notoʻgʻri hukm (qaror) bir inson, oila, jamiyat taqdirini butunlay barbot qilishi mumkin. Qozi (sudya) lar eng birinchi oʻrinda adolat bilan qaror chiqarishlari kerak. Muttasil adolatsiz qarorlar chiqaradigan, bila turib bir yoki bir necha shaxslar talabi (iltimosi, buyrugʻi) bilan bir tomonlama hukm chiqaradigan sudyalarni oxiratda holiga voy.
Ayrim hollarda jazo oxiratga qolmay, shu dunyodayoq beriladi. Masalan hayotda koʻp bora adolatsizlik bilan ish olib borgan qozilar, prokurorlarni fojiaviy oʻlim topganlariga guvoh boʻlganmiz.

Radioboshlovchi Xayrullo Yuldashev aka shunday holatlardan birini misol qilib keltirgan. Koʻrishni va ulashishni maslahat beraman.

@OlimjonHaydarov
12.5K views20:53
Ochish/sharhlash
2023-05-11 20:58:30
Kuni kecha Toshkent viloyati IIBB Jahongir Ulugʻmurodov ishi boʻyicha tuhmatlarga toʻla bayonot bilan chiqqandi.

Bunga Jahongirni onasi izoh beribdi. Aslida voqea qanday boʻlgan, Qoʻmita qanday hulosa bergan, onaning xissiyotlari qanday, oʻzingiz eshitib koʻring. Ortiqcha izohga hojat yoʻq.

Batafsil video havolasini



@OlimjonHaydarov
5.9K views17:58
Ochish/sharhlash
2023-05-11 20:27:05
Yana melisa, yana kuch ishlatish.

Tarmoqda video tarqaldi.
Unda koʻrinishicha nomaʼlum maskan(katta ehtimol yo ruhiy kasallar shifoxonasi, yoki qandaydir hibsxona, kamera chetiga "ERKAKLAR XONASI" deb. yozib qoʻyilgan)da oyoq va qoʻllari boylangan erkak(yoshi maʼlum emas, balki oʻsmirdir)ni IIB xodimi avvaliga tahqirlagan, keyin bir necha marta kuch ishlatgan, shapaloq va mushtlari bilan bosh qismiga urgan, soʻnggida uni ovozini oʻchirish maqsadida ogʻiz qismini nafas ololmaydigan holatda bogʻlab qoʻygan.

Voqea qachon, qayerda, qanday sabab bilan boʻlgani nomaʼlum. IIVdan arzirli, joʻyali munosabat kutamiz.

@OlimjonHaydarov
6.3K views17:27
Ochish/sharhlash
2023-05-11 20:09:54
Sobiq imom, jamoatchilik faoli, Chirchiqlik akani bugun 2 soat avval(soat taxminan 20⁰⁰lar chamasida) Shayxontohur tumani IIBga hech qanday chaqiruv qogʻozisiz chaqirishgan, keyinroq telefonini olib kelishni ham talab qilishgan. Oradan shuncha vaqt oʻtsa-da, qoʻyib yuborishmagan.

Qiziq jarayonlar boʻlmoqda. Oxirgi vaqtlarda IIB xodimlarining bunday qonunsiz harakatlari natijasida xalq va hukumat oʻrtasida koʻrinmas toʻsiq, jarlik shakllanmoqda.

Menga qiziq boʻlgani bu harakatlardan Prezidentni xabari yoʻqmi, yoki Prezident tashabbusimi?
Agar Prezidentni xabari boʻlmasa, unda bunday qonunsiz harakatlar tashabbuskori kim, oʻrtoqlar?

@OlimjonHaydarov
6.2K views17:09
Ochish/sharhlash
2023-05-10 18:11:19
Yoshlarimizga Green Card chiqishi quvonchli xabarmi?

Har yili may oyi boshida butun Oʻzbekiston diqqat markazida sehrli diyor - AQShga ketish uchun eng oson yoʻl - Green Card javobi boʻladi.

Yildan yilga Amerikaga ketuvchilar koʻpaymoqda. Afsuski ularni aksari yoshlar.

Nega afsus demoqdaman? Sababi Amerikaga ketayotgan yoshlarni aksari oltin boshlar, ertaga xalq, millatni ertasi boʻlishi kutilayotgan yoshlardir. Yildan yilga ular oʻz kelajaklarini bu yurtda koʻrishmayapti. Bunga asosiy aybdor hukumat. Aynan hukumat olib borayotgan tushunarsiz, senzurali siyosat tabiatan erkinlikka intiluvchan yoshlarni "surish"ga majbur qilmoqda.

Mana shunday tendensiya davom etsa "oltin boshlar"ni hammasi "suraveradi".

Shunday yoshlardan birini taniyman.
Oʻzi viloyatning chekka hududidan boʻlsa ham, tengdoshlari orasida viloyatda eng kuchlilardan(balki eng kuchlisidir). Universitetning filologiya fakultetiga grant asosida yuqori oʻrinlardan birida kirgan, oʻqish davomida ham shu yoʻnalishda, tengdoshlari orasida eng yaxshilardan boʻlgan. Yaʼni bu yil oʻqishni bitirayotgan, kuchga toʻlgan tayyor malakali filolog. Shuningdek ingliz tilidan ham IELTS 6,5 darajasida bilimga ega.
Shu yigit bu yil birinchi marta Green Card oʻynabdi, omadi kelib, yutuq chiqibdi.
Oʻylab ham oʻtirmay ketsa kerak.

Bu bir bilgan holatim. Bundaylar minglab topiladi. Mana shunday qilib, tizimsiz boshqaruv va senzura natijasida oltin boshlarimiz chiqib ketaversa, taʼlim tizimimizni isloh qilganimizdan ne naf?
Undan koʻra yoshlarni biroz erkin qoʻyib, ularni qoliplarga solmay, yoshlik qiziqishida biror qoʻshiq tinglasa, 5 yilga qamamasak, shu yoshlar birinchi imkon boʻlishi bilan "surish" haqida oʻylamaydi.

Hali ham kech emas, hukumat bunday - yoshlarga boʻlgan qattiq senzurali siyosatini qayta koʻrib chiqishi kerak, aks xolda bu vatanda faqat maddoh shoirlar-u, qarsakbozlar qoladi xolos.

@OlimjonHaydarov
4.9K views15:11
Ochish/sharhlash
2023-05-10 14:31:40 2/2

Расмий муносабатни қолган қисми шаблон гаплар, ҳаддимизни билишимиз, ўзимизча гапиравермаслигимиз, фикримизга ҳам назорат ўрнатилганлиги, ҳатто фикримиз учун жазолашлари мумкинлиги ҳақида айтиб ўтишган.

Муносабатдан кўриниб турибдики, ИИВ айбловда қатъий туришибди. Айрим дўстларимиз бу муносабатдан кейин аппеляциядан ҳам ўзгариш кутиб бўлмаслигини айтишмоқда . Балки шундай ҳаракат бордир.

Лекин инсонларни эмас, Аллоҳни режалари амалда бўлади. Шундай экан, Аллоҳ Жаҳонгир(мазлум)га ёрдамчи бўлсин. Золимларга кифоя қилсин.

@OlimjonHaydarov
5.3K viewsedited  11:31
Ochish/sharhlash
2023-05-10 14:31:38 1/2

Жаҳонгир Улуғмуродов иши бўйича Тошкент вилояти ИИББ расмий мурожаат эълон қилибди, гўёки ўзларини ҳаракатларини оқлашга уриниб, ўз ўрнида оддий фуқаролар қолиб ОАВларга қараб "овозингни ўчириш, бу мавзуга арашмаларинг, бўлмаса яхши бўлмайди" қабилада мурожаат қилишибди.

Биргаликда бу муносабатни таҳлил қиламиз.

1. Муносабатни биринчи қисмида "У.Ж. ижтимоий тармоқлар орқали тақиқланган диний материалларни тарқатиб келиш билан шуғулланаётганлиги хусусида маълумотлар олинган" дейилган.
Мана шу қисмдан туҳмат кетган.
Биринчидан "лар" қўшимчаси ўзбек тили қоидалари бўйича кўпликни англатади. Яъни Тошкент вилоят ИИББ аслида фақат 1 марта жўнатилган материални кўп марта, доимий жўнатилган деб, жамоатчиликга Жаҳонгирни ҳаракатини ошириб кўрсатиб, олдиндан била туриб, қасддан ўта оғир жиноят қилиш билан туҳмат қилишмоқда.
Иккинчидан, маълумот қаердан олингани кўрсатилмаган.
Аслида қандай бўлган?
Жаҳонгирни алдаб ИИБ биносига олиб кетишган. Жаҳонгирни уйига келиб, "маҳаллада ўғирлик бўлган, ўғрилардан бирини исми Жаҳон бўлган, шунга бировга идорага бориб келади" деб олиб кетиб, телефонини титкилаб, шу ҳаволани топишган. Яъни сув бошидан лойқа, агар ростдан аниқ далиллари бўлганда, алдамасдан ҳам олиб кетишарди. Катта эҳтимол шунчаки намозхон болани идорага олиб бориб, телефонини титиб, шугина "далил"ни топишган, буёғи навбатчи ҳаракатлар.

2. Муносабатни кейинги қисмига ўтамиз.
"Тезкор-қидирув тадбирлар давомида аниқланишича, мазкур шахс Сурияда фаолият олиб бораётган “Тавҳид ва жиҳод катибаси” халқаро террористик ташкилот жангарилари томонидан тайёрланган маърузаларни интернет орқали тинглаши давомида уларнинг ғоявий таъсирига тушган ва ушбу ҳаракатларни қўллаб-қувватлашни бошлаган."

Тезкор-қидирув ҳаракатининг қандай амалга ошганини юқорида кўрдик, умуман буни тезкор-қидирув эмас, қопқон дейиш ҳам мумкин.

Энди кейинги жумлага эътибор қаратамиз. ИИБ ходимлари қандай қилиб бу нашид айнан Суриядаги жангариларга тегишли эканини аниқлади экан?
Бу маълумотни манбаси қаерда?

Бу бўйича аниқ диний қўмита хулоса бермаган(қўлимда Қўмита берган хулоса турибди. Унда нашид кимга тегишли экани ҳақида маълумот берилмаган).
ИИБ ходимлари тармоқлардаги ҳамма нашидлар кимга эканлигини қаердан билишмоқда?
Бу маълумот қанчалик ишончли, шундай рўйхат борми?
Бўлса нега оммага очиқланмаяпти?

Катта эҳтимол бу ҳам туҳмат, қилинган пала партиш ишни хас хўшлаш учун ўйлаб топилган.

Шунингдек Жаҳонгини уларни ғоявий таъсирига тушгани ҳам туҳмат. Ғоя бу гуман нарса, уни ушлаб ҳис қилиб бўлмайди. Ҳеч кимни ҳеч қайси ғоясини ушлаб кўриб бўлмайди. Шундай экан кимнидир фикрида, ақлида шундай ғоя бор деб айб қўйиш бу туҳмат ва ақлсизликдан бошқаси эмас.

3. "У, халқаро террористик ташкилот тарафдорлари сонини орттириш мақсадида Интернет орқали “жиҳод” ва “шаҳидликка чорлов" маърузаларини ўзига таниш бўлган шахслар ва яқинлари орасида тарқатиш билан шуғулланган"

Мақсад гуман нарса. Шундай гапни гапирмаса, ҳаракат қилмаса, қандай қилиб ИИБ ходимлари Жаҳонгирни мақсадини аниқлашган, ҳайронман. Шунингдек "жиҳод" ва "шаҳидлик" динда кенг маънода қўлланилади. Масалан, инсон нафсига нисбатан жиҳод қилиши ҳам мумкин, уйига кирган ўғридан оиласини ҳимоя қилиб, ёки ковиддан ўлиб, сувга чўкиб ҳам шаҳид бўлиши мумкин, шу сабаб фақат шу сўзлар учун айблаш ҳам ақлсизликдан бошқаси эмас.

4. "Бугунги кунда кўплаб ёшларнинг муқаддас ислом дини ниқоби остида фаолият юритаётган турли тақиқланган ташкилотлар таъсирида сохта “жиҳод”, “ҳижрат” ва “шаҳидлик” ғоялари билан, Сурия, Ироқ ва бошқа, жанговар ҳаракатлар давом этаётган мамлакатлар ҳудудига чиқиб кетиш ҳолатлари давом этмоқда."

Охирги вақтларда ҳар сафар кимнидир Сурия, Ироқ каби давлатларга кетаётгани учун ушланди деган хабарга кўзим тушса, беихтиёр куламан. У жойларда урушлар тугади ўртоқлар, бошқа жой топинглар энди. Бундай хабарлар билан кулгуга қоляпсизлар.

Жиҳод, шаҳидлик, ҳижрат ҳақида юқорида айтиб ўтдим. Агар Қўмита бу сўзларни турли маъноларини билмаса, уларни берган хулосаси ҳақиқий деб тан олинмаслиги керак, бундай савия билан тўғри хулоса бериш қийин масала.

@OlimjonHaydarov
4.9K viewsedited  11:31
Ochish/sharhlash