Get Mystery Box with random crypto!

Olimjon Haydarov

Telegram kanalining logotibi olimjonhaydarov — Olimjon Haydarov O
Telegram kanalining logotibi olimjonhaydarov — Olimjon Haydarov
Kanal manzili: @olimjonhaydarov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.56K
Kanalning ta’rifi

Шахсий блог.
Шахсий қарашларим, воқеаларга шахсий муносабатларим.
@olimjon1115 - Мурожаат ва таклифлар учун

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2023-05-10 10:56:45 2023-yilning 22-24 mart kunlari BMTning Nyu Yorkdagi qarorgohida "Barqaror rivojlanishda suvning oʻrni" mavzusida 2018-2028-yillardagi oʻn yillik qilingan/qilinayotgan ishlar boʻyicha xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda bizni davlat nomidan Saida Mirziyoyeva qatnashdi.

Konferensiyada aytilishicha Oʻrta Osiyoni yaqin 10 yillikda kuchli qurgʻoqchilik kutib turibdi. Mintaqada faqat Qirgʻiziston tabiiy suvlar hisobidan oʻz ehtiyojlarini toʻliq qoplay olishi mumkin. Qolgan davlatlar albatta muammolarni his qiladi. Buning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun mintaqa davlatlari birgalikda harakat qilishmoqda.
Bu haqda Qirg'iz matbuoti tinmay yozmoqda.

Lekin bizni matbuot Mirziyoyeva Nyu Yorkka borgan bir ikki xabardan boshqa xabar yozilmadi, bu mavzu deyarli muhokama qilinmadi.

Negadir mana shunday muhim mavzular muhokama qilinmaydi, hayp masalalar rosa chaynaladi.

Oʻrtoqlar, suv hayot manbayi. Suvsizlikka qarshi birgalikda kurashishimiz kerak.

Quyida qirg'iz manbalaridan birida kelgan ayni mavzuda yozilgan maqolalardan birini ulashaman.
http://mnenie.akipress.org/unews/un_post:30597

@OlimjonHaydarov
5.1K viewsedited  07:56
Ochish/sharhlash
2023-05-09 23:33:39
Birgina nashid(diniy mazmundagi qoʻshiq) uchun 3 yil qamoq jazosini olgan Jahongirni onasi butun vaziyat haqida batafsil maʼlumotlarni aytib oʻtdi.

Onaning koʻrinishidan holatini anglash qiyin emas...

Batafsil quyidagi videoda koʻrishingiz mumkin



@OlimjonHaydarov
6.9K views20:33
Ochish/sharhlash
2023-05-09 21:54:10
Fikr politsiyasi.

Kun.uz va Ilyos Safarov ga raxmat.
Hamma albatta koʻrishi shart boʻlgan intervyu tayyorlashibdi.

Yaqinda sudi boʻlgan Jahongir Ulugʻmurodov misolida bugungi kunda jamiyatimizda shakllanayotgan tendensiya xususida intervyu tashkillashibdi, baraka topishsin. Bu mavzuda yozishga ham koʻp OAVlar qoʻrqib turgan vaqtda bu koʻrsatuv qahramonlik. Intervyuda aytilganidek xalqaro huquq amaliyotida har qanday jinoyatni koʻrib, sodir etishga amaliy harakat amalga oshirilsagina jinoyat sifatida baholanadi, faqat bizda hayolida oʻylangan fikr uchun jazo mavjud.

Koʻrsatuvda ishtirok Kamoliddin Rabbimov aka, Abdurakhmon Tashanov aka va advokat Razzoq aka Altiyevlarga ham rahmat.
Intervyuni bir nafasda koʻrib chiqdim. Sizlar ham albatta koʻringlar. Kimdir hafsala qilsa, 3-5 daqiqalik qilib kesib, tarqatilsa ham boʻladi, har daqiqasi dolzarb intervyuni.

Koʻrish uchun havola

, albatta koʻringlar.

Ps. Lifehack, 2x tezlikda 25 daqiqada koʻrish mumkin.

@OlimjonHaydarov
6.2K viewsedited  18:54
Ochish/sharhlash
2023-05-09 18:41:33
Putinqullarga eslatma.

Ayrim putinqullar yozgan postlarimdan jahllanib, menga haqoratli xabarlar yozishmoqda.

Avvalo aniqlab olishlari kerak(bu miyasizlarda aniqlash uchun miya yoʻq aslida), men hech qachon rus millatini ommatan yomon demaganman. Umuman rus millati haqida tasavvurga ega emasman. Men imperialistik orzular bilan yashayotgan Putin va uning hukumatini yomon koʻraman. Yomon koʻrishimni sababi bu ahmoq imperialist ertaga bizga ham hujum qilishi mumkin. Uning oʻrniga bizni mamlakatni eski koloniyasi emas, teng hamkor sifatida qaraydigan birisi Prezident boʻlsa, rakursim albatta oʻzgaradi.

Bugun bir ahmoq haqorat qildi, nomer berdi telefon qilsam ogʻzidan axlat anqib haqorat qilyapti. Ogʻzining badboʻyidan shayton ham qochib ketadi.
Yana oʻsha eski plastinka. "Bilasanmi qancha oʻzbek non topadi", "bilasanmi qancha musulmon yashaydi", yana bla bla bla gaplar.
Gaplariga qaraganda Rossiya bilan hamkorlikda 200 nafar ishchisi bor korxonasi bor, urush sabab ishlari orqaga ketgan. Bunda men kabilarni ayblayapti. "Senlar Rossiyani yomonlayapsan, shunga biznesimiz orqaga ketyapti, Amerikani itlari, amerikani puliga tirikchilik qilayotganlar, bla, bla , bla" gaplar.

Hoy ahmoq, agar zarracha aqling boʻlsa, Rossiya iqtisodi aynan urush sabab orqaga ketgani, sening biznesing ham shu sabab singanini oʻylarding. Aynan Putinni ahmoqligi sabab shunday nervinniy boʻlib qolib, uni urish strategiyasini yotvolib himoya qilmasding.

Aqllaringni yigʻinglar, Rossiyada qanday koʻngilsizlik boʻlayotgan boʻlsa hammasiga Putin aybdor, Amerika yoki Yevropa emas.

Ps. Nafratidan hayratga tushdim. Juda mayda detallargacha kuzatar ekan, men haqimda hamma narsani bilar ekan. Odam nafratlangan odamini ham shunchalik kuzatadimi, hayronman.

Ps2. Menga qilgan haqoratlarini IIBga taqdim qilib, umrini bir necha yilini qamoqda oʻtkazishini xohlamadim, ne qilsa ham bir musulmon, aqli kirar, oʻzi shundoq ham alami ichida ekan, Putinga ishonib, bankrot boʻlib turibdi ekan.

Ps. Video internetdan olindi.
@OlimjonHaydarov
6.6K viewsedited  15:41
Ochish/sharhlash
2023-05-09 14:09:17
#SEN_ZOLIMNING_OʻZISAN

Imom Ahmad ibn Hanbal roziyallohu anhu zindonga tashlangan vaqtlarida, qamoqxona qoʻriqchilaridan biri u zotning oldilariga kelib soʻradi:

"Ey Abu Abdulloh, zolim va zolimga yordam beruvchilarga boʻladigan alamli azob haqida aytilgan hadis sahihmi?"

Imom Ahmad: “Ha”, dedilar.

Shunda qamoqxona qoʻriqchisi: "Demak, men ham zolimning yordamchisi hisoblanamanmi?" – deb soʻradi.

Imom Ahmad javob berdilar: "Yoʻq. Zolimning yordamchisi – zolimning soch-soqolini tarab, kiyimini yuvib beradigan, unga ovqat pishirib beradigan, undan narsa sotib olib, unga sotadiganlardir. Sen esa zolimning yordamchisi emas, balki zolimning OʻZISAN".

Yolqin Muqimov sahifasidan olindi.

Ps. Alloh zolimlarga kifoya qilsin.

@OlimjonHaydarov
6.5K views11:09
Ochish/sharhlash
2023-05-09 12:39:52
Hozirgi rus hukumati, Putinni doʻst deb bilganlarga mana shu videoni joʻnatib qoʻyinglar.

Video biroz avval tarqalgandi. Unda koʻrinishidan migratsiya boʻlimiga hujjat uchun borgan oʻzbek fuqarosiga qilinayotgan munosabatni koʻrish mumkin.

Ha, bizga mana shunday munosabat qilinadi. Hoy, Putinni ota, Rus hukumatini ona bilayotgan ahmoqlar, Rossiyaga borsangiz sizni mana shunday munosabat kutib turibdi. Axborot urushi qurboni boʻlmang, Putin bosh Rus hukumatidan bizga hech qanday doʻstlik yoʻq.

@OlimjonHaydarov
6.8K viewsedited  09:39
Ochish/sharhlash
2023-05-09 09:10:25 Жаҳонгир ишида кечадан бери ҳамма прокурор ва судьяни "сийлаяпти".

Бу ва бу каби ишларда бошқа "хизмати сингган"лар ҳам бор.

1. ИИБнинг терроризм ва экстримизмга қарши кураш бўлими.

Бу бўлим асосан мусулмон диндорлар билан "шуғулланади". Ўзбекистонда ҳақиқий террор ёки экстремизм ҳеч қачон бўлмаган. Доим диндорларни устидан назорат учун шундай ваҳима ўйлаб топилган. Охирги 10 йилда Сурия билан қўрқитилганди. Ким ёқмаса, ёки диний эркин фикр билдирса, "Сурияга кетаётган/кетмоқчи/кетадиганларни йиғаётган" бўларди, қамаларди. "Бахтга қарши" Сурияда ҳам уруш тугаб қолди. Энди бу бўлим бутун мамлакат бўйлаб юзлаб ёшларни(аксари миллатни эртаси бўлган, олтин бошлар) "нашида эшитгани" учун Жиноят Кодексининг 244¹-моддаси, 3-қисми, "г" банди(агар ИИБ статистикани очиқласа, охирги 6 ойликда бутун жиноят ишларининг камида 30 фоизи шу модда бўлса, ажабланмайман)билан айблаб, судга чиқармоқда, афсуски аксар ҳолатда судларимиз мустақил бўлолмай, ИИБ ва ДХХдан келган бу ишни шундай ўтказиб юбормоқда(Жаҳонгирни иши оммага маълум бўлгани, маълум бўлмаганларида ҳатто ота-оналар ҳам эшитмай қоладиганлари бўлган, 5 дақиқада суд қилиб, қамаб юборишади, бундайлар юзлаб топилади, бутун Республика бўйлаб).

2. DXX. Одатда бундай мавзудаги ишларни ИИБнинг терроризм ва экстримизм бўлими билан ҳамкорликда DXX олиб боради. Кўп ҳолатларда иш жиддий бўлса, ИИБ ушлаб келади, DXX сўроқ қилади. Жаҳонгирни ишида DXX аралашганми йўқми, билмадим, лекин иккинчи(ҳукм ўқилган) суд ишида туман DXX ходими суд мажлисида иштирок этди(буни судда иштирок этганлар тасдиқлаши мумкин). Қандай процессуал тартибга кўра бу ходим судда қатнашгани, ҳукмга тасир ўтказгани ёки ўтказмаганидан хабарим йўқ.

3. Вазирлар маҳкамаси қошидаги Дин ишлари бўйича қўмита.
244¹-модда бўйича 100 % ишларда қўмита хулосасисиз суд ҳукм ўқий олмайди. Яъни Қўмита топилган далилни экстремистик эканлигини тасдиқлаб бериши керак. Афсуски сўнгги вақтларда Қўмита аксар ҳолатларда арабча қўшиқни, агар ичида исломий сўзлар, жумлалар бўлса, экстремистик деб хулоса бермоқда.

Қуйидаги расмларга эътибор беринг. Унда терговчи йўналтирувчи саволлар бермоқда( жами 4 та савол. Ҳар бири биттадан моддага мосланган).
Қўмита 3 тасига салбий жавоб бериб, охиргиси(244¹-моддага мослангани)га ижобий хулоса бермоқда. Шу хулоса билан Жаҳонгир 3 йилга қамалмоқда.

Айтмоқчиманки, охирги вақтларда нашида учун қамалаётган ёшлар масаласида фақатгина судья ёки прокурор эмас, бутун суд ҳуқуқ тизими айбдор, ҳаммасининг бу ишларда озгина бўлса ҳам айби бор.
6.4K views06:10
Ochish/sharhlash
2023-05-09 09:10:23
5.8K views06:10
Ochish/sharhlash
2023-05-09 09:10:19 Jahongir ishida kechadan beri hamma prokuror va sudyani "siylayapti".

Bu va bu kabi ishlarda boshqa "xizmati singgan"lar ham bor.

1. IIBning terrorizm va ekstrimizmga qarshi kurash boʻlimi.

Bu boʻlim asosan musulmon dindorlar bilan "shugʻullanadi". Oʻzbekistonda haqiqiy terror yoki ekstremizm hech qachon boʻlmagan. Doim dindorlarni ustidan nazorat uchun shunday vahima oʻylab topilgan. Oxirgi 10 yilda Suriya bilan qoʻrqitilgandi. Kim yoqmasa, yoki diniy erkin fikr bildirsa, "Suriyaga ketayotgan/ketmoqchi/ketadiganlarni yigʻayotgan" boʻlardi, qamalardi. "Baxtga qarshi" Suriyada ham urush tugab qoldi. Endi bu boʻlim butun mamlakat boʻylab yuzlab yoshlarni(aksari millatni ertasi boʻlgan, oltin boshlar) "nashida eshitgani" uchun Jinoyat Kodeksining 244¹-moddasi, 3-qismi, "g" bandi(agar IIB statistikani ochiqlasa, oxirgi 6 oylikda butun jinoyat ishlarining kamida 30 foizi shu modda bo'lsa, ajablanmayman)bilan ayblab, sudga chiqarmoqda, afsuski aksar holatda sudlarimiz mustaqil boʻlolmay, IIB va DXXdan kelgan bu ishni shunday oʻtkazib yubormoqda(Jahongirni ishi ommaga maʼlum boʻlgani, maʼlum boʻlmaganlarida hatto ota-onalar ham eshitmay qoladiganlari bo'lgan, 5 daqiqada sud qilib, qamab yuborishadi, bundaylar yuzlab topiladi, butun Respublika boʻylab).

2. DXX. Odatda bunday mavzudagi ishlarni IIBning terrorizm va ekstrimizm boʻlimi bilan hamkorlikda DXX olib boradi. Koʻp holatlarda ish jiddiy boʻlsa, IIB ushlab keladi, DXX soʻroq qiladi. Jahongirni ishida DXX aralashganmi yoʻqmi, bilmadim, lekin ikkinchi(hukm oʻqilgan) sud ishida tuman DXX xodimi sud majlisida ishtirok etdi(buni sudda ishtirok etganlar tasdiqlashi mumkin). Qanday protsessual tartibga koʻra bu xodim sudda qatnashgani, hukmga tasir oʻtkazgani yoki oʻtkazmaganidan xabarim yoʻq.

3. Vazirlar mahkamasi qoshidagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita.
244¹-modda boʻyicha 100 % ishlarda qoʻmita xulosasisiz sud hukm oʻqiy olmaydi. Yaʼni Qoʻmita topilgan dalilni ekstremistik ekanligini tasdiqlab berishi kerak. Afsuski soʻnggi vaqtlarda Qoʻmita aksar holatlarda arabcha qoʻshiqni, agar ichida islomiy soʻzlar, jumlalar boʻlsa, ekstremistik deb xulosa bermoqda.

Quyidagi rasmlarga eʼtibor bering. Unda tergovchi yoʻnaltiruvchi savollar bermoqda( jami 4 ta savol. Har biri bittadan moddaga moslangan).
Qoʻmita 3 tasiga salbiy javob berib, oxirgisi(244¹-moddaga moslangani)ga ijobiy xulosa bermoqda. Shu xulosa bilan Jahongir 3 yilga qamalmoqda.

Aytmoqchimanki, oxirgi vaqtlarda nashida uchun qamalayotgan yoshlar masalasida faqatgina sudya yoki prokuror emas, butun sud huquq tizimi aybdor, hammasining bu ishlarda ozgina boʻlsa ham aybi bor.

@OlimjonHaydarov
6.0K views06:10
Ochish/sharhlash
2023-05-08 16:48:39
Bu yil Parlament( Senat va Qonunchilik palatasi) saylovlari ham muddatidan avval oʻtkazilishi mumkin.

Bugun koʻpchilikning diqqat markazida muddatidan avvalgi Prezidentlik saylovlari boʻlib turganida, yana bir muhim hujjat qabul qilindi - saylov kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra Qonunchilik palatasi Prezident tomonidan tarqatib yuborilsa, 3 oy ichida Qonunchilik palatasi oʻzini -oʻzi tarqatib yuborgan taqdirda 2 oy ichida Qonunchilik palatasi uchun saylovlar oʻtkazilishi belgilab qoʻyildi.

Shuningdek, Prezident Senatni tarqatib yuborganda 3 oy ichida, Senat oʻzini -oʻzi tarqatib yuborganda 1oy ichida Senat uchun saylovlar oʻtkazilishi belgilab qoʻyildi.

Aytgancha, Senat va Qonunchilik palatasini tarqatib yuborish vakolati Prezidentga yangi Konstitutsiya orqali berildi.

Katta ehtimol bilan Parlament saylovlari rejadagidek 2024-yil oxirida emas 2023-yilning 2-yarmida boʻlib oʻtishi mumkin.
Agar shunday boʻlsa, yil hisobidan bir yilda 3 ta saylov oʻtkaziladi.

Meni tushunmaganim agar bu yil Parlament saylovlari oʻtkaziladigan boʻlsa, nega shuni Prezident sayloviga qoʻshib yuborishmadi hayronman.
Birinchidan, (keraksiz) harajat ikki barobar qisqaradi.
Ikkinchidan, bunday amaliyot rivojlangan davlatlarda qoʻllaniladi.

Kuzataylikchi, nimalar boʻlar ekan...

@OlimjonHaydarov
7.1K views13:48
Ochish/sharhlash