Get Mystery Box with random crypto!

Fargʻona viloyati Oltiariq tumani Boʻrbonliq mfydagi 10-maktab | Olimjon Haydarov

Fargʻona viloyati Oltiariq tumani Boʻrbonliq mfydagi 10-maktabda roʻmolli qizlar haqorat qilingani haqidagi xabarlar yuzasidan vaziyatni oʻrganish uchun Boʻrbonliqqa bordik.

Holat qisqacha quyidagicha boʻlgan: Kecha, 17.05.23 kuni, soat tahminan 9⁰⁰-9³⁰lar chamasi maktabga Boʻrbonliq va Gulobod MFYdan xotin qizlar boʻyicha maslahatchilari kelishgan. Ular maktab psixologi, xotin qizlar boʻyicha oʻrinbosariga tadbir oʻtkazmoqchi ekanliklari, shu sabab roʻmolli qizlarni yigʻib berishlari kerakligini aytishgan. Maktab xodimlari avvaldan tasdiqlangan reja boʻlgani sabab, jami 20-25 nafar, deyarli 9-11 sinf(16-18 yosh) qizlarni yigʻib kirishgan.
Shu joydan ikki xil fikr ketmoqda.
Qizlarni(deyarli hammasining) aytishlari boʻyicha Boʻrbonliq mfy raisining xotin qizlar boʻyicha maslahatchisi juda keskin gapirgan. Xususan, bu yer Saudiya emasligini, bu xolda arab mamlakatlarda yurish mumkinligini, shu holatlarida yurishsa ekstrimizm gʻoyalari tasiriga tushib qolishlari mumkinligi, shuningdek bu holatda vatan xoini boʻlishlari mumkinligi, agar mana shunday oʻranib yuraverishni xohlashsa(oddiy, keng oʻralgan roʻmol nazarda tutilgan), bemalol arab davlatlariga koʻchib ketishi mumkinligini aytgan(yuqorida aytganimdek bu oʻquvchi qizlarni versiyasi, deyarli barchasi tasdiqlayotgan holat, harqalay bugungacha, ertaga boshqacha gap gapirishlari ham mumkin, qandaydir bosimlar qilinsa. MFY xodimlari bu gaplarni inkor qilishmoqda, tabiiyki, jamoatchilik bosimidan soʻng).

Bu yerda kecha koʻpchilikni nafrati qaratilgan taʼlim muassasasi(maktab)da deyarli ayb yoʻq.
Ayb mahallada ham emas. Ayb shu buyruqni berganlarda. Afsuski ular doim panada. Ular doim oʻqituvchilar, shifokorlar va boshqa oddiy kasb egalari orqasiga berkinib, ularni jamoatchilik nafratiga duchor qilib, oʻzlari doim suvdan quruq chiqib ketadi. Musulmonlarni, islomni jamiyatga xavf sifatida koʻrishdan, bunday koʻrsatishdan allaqachon voz kechish kerak.

YouTubedagi video ostida o'z fikrlaringizni qoldiring.





@OlimjonHaydarov