Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.51K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 127

2021-12-15 12:31:01
Porsche va Jaguar Land Rover’lar “elektrocar” bozoriga kiradi

Porsche bosh direktori Oliver Blyum elektromobillar 2025-yilgacha sotuvlarning 50 foizga, 2030-yilga kelib esa 80 foizga yetishini aytdi. Buning uchun kompaniya 15 milliard evro sarmoya kiritmoqchi. Ichki yonish dvigateliga ega bo'lgan yagona mashina 1964-yildan beri ishlab chiqarilgan Porsche 911 bo'lib qoladi. Ushbu model bilan u sintetik yoqilg'ida ishlaydi.

Shuningdek Jaguar Land Rover, Reimagine deb nomlangan yangi global rivojlanish strategiyasini taqdim etdi. Britaniya kompaniyasining rejalariga ko'ra, 2025-yildan keyin yangi Jaguar modellari va 6ta Land Rover modellari elektromobil ko'rinishida namoyish etiladi. Shunday qilib, 2030-yilga kelib ushbu markalar ostida sotiladigan transport vositalarining mos ravishda 100% va 60% elektromobillar hissasiga to'g'ri keladi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
11.3K views09:31
Ochish/sharhlash
2021-12-15 07:08:43
Uysizlarga $5900 berilsa nima bo'ladi?

Kanadaning nodavlat notijorat tashkiloti - Britaniya Kolumbiyasi universiteti bilan hamkorlikda olib borilgan ijtimoiy tajribada, yaqinda uysiz qolgan bir qator odamlarga $5900 dan berdi va keyin ularni bir necha oy kuzatdi.

Dastlabki eksperimental natijalar shuni ko'rsatdiki, qabul qiluvchilarning nazorat guruhiga qaraganda moliyaviy barqarorligi yuqori bo'lgan. Ba'zilar boshpanalarda joy bo'shatib, uzoq muddatli uy-joy topdilar.

@NarxiQancha | Manba
11.5K views04:08
Ochish/sharhlash
2021-12-14 16:02:14
Bugatti Veyron avtomobilning ijara narxi qancha?

Bir kun oligarxlardek yashab Bugatti Veyron avtomobilini ijaraga olish narxi $21 000 dan oshiqroqni tashkil etadi.

Bu superkarda kuniga $21 000 evaziga siz 250 km dan ko'p bo'lmagan masofani bosib o'tishingiz mumkin. Siz 4 kunga ijaraga olib 1000 km masofani bosib o'tsangiz, $84 000 to'lashingiz kerak bo'ladi.

Avtomobilning 1000 km yurishi uchun ketadigan xarajat esa o'rtacha $20 000 ni tashkil etadi.

@NarxiQancha | Manba
7.6K views13:02
Ochish/sharhlash
2021-12-14 12:01:01
Dunyodagi eng kichik mamlakatning katta daromadlari

Vatikan dunyodagi eng kichik davlat (0,44 km²) bo'lib, 600 dan oshiq fuqarosi bor va fuqaroligi vaqtinchalik hisoblanadi. Vatikan fuqarolarining aksariyati cherkov xizmatchilari, 120 nafari harbiylar. Vatikanda atigi 60 (harbiylarning oyilasi) dan oshiq kishi dunyoviy fuqarolardir.

Asosiy daromad manbalari turizm va katoliklarning xayr-ehsonidir.

Har yili daromadi qariyb 270 million evro ni, xarajatlar esa 320 million evro ni tashkil etadi va kamomad so'nggi paytlarda 60-70 million evro ni tashkil yetdi.

Katoliklarning xayr-ehsonlari byudjet kamomadini qoplash uchun emas, balki "Papa rahm-shafqatini o'z ichiga olgan" Muqaddas Taxt missiyasini moliyalashtirish uchun ishlatiladi. Shu bilan birga, Muqaddas Taxt byudjetining 6 foizi (taxminan 17 million evro) Italiyada soliq to'lashga sarflanadi.

@NarxiQancha | Manba
8.3K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-12-14 07:01:01
Mail.ru Group'ning bozordagi kapitalizatsiyasi qancha?

Rossiyadagi Mail.ru Group texnologiya korporatsiyasi tarkibida bugungi kunga kelib "VKontakte" va "Odnoklassniki" kabi faol ijtimoiy tarmoqlar, "Warface" kabi ko'plab onlayn o'yinlar, "ICQ" messenjeri va boshqa online taksi va yetkazib berish xizmatlari kiradi.

Kompaniyaning bozordagi kapitalizatsiyasining miqdori $6 mlrd dan oshdi. Yillik daromadi $1 mlrd 300 mln dan oshiq bo'lib, uning asosiy qismi $546 mln (42%) onlayn reklamalardan, $416 mln (32%) onlayn o'yinlardan, qolgani boshqa loyihalardan kelgan.

Kompaniyaning asosiy egalaridan biri asli O'zbekistonlik Alisher Usmonovdir.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
9.1K views04:01
Ochish/sharhlash
2021-12-13 18:01:01
Sirli Rossiya fuqarosi Florida shtatidagi eng qimmat uyni sotib oldi

Sirli Rossiya fuqarosi Florida shtatidagi eng qimmat uyni $140 mln ga sotib oldi va naqd pul bilan toʻladi, deya xabar berdi “New York Post”.

Taʼkidlanishicha, uy Palm-Bich kurortida joylashgan. Uyning yangi egasining vakili sifatida Rayann Serxant ishlagan. Sotib olish toʻgʻrisida bitim mol-mulk tekshirilgandan bir kun oʻtmay tuzilgan.

Ushbu uy bir paytlar AQSh'ning sobiq prezidenti Donald Trampga tegishli boʻlgan. 2008-yilda siyosatchi uni rossiyalik milliarder Dmitriy Ribolevga $95 mln ga sotgan. Ribolev esa yerni uchta qismga ajratib, ularni $108,2 mln ga sotgan.

@NarxiQancha | Manba
6.2K views15:01
Ochish/sharhlash
2021-12-13 12:01:01
TikTok orqali qancha daromad qilish mumkin?

Umuman olganda TikTok orqali daromad qilishni tom ma'noda chegarasi yo'q va daromad qilishning bir qancha usullari mavjud.

TikTok ba'zi bir davlatlarda TikTok avtorlariga pul to'laydi. Lekin hammasiga ham emas. Kompaniyaning o'zi avtor ya'ni TikToker'larga taklif yuboradi va 1000 ta ko'rilish ya'ni prosmotr uchun — 2-4 sentdan to'laydi. Bu har millionta ko'rilish uchun — $20-$40 degani.

Ko'pchilik, TikTok blogerlar asosan reklama orqali daromad qilishadi.

@NarxiQancha | Manba
8.3K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-12-13 11:37:58
Lazerli proektor — yangi yilni filmlardagidek his qiling

Yulduzli lazerli proektor — zamonaviy, innovatsion tarzda ishlab chiqarilgan yangi yilni hisini beruvchi ajoyib qurilma (videoda batafsil ko'rishingiz mumkin)!

Bu lazerli proektorni:
— hovli tashqarisiga;
— devorga;
— uy ichkarisga;
— xona potologiga tushirish mumkin.

Bu proektor siz va bolajonlaringiz uchun yangi yilda yangicha tuyg'ularni his etishga yordam beradi, bir so'z bilan yangi yil ko'rki. Narxi hozirda 350 000 so'm va hoziroq onlayn buyurtma bera olasiz: https://bit.ly/3IqCk26

Shoshiling narxlar bayram yaqinlashgani sari yanada oshadi!

@ArzonTovarUzb — aksiyadagi innovatsion tovarlarni topasiz!

O'zbekiston bo'ylab BEPUL yetkazib beramiz va tovar pulini keyin ham to'lashingiz mumkin!
8.4K views08:37
Ochish/sharhlash
2021-12-13 07:02:32
Turk seriallari yulduzlari qancha gonorar puli olishlari ma'lum bo'ldi

Turk seriallari, ularning aktyor va akstrisalari hozirda ko'pchilik o'zbek muxlislarining qalbidan joy olib bo'lgan. Biz esa ular ijro etgan rollari uchun qancha pul olishini aniqladik.

Nesilhan Atagul — bu aktrisa "Sevgi iztirobi" serialidagi roli bilan tanilgan 27 yoshli aktrisa. Uni hattoki serialni ko'rmaganlar ham tanisa ajab emas. U "Elchining qizi" da Engin bilan suratga tushgan va shu bir qismdagi ishtiroki uchun $8500 olgan.

Taner Olmez — "G'aroyib doktor" seriali qahramoni. Aktyor o'zining rolini juda a'lo darajada ijro etgan. U serialdagi har bir qism uchun $4500 gonorar puli olgan.

Engin Akyurek — "Pul va gul ishqi" serialida suratga tushgan Engin o'zbek muxlislariga "Elchining qizi" serialidagi roli bilan mashxur. Ushbu filmda Sanjar rolini ijro etgan Engin gonorar puli sifatida jami $1 mlm 540 ming olgan. Bu esa har bir qism uchun $12 000 dan to'g'ri kelgan.

@NarxiQancha | Batafsil
9.4K views04:02
Ochish/sharhlash
2021-12-12 20:01:01
"Specs" nomli ko'zoynak: siz ko'rayotgan ma'lumotlarni sizga kerak yoki kerak emasligini tahlil qiladi

Kanadaning Auctify startapi sun'iy intellekt yordamida ishlovchi "Specs" aqlli ko'zoynaklarini taqdim etdi. Yaratuvchilarning ta'kidlashicha, bu ko'zoynakni foydalanishdan oldin maxsus dastur orqali o'zingiz qiziqadigan, sizga kerakli yoki e'tiboringizni tortadigan faoliyat turlarini tanlab chiqasiz.

Keyin esa, ko'zoynak smartfoningizdagi ilovaga ulanadi va bu orqali ko'zoynak siz nimani ko'rib, o'qib chiqayotganingizni kuzatib boradi. Ilovada sizga maslahatlar berilib boriladi va foydasiz narsalarga sarf qilgan vaqtingizni ko'rsatib boradi.

Tahlillarga ko'ra, bu aqlli ko'zoynak odamlarga har kuni 6 soatgacha vaqt tejashga yordam beradi. Uning narxi esa sifati va qo'shimcha funksiylariga qarab $250 dan $400 gacha bo'lishi mumkin.

@NarxiQancha | Batafsil
10.3K views17:01
Ochish/sharhlash