Get Mystery Box with random crypto!

Dunyodagi eng zo'r avtomobil yo'llarida yurishning narxi qanch | Narxi Qancha? ⚡️

Dunyodagi eng zo'r avtomobil yo'llarida yurishning narxi qancha?

Singapur yo'llari dunyodagi eng zo'r yo'llar hisoblanadi. Singapurda "Electronic Road Pricing (ERP)" pulli yo'l tizimi mavjud (rasmda). Bu tizim shoshilinch vaqtlarda shahar markazida yurish narxi qimmatlashadi. Masalan, qatnov ko'p vaqtda ushbu yo'ldan yurish narxi $10 bo'lsa, soat 20:00 dan keyin $2 ga avtomatik tushib qoladi.

Bu tizim 1998-yilda $150 mlnga qurilgan va yiliga budjetga $12 mln atrofida daromad olib keladi.

Mashinaning old oynasi ostiga o'rnatilgan in-Vehicle Unit (IVU) ichki moduli tizimi orqali pulli yo'lga kirish vaqtida avtomatik pul yechadi. Narx mashina turiga qarab farq qiladi. Yo'ldan o'tayotganda IVU yo'q bo'lsa, yoki kartada yetarli pul bo'lmasa tizim avtomatik jarima soladi.

To'lov Passenger Car Unit (PCU)da hisoblanadi. Masalan,
— shaxsiy transport vositalari, taksilar va yengil yuk mashinalari - 1 PCU;
— mototsikllari va mopedlari - 0.5 PCU;
— og'ir yuk mashinalari 1.5 PCU;
— avtobuslar 2 PCU.

1 PCUning xozirgi qiymati oddiy vaqtda $0,5 bo'lsa tig'iz vaqtda $3.

Har kuni o'rtacha qatnov soni 4 mlntani tashkil etadi va yiliga shaharda 6 mlnta IVU ga ega mashinalarning atiga 0,5% kartada puli kamligi yoki IVU yo'qligi sababli qoidani buzadi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!