Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.10K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 120

2022-02-06 16:03:43
2026 yilgacha $1 trlnlik kompaniyalar nechta bo’ladi?

Bugungi kunda Saudi Aramco $1 trln kompaniyalar orasida AQSHga tegishli bo‘lmagan yagona kompaniya hisoblanadi.

2026 yilgacha kutilmoqda:
— Tesla (Avtomobilsozlik) 2022 da;
— Tencent (Texnologiya) 2022 da
— Comcast (Telekommunikatsiya) 2023 da;
— Meituan (Elektron tijorat) 2023 da;
— Nvidia (Texnologiya) 2024 da
— Kweichow Moutai (Alkogol) 2024 da;
— Netflix (Ko‘ngilochar) 2024 da;
— Alibaba Group (onlayn savdo) 2025 da;
— Tayvan yarimo‘tkazgich ishlab chiqarish kompaniyasi 2025 da
— Visa (Moliyaviy xizmatlar) 2025 da;
— Mastercard (Moliyaviy xizmatlar) 2025 da;
— Paypal (Moliyaviy xizmatlar) 2025 da;
Berkshire Hathaway (investitsiya) 2025 da;
— Samsung (Texnologiya) 2026 da
— LVMH (Qimmatbaho tovarlar) 2026 da;
— Salesforce (Dasturiy ta’minot) 2026 da.

@NarxiQancha | Manba
6.8K views13:03
Ochish/sharhlash
2022-02-04 15:59:40
#BiznesIdea — Internet do'kon ochish xarajatlari va daromad qancha?

Professional internet do'kon uchun dastlabki investitsiya $40-50 000 ni tashkil etadi.

Umumiy xarajatlar:
• Sayt yaratish - $1 000 - $20 000
• Tovar sotib olish - $10 000 dan yuqori
• Qadoqlash ishlari - $300 dan boshlanadi
• Ishchilar oyligi - $200 dan (xar bir ishchiga)
• Joy ijarasi - $400 dan boshlab

Asaxiy.uz 3.5 yildan so'ng daromad keltira boshlagan. Lekin, hozirgi kunda onlayn do'konga qilingan xarajatlarini 6-7 oyda chiqarib olish mumkin.
O'zbekistonda Internet magazindan oyiga $500 dan va bir necha yuz ming dollargacha foyda ko'rish mumkin.

(Asaxiy.uz internet do'koni asoschisi hisob kitoblariga ko'ra)

@NarxiQancha | Manba
5.7K views12:59
Ochish/sharhlash
2022-02-02 15:23:09
Dunyodagi eng qimmat telefon raqami narxi qancha?

Dunyodagi eng qimmat telefon raqami 2006-yili 23-mayda Qatarda kim oshdi savdosida $2,75 mln ga sotilgan. U yettita 6 raqamidan iborat edi ya'ni 666 66 66.

@NarxiQancha | Manba
8.8K views12:23
Ochish/sharhlash
2022-01-31 12:31:01
Yangi O'zbekistonda gaz o'g'rilari

Yil boshida buyon ya'ni 1 oy ichida O'zbekistonda gaz ta'minotiga ancha zarar yetkazilgan. Izlanishlar natijasida 215 ta holatda ulgurji iste'molchilar tabiiy gazdan noqonuniy tarzda foydalangan, qo'pol qilib aytganda yaxshigina o'g'irlik qilgan.

Natijada O'zbekiston tabiiy gaz ta'minotiga 5,5 mlrd so'mlik zarar yetkazilgan. Hisob-kitoblarga ko'ra, bunday miqdor o'rtacha 280 000 xonadonning 1 kunlik gazdan foydalanish qiymatiga teng. Bu degani o'g'irlik natijasida, shuncha xonadon 1 kun gazsiz qoldi degani.

@NarxiQancha | Manba
7.2K views09:31
Ochish/sharhlash
2022-01-31 11:39:36
Talablarga binoan Green Mask yana O'zbekiston onlayn do'konlarida

Uzoq sotuvlardan keyin tugab qolgan Green Mask yana sotuvga chiqdi. Bu krem orqali:
— yuzingizdagi dog' va boshqa notekisliklarni yo'q qilasiz;
— yuzdagi husunbuzarlar tez fursatda yo'qoladi;
— ajinlar va dog'larga qarshi;
— peshondagi ajinlarni yo'q qiladi.

Hozir SUPER aksiyadagi narxi atigi 129 000 so'm va O'zbekiston bo'ylab BEPUL yetkazib beriladi.

Buni boshqa joylardan yoki dorixonalardan topish mushkul!

Pulini keyin ham to'layverasiz, hozirga esa onlayn tarzda buyurtma beravering: https://bit.ly/3jBtUcI

@ArzonTovarUzb — arzon va aksiyadagi mahsulotlar bizda!
7.7K views08:39
Ochish/sharhlash
2022-01-29 15:25:40
22 yoshli talaba NFT orqali $1 mln ishlab topdi

Oxirgi 10 kun ichida Sultan Gustav Al-Go'zali ismli Indoneziyalik yigit butun NFT bozorida shov-shuvga aylanmoqda. Chunki u o'zining 5 yil davomida deyarli har kuni qilgan selfilarini NFT qilib sotuvga qo'ydi.

Voqea qanday boshlangan edi?
5 yil oldin 17 yoshli yigit o'ziga video yaratish maqsadida deyarli har kuni 5 yil davomida bir xil mimikada selfi qilib kelgan. Lekin NFT haqida eshitib qolgach, selfilarini boshqa maqsadta ya'ni NFT qilib sotish maqsadida foydalanadi.

Al-Go'zali'ning kolleksiyasida 933 ta selfi mavjud va u Opensea NFT bozorida har birini $3 dan sotuvga chiqardi. Bu katta qiziqishlarga sabab bo'lgach, uning har bir selfilari narxlari $800 dan $3000 gacha oshib ketdi. Natijada uning kolleksiyasi narxi salkam $1 mln ya'ni 374 ETH ni tashkil etdi.

P/S: Keraksiz narsaning o'zi yo'q, ko'rdingizmi azizlar!

@NarxiQancha | Manba
7.4K views12:25
Ochish/sharhlash
2022-01-29 14:24:23
Yig'iluvchi joynomoz — arzon narx

Jumaga chiqqan paytimizda albatta shunday ixcham joynomozga ko'zingiz tushgan bo'lishi mumkin. Lekin ko'pchiligimiz buni qayerdan harid qilishni bilmaymiz.

Bu joynomoz internet do'konimizda sotuvga chiqdi va siz uydan chiqmagan holda buyurtma berishingiz, eng asosiysi mahsulotni qo'lingizga olgandan keyin pulini to'laysiz. Uning xususiyatlari:

— olib yurishga juda qulay;
— ixcham va chiroyli dizayn;
— safarga chiqqanda juda qulay;
— tezda kir bo'lmaydi va kamiga arzon narxda;
— sovg'a uchun ajoyib tanlov.

Joynomoz narxi atigi 169 000 so'm va O'zbekiston bo'ylab tezkor tarzda BEPUL yetkazib beramiz.
Aytgancha 2ta harid qilsangiz uchinchi joynomoz bepul beriladi!

@ArzonTovarUzb — boshqada aksiyadagi arzon mahsulotlarni topasiz!
7.2K views11:24
Ochish/sharhlash
2022-01-28 15:12:22
Ronaldu sevgilisini Burj Halifa orqali tabrikladi

Kecha Ronaldu ayoli Jorjina Rodrigesni tug’ilgan kunini Dubaida oilasi bilan birgalikda nishonladi. U sevgilisini dunyodagi eng katta bino Burj Halifada tashqi monitorida ajoyib tarzda tabrikladi.

Futbolchining aytishicha bunday tabrik uchun u sal kam $67 000 sarflagan. Ma’lumot o’rnida, Jorjina 1994-yili 23-yanvarda Ispaniyaning Jaka shahrida dunyoga kelgan.

Ronaldu bilan esa Madriddagi “Gucci” do’konida sotuvchi bo’lib yurgan paytida tanishib qolgan.

@NarxiQancha | Manba
7.8K viewsedited  12:12
Ochish/sharhlash
2022-01-27 13:20:49
O'zbekistonda ham NFT bilan shug'ullanuvchilar bormi?

Oldinroq NFT nima ekanligi haqida qisqacha tushuncha berib o'tdik. Endi esa NFT O'zbeksitonda ham bormi yoki rivojlanganmi shu haqida aytamiz.

NFT o'zi dunyo bo'yicha endi rivojlanmoqda, lekin buning boshlanish tarixi 2017-yilga borib taqaladi. Qisqa yillar ichida O'zbekistonda ham NFT'ga qiziquvchilar oshib bormoqda. Misol uchun, o'tgan yili oktabr oyida O'zbekistonlik video-animatsiya ustasi Shavkat Egamberdiyev o'zining birinchi NFT'ni dunyo bozorida sotuvga qo'ydi.

Bu "No Liberty" Part II nomli NFT o'sha vaqtda 3.328 Ethereum'ga sotildi. O'sha vaqtdagi kurs bilan bu summa $13 168 ga teng edi.

@NarxiQancha | Manba
10.4K views10:20
Ochish/sharhlash
2022-01-26 12:16:03
NFT nima o’zi – siz bilasizmi?

Oxirgi paytlar internetda deyarli barchaning ko’zi NFT so’ziga tushgan. Lekin buni nima ekanligini ko’pchiligimiz o’rganib ko’rmaganmiz.

NFT bu — Non-Fungible Token so’zining qisqartmasi bo’lib, blockchain tarmog’ida ishlaydigan va alohida nomerlar bilan belgilangab hamda umuman o’zgarmaydigan tokenlar hisoblanadi. Qisqa qilib tushuntirganda bu har qanday noyob raqamli mahsulotga biriktirilgan raqamli sertifikardir.

NFT formatida deyarli hamma narsani, misol uchun rasmlar, matn, video, musiqa, 3D modellar singari raqamli mahsulotlarni sotish mumkin.

Hozirda dunyoda eng qimmat narxda sotilgan NFT bu Mayk Venkelning “Everydays – The First 5000 days” nomli rasmi. Uning narxi rekord darajada “atigi” $69,3 mln ga sotilgan.

Bu NFT’ni rasmda ko’rib bahramand bo’lishingiz mumkin!

@NarxiQancha | Manba
7.1K viewsedited  09:16
Ochish/sharhlash