Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.10K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 122

2022-01-14 12:01:01
Subway Surfers o'yini haqida

Rasmda ko'rib turgan "Subway Surfers" o'yinini deyarli barcha smartfon tutganlar o'ynagan bo'lsa kerak. O'yin 2012-yili Daniyada yaratilgan bo'lib, shu paytgacha bu o'yinni dunyo bo'ylab 2,5 mlrd odam yuklagan.

Internetdagi ba'zi manbalarning aytishicha, o'yin yaratuvchisi bu o'yinni o'zining marhum o'g'liga bag'ishlagan. Gap shundaki uning o'g'li skeytda uchish vaqtida poezd tagida qolib ketgan, shuning uchun o'yinni yutib bo'lmaydi va u o'lim bilan yakunlanadi. Lekin bu ma'lumot haqiqiyligi haqida rasmiy manba ko'rsatilmagan.

Subway Surfers o'yini birgina iOS versiyasida o'yin vaqtida chiqadigan reklamalardan $80 mln daromad qilgan.

@NarxiQancha | Manba
8.2K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-01-13 12:00:15
O'zbekistonda kabobxona ochish uchun qancha xarajat ketadi?

Kabobxona biznesining yaxshi tarafi shundaki, siz hech qanday ixtiro qilishingiz shart emas. Shunchaki tayyor retseptlar orqali mahsulotlaringizni sotishingiz mumkin. O'zbekistonda kabobxona ochish uchun 1 oylik xarajatlat bilan birga $9000 atrofida sarflanishi mumkin.

Ya'ni boshlang'ich xarajatlar (taxminiy hisob-kitob):
— Korxonani ro'yxatdan o'tkazish - $100;
— Binoni ta'mirlash - $1000;
— Uskunalar - $2000-$2500;
— Mahsulotlarning birinchi partiyasi - $2000;
— Reklama uchun - $1000;
— Kutilmagan xarajatlar - $500.
Jami: $6500-$7000 atrofida

Xodimlar maoshi:
— Kabob tayyorlovchi - $300;
— Oshpaz va yordamchisi - $500;
— Ofitsant, 2 kishi - $300;
— Ish boshqaruvchi - $450;
— Tozalovchi - $150;
Jami $1700.

Bunday xarajatlardan so'ng 10 oydan keyin minimum hisobda foydaga chiqishingiz mumkin.

@NarxiQancha | Manba
7.0K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-01-13 11:59:09
Al-Chiroq telegram boti - bu UCELL abonentlari uchun har kuni ko'plab
Megabaytlar
SMS-toplamlar va
Daqiqalar.

Eng faol foydalanuvchilarga esa qimmatbaho
gadjetlarni qo'lga kiritish kafolatlanadi.

Bundan tashqari
O'yin Portalida turnirlarda qatnashing va sovrinlarni yutub oling.

Shunchaki @Al_chiroqbot ga kiring va cheksiz bonuslarni olishni boshlang
6.9K views08:59
Ochish/sharhlash
2022-01-12 12:01:01
Titanik kemasi qurilishiga qancha sarflangan?

Mashhur Titanik kemasi 1912-yili qurilgan va uning qurilishiga o'sha paytda $7,5 mln sarflangan. Hozirda esa bu qiymat $170 mln dan ko'proqni tashkil etadi.

Bu kema boshida dizayni bo'yicha 48 dona qayiqchalarni o'z ichiga olishi kerak ed (halokat paytida foydalanish uchun). Lekin kema egasi kema ko'rinishini o'zgartirishga qaror qildi va bu qayqichalar soni 20 taga kamaygan.

Qizig'i shundaki, bu kema haqida 1997-yili ishlab chiqarilgan mashhur "Titanik" filmi uchun esa $200 mln sarflangan.

@NarxiQancha | Manba
7.1K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-01-11 12:01:01
Oltindan qimmat ziravor - za'faron narxi qancha?

Za'faron (shafran) tibbiyotda, parfumeriyada va ziravor sifatida taomlarda ishlatiladi. Hamma yerda ham o'savermaydigan ushbu o'simlikning 1 kg narxi sifatiga qarab $3500 dan $160.000 dollargacha.

Eron, Hindiston, Pokiston, Ispaniya, Gretsiya kabi davlatlarda ko'p yetishtiriladi. Oxirgi 3 yilda O'zbekistonda za'faron plantatsiyalari soni 20 dan oshdi.

1 gektar yerdan o'rtacha 5-8 kg hosil olinadi. O'simlikning eng qimmat qismi bu gulning o'rtasida joylashgan 3 dona qizil ustunlardir.

@NarxiQancha | Batafsil
7.3K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-01-10 12:01:01
Tailandning oq mo'jizasi: Wat Rong Khun buddistlar ibodatxonasi

Wat Rong Khun — bu dunyodagi hech qayerda uchramaydigan, hamma ibodatxonalardan ajralib turadigan Tailandtagi buddistlar ibodatxonasi. Bu joylar ilgari tashlandiq va ahlatlarga to'la bo'lgan.

Video orqali ko'rib turganingizdek bu joy betakror san'at asariga aylangan. Ibodatxonani barpo etgan, ta'mirlagan va ipidan ignasigacha o'z ideylari bilan qurgan shaxs mashxur rassom Chalermchay Kositpipat. U so'ngi 20 yil ichida bu ibodatxona uchun $1,2 mln sarflagan (o'z hisobidan).

@NarxiQancha | Manba
7.4K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-01-09 12:01:01
Yer yuzasidagi eng qimmat mahsulotning ya'ni antimoddaning 1 gram narxi qancha?

Uning asosiy ijobiy xususiyati shundaki, davomiy kosmik parvozlarda yoqilg‘i bo‘lib xizmat qilishi mumkin va bu moddaning 1 gramini yaratish uchun ko'p yillar harakat qilishi kerak.

Ushbu Antimodda noyob bo'lganligi uchun narxi juda qimmat bo'lib, uning 1 grammi narxi 65 trln dollar dan 101 trln dollar gacha bo'ladi.

@NarxiQancha | Manba
7.7K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-01-08 12:01:01
Suv ostida ko'prik qurish narxi qancha?

Norvegiyada 2035-yilgacha suv osti avtomobil ko'prigini qurib bitkazish rejalashtirilgan. Bu ko'prik Krsitiansann va Tronxeym shaharlari orasiga quriladi va uning uzunligi 26 km, eni 250 metr bo'lib, 30 metr chuqurlikda quriladi.

Bu ko'prik qurilishi yuqori sifat va texnologiyalarni talab etganligi bois, qurilishi 15 yildan ortiq davom ettirilishi mumkin va loyiha qiymati $25 mlrd ga baholanmoqda.

@NarxiQancha | Manba
7.4K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-01-07 12:01:01
Ilon ovlovchilar qancha maosh oladi?

Bizni mintaqada ilonlar unchalik ham ko'p uchrasha bermaydi, bizda faqat to'g'li va o'rmon joylarda kamdan kam uchratish mumkin. Lekin Avstraliyada ilonlar juda ko'p uchrashadi, hattoki shahar joylarda hovlilarga ham boshpana yoki oziq-ovqat izlab kirib borishadi. Bu davlatda ilonlar xonadonlarning hattoki shkaflarida uchratsangiz ham hayron bo'lmaysiz.

Shunday ekan u yerda ilon ovlovchi kasb egalariga talab juda katta va ular o'z ishlarining ustalaridir. Bunday xizmat bo'yicha kompaniyasi eng taniqlilaridandir. Ular ilon, kaltakesak va shu singari sudraluvchilarni ovlash paytidagi yarim soatlik ishi uchun $120 xizmat haqi so'rashadi.

@NarxiQancha | Manba
7.6K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-01-06 12:01:01
Qaldirgʻoch uyasidan tayyorlangan sho'rva narxi qancha?

Bu qushlarning uyalari deyarli birgina so‘lakning o‘zidan tashkil topgan bo‘ladi. Aynan shuning uchun ham ular qadrlidir: ularning uyalari — Xitoy oshxonasining qimmatbaho mahsuloti hisoblanadi.

Ushbu delikatesning qiymati 1 kg uchun $3 000 gacha.

@NarxiQancha | Manba
7.5K views09:01
Ochish/sharhlash