Get Mystery Box with random crypto!

Porsche va Jaguar Land Rover’lar “elektrocar” bozoriga kiradi | Narxi Qancha? ⚡️

Porsche va Jaguar Land Rover’lar “elektrocar” bozoriga kiradi

Porsche bosh direktori Oliver Blyum elektromobillar 2025-yilgacha sotuvlarning 50 foizga, 2030-yilga kelib esa 80 foizga yetishini aytdi. Buning uchun kompaniya 15 milliard evro sarmoya kiritmoqchi. Ichki yonish dvigateliga ega bo'lgan yagona mashina 1964-yildan beri ishlab chiqarilgan Porsche 911 bo'lib qoladi. Ushbu model bilan u sintetik yoqilg'ida ishlaydi.

Shuningdek Jaguar Land Rover, Reimagine deb nomlangan yangi global rivojlanish strategiyasini taqdim etdi. Britaniya kompaniyasining rejalariga ko'ra, 2025-yildan keyin yangi Jaguar modellari va 6ta Land Rover modellari elektromobil ko'rinishida namoyish etiladi. Shunday qilib, 2030-yilga kelib ushbu markalar ostida sotiladigan transport vositalarining mos ravishda 100% va 60% elektromobillar hissasiga to'g'ri keladi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!