Get Mystery Box with random crypto!

'Specs' nomli ko'zoynak: siz ko'rayotgan ma'lumotlarni sizga k | Narxi Qancha? ⚡️

"Specs" nomli ko'zoynak: siz ko'rayotgan ma'lumotlarni sizga kerak yoki kerak emasligini tahlil qiladi

Kanadaning Auctify startapi sun'iy intellekt yordamida ishlovchi "Specs" aqlli ko'zoynaklarini taqdim etdi. Yaratuvchilarning ta'kidlashicha, bu ko'zoynakni foydalanishdan oldin maxsus dastur orqali o'zingiz qiziqadigan, sizga kerakli yoki e'tiboringizni tortadigan faoliyat turlarini tanlab chiqasiz.

Keyin esa, ko'zoynak smartfoningizdagi ilovaga ulanadi va bu orqali ko'zoynak siz nimani ko'rib, o'qib chiqayotganingizni kuzatib boradi. Ilovada sizga maslahatlar berilib boriladi va foydasiz narsalarga sarf qilgan vaqtingizni ko'rsatib boradi.

Tahlillarga ko'ra, bu aqlli ko'zoynak odamlarga har kuni 6 soatgacha vaqt tejashga yordam beradi. Uning narxi esa sifati va qo'shimcha funksiylariga qarab $250 dan $400 gacha bo'lishi mumkin.

@NarxiQancha | Batafsil