Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.10K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 125

2021-12-25 12:01:01
Doktor Xaus teleserialidagi bosh qahramon

Mashhur tereserial Doktor Xaus 2004-yildan to 2012-yilgacha jahon ekranlarida efirga uzatilgan. Bu teleserial 8 ta fasl va 177 ta qismdan iborat.

Serialning bosh qahramoni Amerikalik aktyor Hugh Laurie bo'lib, u suratga tushgan har bir qismi uchun $400 000 gonarar olgan va jami hisobda serial orqasidan bu aktyor $70,8 mln ishlab topgan. Shu tariqa dunyo teleseriallari tarixida eng ko'p pul topgan aktyor nomiga sazovar bo'lgan.

@NarxiQancha | Manba
7.7K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-12-25 10:37:01
Lazerli proektor — yangi yilni filmlardagidek his qiling

Yulduzli lazerli proektor — zamonaviy, innovatsion tarzda ishlab chiqarilgan yangi yilni hisini beruvchi ajoyib qurilma (videoda batafsil ko'rishingiz mumkin)!

Bu lazerli proektorni:
— hovli tashqarisiga;
— devorga;
— uy ichkarisga;
— xona potologiga tushirish mumkin.

Bu proektor siz va bolajonlaringiz uchun yangi yilda yangicha tuyg'ularni his etishga yordam beradi, bir so'z bilan yangi yil ko'rki. Narxi hozirda 350 000 so'm va hoziroq onlayn buyurtma bera olasiz: https://bit.ly/3IqCk26

Shoshiling narxlar bayram yaqinlashgani sari yanada oshadi!

@ArzonTovarUzb — aksiyadagi innovatsion tovarlarni topasiz!

O'zbekiston bo'ylab BEPUL yetkazib beramiz va tovar pulini keyin ham to'lashingiz mumkin!
8.1K views07:37
Ochish/sharhlash
2021-12-25 08:01:01
Birinchi ishlab chiqarilgan qattiq disk narxi qancha?

Qattiq disk birinchi marta 1956-yili IBM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va u nafaqat foydalanishi, balki korinishi jihatdan ham ancha noqulay bo'lgan. Sababi bu katta joyni egallaydigan qattiq disk, atiga 5 megabayt xotiraga ega edi.

Bu qattiq disk 1957-yili lizing hisobida oyiga $3200 dan to'lash sharti bilan $160 000 ga baholandi. Hozirgi hisobda bu summa $1,3 mln atrofida.

@NarxiQancha | Manba
9.1K views05:01
Ochish/sharhlash
2021-12-24 16:02:46
Titanik – 2

Avstraliyalik siyosatchi va tadbirkor Klayv Palmer tarixdagi eng katta yo'lovchi kemasiga buyurtma berishga qaror qildi. 1912-yili qurilgan eng katta Titanik kemasi hozirda suv tagida bo'lganligi uchun, Palmer Titanikning ikkinchi nusxasiga buyurtma berdi.

Bu kemada oldingi Titanikning barcha kamchiliklari tuzatiladi va hamma qutqaruv kemalari yetarli bo'ladi. Titanik – 2 kemasi 2022-yili qurib bitkazilishi va taxminan $567 mln gacha pul sarflanishi kutilmoqda.

@NarxiQancha | Manba
7.1K views13:02
Ochish/sharhlash
2021-12-24 08:01:01
Maykl Jeksonning kostyumi narxi qancha?

Auksionda sotilgan dunyodagi eng qimmat kostyumlardan biri bu Maykl Jeksonga tegishli bo'lgan qora dekorga ega qizil kostyum hisoblanadi. Uning dizayni Deborah Landis tomonidan yaratilgan.

Bu kostyumning yengidagi Maykl Jeksonning dasxati uning narxining oshishiga asosiy sabab bo'lgan. Kostyum 2011-yili auksionda $1,8 mln ga sotilgan.

@NarxiQancha | Manba
9.1K views05:01
Ochish/sharhlash
2021-12-23 17:31:01
Italiyadagi Tveri favvorasi daromadi qancha?

Italiyaning Rim shahrida joylashgan Tveri favvorasi Italiyadagi eng katta favvora hisoblanadi. Shu sababdan Italiyaga kelgan turistlar albatta bu favvoraga tashrif buyirishadi.

Kelgan turistlarning ko'pchiligi favvoraga pul tashlashga odatlangan. Natijada har yili favvora ichidan o'rtacha $1,5 mln pul yig'ib olinar ekan.

@NarxiQancha | Manba
9.9K views14:31
Ochish/sharhlash
2021-12-23 12:31:01
Eng mashhur oshpazning Piar kompaniyasi

Uçankuş portalining ma'lumotiga ko'ra, bir qancha restoranlar egasi, hammaga mashhur turk oshpazi 2 mln dollarlik piar kompaniyasini buyurtma qilgan.

Dunyoga mashhur akterlar, sportchilar, san'atkorlar hamda boshqa taniqli shaxslar uning restoraniga tashrif buyurishgani uchun, hamda uning mashhur tuz sepish usulini takrorlagani uchun xizmat haqi olishgan.

@NarxiQancha
10.5K views09:31
Ochish/sharhlash
2021-12-23 07:31:01
Rossiya prezidenti istefoga chiqqandan so'ng qancha nafaqa oladi?

Rossiya prezidenti 2001-yili Rossiya Federatsiya qabul qilgan qaroriga ko'ra, istefoga chiqqandan so'ng oylik maoshining 75% ini nafaqa sifatida oladi.

Ya'ni Vladimir Putin ishdan ketgandan so'ng $6 800 miqdorida pensiya oladi va undan tashqari har yili davlat hisobidan $105 000 ga uning hayoti sug'urtalanadi.

@NarxiQancha | Manba
10.8K views04:31
Ochish/sharhlash
2021-12-22 16:31:01
Yo'l qoidasini buzganlik uchun eng qimmat jarima

Dunyodagi eng qimmat yol qoidasi jarimasi 37 yoshli Shvetsariyalikga solingan. U $250 000 lik Mercedes avtomobilini tezlik chegarasi 120 km/soat bo'lgan yo'lda, 290 km/soat tezlik bilan boshqargan.

Jarima miqdori, havdovchining faqatgina belgilangan miqdordagi tezlikdan oshirgani uchun emas, balki qancha tezlikga oshirganiga qarab belgilangan. Sud qaroriga ko'ra jarima miqdori $1 mln ni tashkil etgan.

Yana bir qiziq tarafi, Shvetsariyada har qanday jarima, jarima to'lovchining daromadiga qarab belgilanadi.

@NarxiQancha | Manba
6.6K views13:31
Ochish/sharhlash
2021-12-22 12:31:01
Eng qimmat narxda sotilgan qush

Agar siz dunyodagi eng qimmat qush bu noyob to'tiqush deb o'ylasangiz adashasiz. To'g'ri bu qimmat narxda sotiladigan qush bo'lishi mumkin, lekin bunnanda qimmat narxda sotilgan yagona kaptar mavjud. Rasmda ko'rib turganingiz oddiy emas, pochta kaptari hisoblanadi.

$400 000, ha 400 ming dollar!
2013-yili Xitoylik biznesmen bu sport kabutarini sotib olish uchun to'lagan pul aynan shu qiymatda edi.

Bu kabutar o'ziga xos rekord egasidir. U bir manzildan ikkinchi manzilga xat yetkizib berish uchun 28 000 km dan ko'proq masofani bosib o'tgan va unga 18 kun sarflagan. Aytgancha, bu qushning laqabi "BOLT" ya'ni Useyin Bolt.

@NarxiQancha | Manba
8.3K views09:31
Ochish/sharhlash