Get Mystery Box with random crypto!

SHU TINCHLIKNI ASRANG SIZDAN ILTIMOS Shu tinchlikni asrang si | Narpay.uz | Rasmiy kanal

SHU TINCHLIKNI ASRANG SIZDAN ILTIMOS

Shu tinchlikni asrang sizdan iltimos,
Uyda polapondek kutgan bolalar.
Yӯlingizga termulgan o‘ychan otalar,
Onangiz bomdodda yig‘lab sӯragan iltijolar haqqi
Asrang iltimos.

Shu tinchlikni asrang sizdan iltimos,
Siz borsiz kechalar sut kabi oppoq,
Yurak bog‘larida ochiladi gul.
Ming shukur o‘zbekman, dedi , entikib,
Har kun tӯydan chiqib, to‘yga borgan el.
Pok duolar haqqi asrang iltimos.

Toshkent - dur, Namangan bog‘lari jannat,
Andijon, Farg‘ona jannatga monand,
Xorazm, Buxoro, dono Samarqand,
Jizzax uchun asrang, Navoiy uchun,
Qoraqalpoqdagi ellik qalalar,
Go‘zal Qashqadaryo, gul Surxondaryo,
Sirdaryolar haqqi asrang iltimos.

Navoiydan qolgan nurli satrlar,
Pahlavon Mahmuddan pirli satrlar,
Huvaydolar haqqi asrang iltimos.
Shu tinchlikni asrang sizdan iltimos.

Hayratdan maysalar toshni yorguvchi,
Yaratganga yaqin-yaqin borguvchi,
Muqaddas, muborak ziyoratgohlar,
Avliyolar haqqi asrang iltimos.
Shu tinchlikni asrang sizdan iltimos.

Noxosda lovullab yondi daftarim,
Men ham ko‘p yig‘ladim,
Men ham dil yarim.
Akamsiz, ukamsiz, jonim, jigarim,
Derlar: Asralganni asraydi Tangrim,
Qodir xudo haqqi asrang iltimos,
SHU TINCHLIKNI ASRANG SIZDAN ILTIMOS!

Zulfiya Mo‘minova