Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universitetida “Konstitutsiya bizning kelajagi | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Namangan davlat universitetida “Konstitutsiya bizning kelajagimiz va taqdirimiz, biz bunga befarq emasmiz” shiori ostida “REFERENDUM VA YOSHLAR” targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Katta bayram tarzida oʻtkazilgan targʻibot tadbirida xalqimizning sevimli sanʼatkorlari ishtirok etib, oʻzlarining ijod mahsullarini namoyish etishdi. Tadbir davomida universitetning iqtidorli talabalari ishtirokida ko’rgazmalar, badiiy chiqishlar, shuningdek, sanʼatkorlar ishtirokida gala-konsert tashkil qilindi.

Shuningdek, forum doirasida sportning arqon tortish, milliy kurash, tosh ko'tarish, armwresling, stol tennisi, shaxmat-shashka, kubik rubik yig'ish musobaqalari tashkil etildi. G'oliblar ro'yxatini ko'rish

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan #meningkonstitutsiyam, #konstitutsiyaoʻzimizniki, #befarqemasman mavzularida chellenjlar tashkil etildi.

@namdu309