Get Mystery Box with random crypto!

Iqtidorli talabalarimizdan navbatdagi yutuqlar. Kuni kecha Da | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Iqtidorli talabalarimizdan navbatdagi yutuqlar.

Kuni kecha Davlatobod tumanidagi Yangi O‘zbekiston – yoshlar  ziyo maskanida Mirzo Ulug‘bek vorislari Respublika tanlovining Namangan viloyati bosqichi o‘tkazildi. Unda tuman-shahar saralash bosqichlarida munosib ishtirok etib, g‘olib sifatida viloyat bosqichiga yetib kelgan 60 nafar talaba-yoshlar final yo‘llanmasi uchun bahslarga kirishdilar.

Kun davomida o‘tkazilgan loyihalar taqdimoti davomida 20 nafar eng yaxshi ilmiy-innovatsion g‘oya mualliflari Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘ga kiritish bilan birga, jami 60 mln so‘m pul mukofotiga ham ega bo‘lishdi.

Quvonarli tomoni viloyat bosqichi g‘oliblarining quyidagi 6 nafari Namangan davlat universiteti talabalaridir:

Muhammadaminova Mohinur-Biotexnologiya fakulteti
Munavvarxonova Mahliyo-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
O‘rmonjonov Azizbek-Musiqa ta’limi va madaniyatshunoslik fakulteti
Nuriddinova Aziza-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
Botirjanov Azimjon-Fizika fakulteti
Mahkamjonov Samandar-Musiqa ta’limi va madaniyatshunoslik fakulteti

Gʻolib talabalarimizni barchalariga omad tilagan holda Respublika bosqichida ham muvaffaqqiyatli yurishlarni kutib qolamiz!

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309