Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-k | my.gov.uz

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

Demak:

1-sentyabr — Mustaqillik bayrami;
2-sentyabr — juma, ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
3-sentyabr — shanba, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun Farmonga asosan qo‘shimcha dam olish kuni;
4-sentyabr — yakshanba, barcha uchun odatdagi dam olish kuni.

Bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari munosabati bilan aksariyat davlat muassasalari ishlamaydi.

Aynan shu 4 kunlikda elektron davlat xizmatlarini olishga yoki to‘lov amaliyotlarini bajarishga to‘g‘ri kelib qolsa, my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etamiz.

Unutmang!
My.gov.uz – dam olishsiz, haftaning 7 kunida 24 soat davomida siz bilan birga.