Get Mystery Box with random crypto!

#BILASIZMI Aholi punktlaridagi qurilish uchastkalariga bego | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#BILASIZMI

Aholi punktlaridagi qurilish uchastkalariga begona shaxslarning kirmasligini taʼminlaydigan himoya konstruksiyasida qanday talablar bajarilishi kerak?

• ishlab chiqarish hududlari toʻsiqlarining balandligi 2 metrdan kam boʻlmasligi, ish uchastkalariniki esa 1,2 metrdan kam boʻlmasligi;
• odamlar ommaviy tarzda oʻtadigan joylarga qoʻshilib ketgan toʻsiqlar yaxlit ustki himoya yopmasi bilan jihozlangan boʻlishi;
• ustki himoya yopmasi qordan tushadigan yuk hamda vaqtinchalik tushadigan omillar taʼsiriga chidamli boʻlishi;
• toʻsiqlar ish kuni davomida nazorat qilinadigan va ish tugagandan keyin qulflanadigan darvoza va darchalardan tashqari oraliqlarga ega boʻlmasligi talab etiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|