Get Mystery Box with random crypto!

#JARAYON Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻ | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#JARAYON

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Olmazor tumani Qoraqamish 1/3 dahasida joylashgan “Qichqiriq” mahallasida boʻlib, koʻp qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholining muammolarini oʻrgandi. Xususan, fuqarolarning sohaga doir bir necha murojaati qabul qilinib, joyida bartaraf etish choralari koʻrildi.

Mahallada joylashgan 22ta uyga xizmat koʻrsatuvchi “Olmazor kommunal baraka” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati koʻzdan kechirildi. Aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, jumladan, qoʻshimcha servis xizmatlarni tashkil etish boʻyicha kompaniyaga zarur topshiriqlar berildi.
Vazir oʻrinbosari boshqaruv tashkilotida mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlari bilan suhbatlashib, ularning mehnat sharoitlari bilan qiziqdi.

Sizlar sohamizning eng fidoyilari hisoblanasizlar. Mashaqqatli mehnatingiz tufayli biz mana shunday toza joylarda istiqomat qilamiz, - dedi Ozoda Joʻrayeva. Vazir oʻrinbosari kam ta’minlangan aholi vakillari holidan ham xabar oldi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|