Get Mystery Box with random crypto!

MINENERGY.UZ

Telegram kanalining logotibi minenergy_uz — MINENERGY.UZ M
Telegram kanalining logotibi minenergy_uz — MINENERGY.UZ
Kanal manzili: @minenergy_uz
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.26K
Kanalning ta’rifi

- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali
- Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: press@minenergy.uz

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2023-04-11 07:06:17
Ta’mirlash ishlari tufayli bugun Uchtepa, Shayxontohur va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Uchtepa tumani Beshqayrag‘och va TKAD ko‘chalari kesishmasida joylashgan yuqori bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli, bugun, 11-aprel kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar:

Uchtepa tumani aholi iste’molchilari: “Ko‘ksaroy”, “O‘rikzor” va “Zarafshon” MFYlardagi jami 4 600 ta uy xo‘jaligida va 2 ta ko‘p qavatli uydagi jami 60 ta aholi xonadonida hamda hududdagi 120 ta ulgurji iste’molchida;

Shayxontohur tumani aholi iste’molchilari: “Ming terak” MFYda joylashgan 10 ta ko‘p qavatli uydagi jami 120 ta aholi xonadonida, Yangi turar-joy majmuosidagi 72 ta aholi xonadonida, Ko‘ksaroy ko‘chasidagi 30 ta uy xo‘jaligida;

Shayxontohur tumani ulgurji iste’molchilari: Ko‘ksaroy majmuasi, “Fayz” milliy taomlari, Tilomsaroy, Fatx qushxonasi, “Lider gaz” MCHJ (AGTKSH), “Ibn sino” to‘yxonasi MCHJ, “EKSPAK Pres” MCHJ, “Muborak mebel” MCHJ, “GO‘SHT SUT” korxonasi, “Chashmir” choyxonasi, “Razetka kabel” MCHJ, “Ilyos keramika” MCHJ, “AKMAL BALIQ” CHP, “Uxod biznes” MCHJ, “AKMAL UMID BARAKA” MCHJ – jami 15 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yashnobod tumani
Ohangaron ko‘chasida joylashgan gaz taqsimlash punktida aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli, bugun, 11-aprel kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar:

Aholi va ulgurji iste’molchilari: Gʻalabaninig 40 yilligi 3-4 mavzesida joylashgan 30 ta ko‘p qavatli uydagi jami 1 200 ta aholi xonadonida, “A.Temur” MFY, Ulug‘bek, Furqat, Cho‘lpon ko‘chalaridagi jami 120 ta uy xo‘jaligida hamda ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

@minenergy_uz
4.0K views04:06
Ochish/sharhlash
2023-04-10 13:36:30 “O‘zbekistonni birinchi xalqaro hamkor sifatida tanladik” — MACLEC kompaniyasining innovatsiya loyihalari bo‘yicha direktori Balram Bhardvaj

“MACLEC” kompaniyasining (Hindiston) innovatsiya loyihalari bo‘yicha direktori Balram Bhardvaj O‘zbekistonda gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, hamkorlikda suv yuzasida suzib turuvchi innovatsion gidroagregatlarni ishlab chiqarish borasidagi ishlar haqida intervyu berdi.

“Shu kungacha bizning kompaniyamizga ko‘plab davlatlardan hamkorlik takliflari kelib tushgan. Biz esa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan islohotlari, ilgari surayotgan tashabbuslari va investorlar uchun yaratayotgan sharoitlarini o‘rganib, tahlil qilib, O‘zbekistonni birinchi xalqaro hamkor sifatida tanladik.

Shuni ishonch bilan ayta olamanki, O‘zbekistonda gidroenergetika sohasida juda katta potensial bor – ya’ni 4000 MVt. “O‘zbekgidroenergiya” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari bilan joylarga chiqib, bu boradagi imkoniyatlarni ko‘zdan kechiryapmiz. Mamlakatingizda gidroturbinalar ishlab chiqarish 2025-yilgacha to‘liq, ya’ni 100 foiz mahalliylashtiriladi.

Shu kunlarda Andijon viloyatining Xonobod shahridagi “Shahrixonsoy” kanalida har birining quvvati 400 kVt bo‘lgan 2 ta agregat, G‘azalkent shahridan o‘tayotgan “Yuqori Derevatsiya” kanalida har birining quvvati 300 kVt bo‘lgan 2 ta agregatlarni o‘rnatib, sinov tariqasida ishlatib kelyapmiz.

Alohida aytishim kerak, ayni paytda AQSh, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi loyihalarni to‘xtatgan holda, ustuvor yo‘nalish sifatida O‘zbekistondagi loyihalarni amalga oshirishga kirishdik va bu yerda ishlab chiqarishni boshlab yubordik”, dedi Balram Bhardvaj.

@minenergy_uz
4.3K views10:36
Ochish/sharhlash
2023-04-10 09:42:04 Yurtimizda suv yuzasida suzib turuvchi innovatsion gidroagregatlarni ishlab chiqarish boshlandi.

Bu haqda batafsil “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda tanishishingiz mumkin.

—————

В нашей стране начато производство инновационных гидроагрегатов, плавающих на поверхности воды.

Подробнее об этом можно узнать в репортаже телеканала «Узбекистан 24».

@minenergy_uz
3.9K views06:42
Ochish/sharhlash
2023-04-10 07:01:43 Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida joriy etilayotgan yashil energiya manbalari evaziga iqtisod qilingan mablag‘lar ijtimoiy loyihalarga yo‘naltirilmoqda.

Bu haqda batafsil “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda tanishishingiz mumkin.

@minenergy_uz
4.0K views04:01
Ochish/sharhlash
2023-04-07 16:31:14
Toshkentda “O‘zbekiston uglevodorodlar bozori” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida “O‘zbekiston uglevodorodlar bozori” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya “Confidence Information Services Ltd” tomonidan tashkil etildi.

Ishtirokchilar Markaziy Osiyoda neft mahsulotlarini iste’mol qilish dinamikasi va neft sanoati istiqbollari hamda O‘zbekistonda neft mahsulotlari bozorining o‘sishiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tingladilar.

Tadbirda Energetika vazirligi mutaxassislari ham faol ishtirok etib, korxonalarni xususiylashtirish, tashkilotlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash, shuningdek, respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashda xususiy sektorning rolini kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish dolzarbligini ta’kidladilar.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

————

В Ташкенте прошла конференция на тему «Рынок энергоносителей Узбекистана»

В Ташкенте прошла конференция «Рынок энергоносителей Узбекистана». Конференция была организована компанией Confidence Information Services Ltd.

Участники представили доклады о динамике потребления нефтепродуктов в Центральной Азии и перспективах нефтяной отрасли и роста рынка нефтепродуктов в Узбекистане.

В ходе мероприятия активное участие также приняли специалисты Министерства энергетики, которыми была отмечена актуальность продолжения работ по приватизации предприятий, обеспечению прозрачности деятельности организаций, а также усилению роли частного сектора в обеспечении потребителей республики нефтепродуктами.

Пресс-служба Министерства энергетики

@minenergy_uz
4.3K views13:31
Ochish/sharhlash
2023-04-07 15:01:38
Navoiy IESning quvvati 450 МVt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi rejaga asosan o‘tkazilgan ta’mirlashdan so‘ng qayta ishga tushurildi.

Xususan, stansiyaning 2-sonli bug‘-gaz qurilmasida ta’mirlash ishlari yakunlanib, qurilma energotizimga to‘liq quvvatlarda elektr energiyasi yetkazib bermoqda.

Ta’mirlash ishlari stansiyaning 150 nafar, “Mitsubishi” kompaniyasining (Yaponiya) 13 nafar malakali mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida energoblokning ishlab chiqarish barqarorligi taminlanadi.

—————

После
планового ремонта введена в эксплуатацию парогазовая установка мощностью 450 МВт Навоийской ТЭС.

В частности, завершены ремонтные работы на второй парогазовой установке электростанции и установка начала передачу электроэнергии на полной мощности.

В ремонтных работах приняли участие 150 работников станции и 13 квалифицированных специалистов компании «Mitsubishi» (Япония).

В результате проведенных работ обеспечивается стабильность выработки энергоблока.

@minenergy_uz
4.0K views12:01
Ochish/sharhlash
2023-04-07 14:06:29
Vodiy viloyatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli tarmoqlar kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda.

Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi va Farg‘ona viloyatidagi “O‘zbekiston” podstansiyasini bog‘lovchi 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilib, tarmoqning shikastlangan qismlari yangisiga almashtirilmoqda.

Ta’mirlash ishlari yakuni bilan vodiy viloyatlariga elektr energiyasini yetkazib berish ishonchliligi ortadi.

Ma’lumot uchun: Ushbu ishlar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

—————

К осенне-зимнему периоду готовятся высоковольтные сети, обеспечивающие электроэнергией регионы долины.

Ведутся ремонтные работы на ЛЭП 500 кВ, соединяющей Сырдарьинскую ТЭС и ПС «Узбекистан» в Ферганской области.

Выявленные дефекты устраняются специалистами, а поврежденные участки сети заменяются новыми.

С завершением ремонтных работ повысится надежность электроснабжения регионов долины.

Для информации: Данные работы проводит АО «Национальные электрические сети Узбекистана».

@minenergy_uz
5.1K views11:06
Ochish/sharhlash
2023-04-07 08:52:37
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasida ishtirok etadi. Shuningdek, ijod maktabi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

—————

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Сырдарьинскую область.


Глава государства примет участие в сессии областного кенгаша народных депутатов. Предусматриваются также ознакомление с деятельностью школы творчества и промышленных предприятий,  запуск новых производственных мощностей.

@minenergy_uz
4.4K views05:52
Ochish/sharhlash
2023-04-06 14:39:512023-yil yanvar-mart oylarida elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish ko‘rsatkichlari

Ushbu davr davomida respublikamizda 20,1 mlrd kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 421,5 mln kVt•soatga yoki 2,1 foizga ko‘pni tashkil qiladi.

Shuningdek, respublika iste’molchilariga 16,7 mlrd kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mlrd kVt•soatga yoki 8,5 foizga ko‘pni tashkil qiladi.*

*tezkor ma’lumot

—————

Показатели выработки и поставки электроэнергии за январь-март месяцы 2023 года

За текущий период выработка электроэнергии по республике составила 20,1 млрд кВт•ч электроэнергии. Это на 421,5 млн кВт•ч или на 2,1 процента больше, чем за аналогичный период прошлого года.

Также потребителям республики поставлено 16,7 млрд кВт•ч электроэнергии. Это на 1,3 млрд кВт•ч или на 8,5 процента больше, чем за аналогичный период прошлого года.*

*оперативные сведения

@minenergy_uz
2.7K viewsedited  11:39
Ochish/sharhlash
2023-04-06 08:31:29
Xabar berganimizdek, Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida lavha efirga uzatildi.

—————

Как сообщали
, на Талимарджанской ТЭС строится солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1 МВт.

Об этом смотрите в репортаже телеканала «Узбекистан 24».

@minenergy_uz
4.4K views05:31
Ochish/sharhlash