Get Mystery Box with random crypto!

MINENERGY.UZ

Telegram kanalining logotibi minenergy_uz — MINENERGY.UZ M
Telegram kanalining logotibi minenergy_uz — MINENERGY.UZ
Kanal manzili: @minenergy_uz
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.26K
Kanalning ta’rifi

- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali
- Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: press@minenergy.uz

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-04-20 13:33:38
Forum ishtirokchilari Energetika vazirligi va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tasarrufidagi Shirin energetika kollejida bo‘lishdi

Ular uchun Saudiya Arabistonining “Nomac” kompaniyasi loyiha menejeri, janob Hossam Ahmad Hassanein va kollej direktori Al-Farobiy Xusanov tomonidan maxsus taqdimot o‘tkazildi.

Maʼlumot o‘rnida, kollej 660 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Unda 19 ta zamonaviy ustaxona, 4 ta laboratoriya va yotoqxona barpo qilingan. Taʼlim sifatini oshirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida muassasa hududi to‘liq WiFi bilan taʼminlangan.

Hozirda Issiqlik elektr stansiyalari turbina qurilmalarini ishlatish, Elektr stansiyalari uskunalarini taʼmirlash bo‘yicha chilangar, Elektr uskunalarini taʼmirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektromotyor hamda Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori kabi o‘ndan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha yoshlarga taʼlim berilmoqda.

2022-yilning 15-iyun sanasida Prezidentimiz raisligida aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kollej tajribasi alohida eʼtirof etilgan edi.

@minenergy_uz
3.3K views10:33
Ochish/sharhlash
2023-04-20 13:10:14
“O‘zbekiston yoshlari forumi” doirasida OAV vakillari va yoshlar uchun press-tur tashkil etildi

Bugun OAV vakillari, jurnalist va blogerlar hamda yoshlar yangi qurilayotgan “ACWA Power Sirdaryo” IES va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning Sirdaryo IES filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

Dastlabki manzil “ACWA Power Sirdaryo” issiqlik elektr stansiyasi bo‘ldi.

Zamonaviy texnologiyalar asosida bunyod etilayotgan elektr stansiyasi Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida joylashgan.

Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan elektr stansiyaning quvvati 1500 MVtga teng.

Stansiyada yiliga o‘rtacha 12 mlrd kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Unda eng zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatilishi hisobiga yiliga 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Shuningdek, press-tur davomida ishtirokchilar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Sirdaryo IES filialida bo‘lishdi.

Mazkur korxona Markaziy Osiyodagi eng yirik elektr stansiyasi hisoblanadi. Korxonada jami 10 ta energoblok mavjud bo‘lib, hozirgi kunda bu yerda sutkasiga o‘rtacha 42 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, stansiyada o‘z ehtiyoji uchun sarflanadigan elektr energiyasini iqtisod qilish maqsadida muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. 

Hozirda elektr stansiyasida jami sig‘imi 2400 litrga teng bo‘lgan 12 ta quyosh suv isitish qurilmalari ishlamoqda. Joriy yilning fevral oyida esa quvvati 1,3 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Forum qatnashchilari korxonada amalga oshirilayotgan islohotlar va modernizatsiya ishlari bilan yaqindan tanishdilar. 

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston yoshlari forumi” davomida Energetika vazirligi va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan Shirin shahri yoshlari uchun barpo qilingan “Yoshlar markazi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

@minenergy_uz
3.2K views10:10
Ochish/sharhlash
2023-04-18 18:34:58
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Xitoyning “State grid - CET” kompaniyasi prezidenti Yu Jun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda O‘zbekistonda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlar va podstansiyalarni loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish va “tayyor holda topshirish” shartlari asosida (EPC+F) qurish masalasini o‘rganib chiqish bo‘yicha bitim imzolandi.

—————

Состоялась встреча министра энергетики Журабека Мирзамахмудова с президентом китайской компании «State grid - CET» Ю Джуном

На встрече было подписано соглашение о проработке строительства высоковольтных сетей и подстанций в Узбекистане на условиях проектирования, строительства, финансирования и сдачи «под ключ» (EPC+F).

@minenergy_uz
2.2K views15:34
Ochish/sharhlash
2023-04-18 10:33:21
Shirin shahrida “O‘zbekiston yoshlari forumi” bo‘lib o‘tadi

Energetika vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ
hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi hamkorligida joriy yilning 20-aprel kuni Shirin shahrida “O‘zbekiston yoshlar forumi” tashkil etiladi.

Xususan, yoshlar forumi doirasida Shirin shahrida “Yoshlar markazi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Forumda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan 400 dan ortiq yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.

—————

В городе Ширин пройдет «Молодежный форум Узбекистана»

Министерством энергетики, АО «Тепловые электрические станции»
совместно с Республиканским советом профсоюзов работников энергетики, нефти-газа и геологии Узбекистана 20 апреля текущего года в городе энергетиков - Ширин организуется «Молодежный форум Узбекистана».

В частности, в рамках молодежного форума состоится торжественная церемония открытия «Молодежного центра» в городе Ширин. Ожидается, что в форуме примут участие более 400 представителей молодёжи, работающих в топливно-энергетической отрасли.

@minenergy_uz
3.2K views07:33
Ochish/sharhlash
2023-04-18 07:37:30
Energetika vaziri va Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda O‘zbekiston-Yaponiya o‘rtasida energetika sohasidagi strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

—————

Состоялась встреча Министра энергетики и Чрезвычайного и Полномочного Посла Японии в Узбекистане

На встрече обсуждены вопросы дальнейшего развития отношений стратегического партнерства и многостороннего сотрудничества между Узбекистаном и Японией в сфере энергетики.

@minenergy_uz
1.1K views04:37
Ochish/sharhlash
2023-04-17 16:27:49
Xeniya Rogan, OTBning Investitsiyalar bo‘yicha katta mutaxassisi:

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi uchun iqlim banki OTB O‘zbekistonning nol emissiya yo‘lini qo‘llab-quvvatlamoqda va hamkorlar bilan birgalikda mamlakatdagi 1 million xonadonni yorituvchi quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha uchta loyihani moliyalashtirdi.

—————

Хения Роган, старший специалист по инвестициям, АБР:

АБР, климатический банк Азиатско-Тихоокеанского региона поддерживает путь Узбекистана к нулевому уровню выбросов и вместе с партнерами профинансировал три проекта по развитию солнечной энергетики, которые обеспечат электроэнергией 1 миллион домов в стране.

—————

Xeniya Rogan, Senior Investment Spesialist, ADB:

ADB, Asia and the Pacific's climate bank, supports Uzbekistan's path to net zero, and together with partners, has financed the three solar power developments that will light up 1 million homes in the country.

@minenergy_uz
2.4K views13:27
Ochish/sharhlash
2023-04-17 13:38:13
O‘zbekistonda 3 ta yirik quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida “Masdar” kompaniyasi tomonidan xalqaro moliya institutlari bilan 396 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

—————

В Узбекистане в рамках проекта строительства 3-х крупных солнечных фотоэлектростанций компания «Masdar»
подписала контракты на сумму 396 миллионов долларов с международными финансовыми институтами

@minenergy_uz
3.0K views10:38
Ochish/sharhlash
2023-04-17 11:11:06
Taxiatosh IESda 1 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda

Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi ham o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini muqobil energiyadan qoplash choralarini ko‘rmoqda.

Ayni kunlarda stansiyada quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi bunyod etilmoqda.

Yirik loyiha asosida o‘rnatiladigan hududlarda konstruksiya ishlari tugatilib, quyosh panellarini o‘rnatish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 1,8 mln kVt•soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

—————

На Тахиаташской ТЭC строится солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1 МВт

Тахиаташская ТЭC принимает также меры по возмещению электроэнергии, используемой для собственных нужд, за счет альтернативной энергии.

В эти дни на станции строится солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1 МВт.

Согласно проекту на участках, где строительно-монтажные работы завершены, ускоренными темпами осуществляется установка солнечных панелей.

После введения в эксплуатацию, станция будет производить 1,8 млн кВт⋅часов электроэнергии в год.

В результате будет сэкономлено 400 тыс. кубометров природного газа в год.

@minenergy_uz
1.3K views08:11
Ochish/sharhlash
2023-04-17 10:07:56 Energetika vazirligi markaziy apparatidagi Elektr energiyasini ishlab chiqarish boshqarmasi bosh mutaxassisi vakant lavozimiga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi.

Hujjat topshirish

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Arizalar 2023-yil 22-aprel kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma.

Yagona identifikasiya tizimi — id.egov.uz'dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.

@minenergy_uz
2.1K views07:07
Ochish/sharhlash
2023-04-15 16:47:56
14-aprel kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasidan neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish hajmlarini oshirish, shuningdek, energetika sohasidagi loyihalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Mavjud masalalarni hal etishda o‘zaro manfaatli asosda doimiy hamkorlik qilib borishga kelishildi.

——————

14 апреля в г. Москва проведена встреча Министра энергетики Республики Узбекистан Журабека Мирзамахмудова с Заместителем Председателя Правительства Российской Федерации Александром Новаком.

В ходе встречи обсуждены вопросы увеличения поставок нефти и нефтепродуктов из Российской Федерации, а также взаимодействие в проектах в сфере энергетики.

Достигнута договоренность о постоянном взаимодействии в решении вопросов на взаимовыгодной основе.

@minenergy_uz
636 views13:47
Ochish/sharhlash