Get Mystery Box with random crypto!

MINENERGY.UZ

Telegram kanalining logotibi minenergy_uz — MINENERGY.UZ M
Telegram kanalining logotibi minenergy_uz — MINENERGY.UZ
Kanal manzili: @minenergy_uz
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.26K
Kanalning ta’rifi

- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali
- Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: press@minenergy.uz

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2023-04-15 12:37:13 Farg‘onada qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish masalalari yuzasidan seminar-trening o‘tkazildi.

Unda bino va inshootlarda quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida tadbirkorlarga ma’lumot berildi.

Bu haqda batafsil “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda tanishishingiz mumkin.

@minenergy_uz
2.5K views09:37
Ochish/sharhlash
2023-04-14 08:17:14
Energetika vazirligida Fransiya taraqqiyot agentligi mutasaddilari bilan gender tenglik masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Batafsil

—————

В Министерстве энергетики состоялась встреча по вопросам гендерного равенства с представителями Французского агентства развития

Подробнее

@minenergy_uz
4.0K views05:17
Ochish/sharhlash
2023-04-13 10:56:06
Energetika vazirligida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Energetika vazirligida Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Aurelia Bouchez xonim va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

—————

В Министерстве энергетики состоялась встреча с послом Франции в Узбекистане

В Министерстве энергетики Узбекистана состоялась встреча Посла Французской Республики в Узбекистане г-жи Аурелии Бушез и Министра энергетики Республики Узбекистан Журабека Мирзамахмудова.

@minenergy_uz
4.8K views07:56
Ochish/sharhlash
2023-04-12 17:00:18
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevga Turkiyada “Togg” brendi ostida ishlab chiqarilgan ilk milliy elektromobil taqdimot qilindi.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an nomidan yuborilgan mashina kalitini ushbu mamlakat sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank topshirdi. Davlatimiz rahbari elektromobil ruliga o‘tirib, uni haydab ko‘rdi.

—————

Сегодня Президенту Шавкату Мирзиёеву
представлен первый национальный электромобиль Турции под брендом «Togg».

От имени Президента Турции Реджепа Тайипа Эрдогана ключи от машины вручил министр промышленности и технологий этой страны Мустафа Варанк. Глава нашего государства сел за руль и лично опробовал электромобиль.

@minenergy_uz
4.0K views14:00
Ochish/sharhlash
2023-04-12 15:36:50
Energetika vazirligi delegatsiyasi “Shimoliy So‘x” GYOSIning gaz saqlash tizimini qayta tiklash” loyihasi bo‘yicha Qirg‘iz Respublikasida bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qirg‘iz Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida qo‘shma amaliy harakatlar rejasi tasdiqlangan edi. “Shimoliy So‘x” gazni yer ostida saqlash inshootida (GYOSI) tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash” loyihasi ham ana shu rejadan o‘rin olgan.

O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikalarining Energetika vazirlari tomonidan “Shimoliy So‘x” GYOSIda tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash” loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun “Yo‘l xaritasi” imzolangani bu boradagi ishlarni jadallashtirib yubordi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 15 kishidan iborat Ishchi guruh shakllantirildi. “O‘zLITIneftgaz” AJ bilan birgalikda “Shimoliy So‘x” GYOSI quduqlarida dala tadqiqotlarini o‘tkazish uchun Texnik topshiriq ishlab chiqildi.

Joriy yilning 10-aprel kuni Energetika vazirligi boshchiligidagi Ishchi guruh mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida Qirg‘iz Respublikasining Qadamjay tumaniga tashrif buyurdi.

Qirg‘iz Respublikasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh bilan o‘tkazilgan uchrashuvda yo‘l xaritasida ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish muhokama qilinib, hududdagi gaz quduqlarining holati ko‘zdan kechirildi. Loyiha doirasida amalga oshiriladigan navbatdagi ishlar belgilab olindi.

@minenergy_uz
3.7K views12:36
Ochish/sharhlash
2023-04-12 12:12:30 Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
1.9K views09:12
Ochish/sharhlash
2023-04-12 09:57:59 Namangan viloyatidagi ijtimoiy soha obyektlari va aholi xonadonlarida quyosh panellaridan foydalanish ko‘lami ortmoqda.

Bugungi kunga qadar:

Viloyatdagi 540 ta obyektda 3 360 kVt quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatildi.

Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 90 kVtli quyosh panellari ishga tushirildi.

Ijtimoiy soha obyektlariga 1 888 kVtli quyosh panellari ishga tushirildi.

Viloyatdagi 321 ta xonadonga 973 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatib bo‘lindi.

Bu haqda batafsil “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda tanishishingiz mumkin.

@minenergy_uz
4.6K views06:57
Ochish/sharhlash
2023-04-11 17:31:07
Qoraqalpog‘istonda 200 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tenderning ikkinchi bosqichi boshlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 MVt quvvatga ega shamoldan elektr energiyasini ishlab chiqarish hamda energiya saqlash tizimi (akkumulyator) loyihasini amalga oshirish uchun investor tanlash bo‘yicha tenderning Takliflar so‘rovi (RFP) bosqichi boshlandi.

—————

Стартовал второй этап тендера на строительство ветряной электростанции мощностью 200 МВт в Каракалпакстане

Начался этап запроса предложений (RFP) в рамках тендера по отбору инвесторов для реализации проекта ветрогенерации и системы накопления энергии (аккумуляторной батареи) мощностью 200 МВт в Республике Каракалпакстан.

—————

The second stage of the tender for the construction of a 200 MW wind power plant in Karakalpakstan has started

The Request for Proposals (RFP) stage of the tender for the selection of investors for the implementation of the 200 MW wind power generation and energy storage system (battery) project in the Republic of Karakalpakstan has begun.

@minenergy_uz
3.4K views14:31
Ochish/sharhlash
2023-04-11 16:34:45
Energetika vazirligida “Ona tilim – mangu makonim” va “O‘zbekiston joy nomlari” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi

Bugun, 11-aprel kuni Energetika vazirligida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop etilgan “Ona tilim – mangu makonim” va “O‘zbekiston joy nomlari” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.


@minenergy_uz
3.5K views13:34
Ochish/sharhlash
2023-04-11 13:29:00
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

—————

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам повышения результативности в сфере молодежной политики и дальнейшего совершенствования системы работы с молодежью.

@minenergy_uz
4.8K views10:29
Ochish/sharhlash