Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda “O‘zbekiston uglevodorodlar bozori” mavzusida konfe | MINENERGY.UZ

Toshkentda “O‘zbekiston uglevodorodlar bozori” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida “O‘zbekiston uglevodorodlar bozori” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya “Confidence Information Services Ltd” tomonidan tashkil etildi.

Ishtirokchilar Markaziy Osiyoda neft mahsulotlarini iste’mol qilish dinamikasi va neft sanoati istiqbollari hamda O‘zbekistonda neft mahsulotlari bozorining o‘sishiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tingladilar.

Tadbirda Energetika vazirligi mutaxassislari ham faol ishtirok etib, korxonalarni xususiylashtirish, tashkilotlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash, shuningdek, respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashda xususiy sektorning rolini kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish dolzarbligini ta’kidladilar.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

————

В Ташкенте прошла конференция на тему «Рынок энергоносителей Узбекистана»

В Ташкенте прошла конференция «Рынок энергоносителей Узбекистана». Конференция была организована компанией Confidence Information Services Ltd.

Участники представили доклады о динамике потребления нефтепродуктов в Центральной Азии и перспективах нефтяной отрасли и роста рынка нефтепродуктов в Узбекистане.

В ходе мероприятия активное участие также приняли специалисты Министерства энергетики, которыми была отмечена актуальность продолжения работ по приватизации предприятий, обеспечению прозрачности деятельности организаций, а также усилению роли частного сектора в обеспечении потребителей республики нефтепродуктами.

Пресс-служба Министерства энергетики

@minenergy_uz