Get Mystery Box with random crypto!

MINENERGY.UZ

Telegram kanalining logotibi minenergy_uz — MINENERGY.UZ M
Telegram kanalining logotibi minenergy_uz — MINENERGY.UZ
Kanal manzili: @minenergy_uz
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.26K
Kanalning ta’rifi

- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali
- Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: press@minenergy.uz

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2023-04-27 14:44:20
Energetika vaziri va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki vitse-prezidenti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda O‘zbekistonda xalqaro moliya institutlari ko‘magida energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya samaradorlik va energiya tejamkorlik, issiqlik elektr stansiyalari va elektr uzatish tarmoqlarini qurish hamda gidroelektr stansiyalarni ta’mirlash ishlari loyihalarini moliyalashtirish yuzasidan fikrlar almashildi.

@minenergy_uz
4.8K views11:44
Ochish/sharhlash
2023-04-27 12:32:06
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimidagi nutqi

—————

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мизиёева на открытии второго Ташкентского международного инвестиционного форума

—————

Address by the President of the Republic of Uzbekistan H.E. Shavkat Mirziyoyev to the participants of the Second Tashkent International Investment Forum

@minenergy_uz
4.3K views09:32
Ochish/sharhlash
2023-04-27 10:52:55
Президент Марказий Осиёда яхши қўшничилик сиёсатини давом эттириб, иқтисодий ҳамкорликни янада ривожлантириш бўйича қўшни давлатлар билан фаол ишланаётганини таъкидлади.

Ушбу мақсадларда қўшма инвестиция фондлари ташкил қилиниб, саноат, энергетика, транспорт ва сув хўжалиги соҳаларида йирик минтақавий лойиҳалар амалга оширилмоқда.

Иқтисодиётларимизнинг “бир-бирини тўлдириши” тамойили асосида саноат ва агро кооперациялари қатъий давом эттирилиши таъкидланди.

Масалан, Қирғизистон билан ҳамкорлик натижасида сўнгги йилларда ўзаро товар айирбошлаш ҳажми 5 баробар ва қўшма корхоналар сони 8 баробар ошди. Хусусан, тўқимачилик, автомобилсозлик, геология, кимё саноати, қишлоқ ва сув хўжалиги, чорвачилик каби йўналишларда биргаликда катта-катта лойиҳалар бошланди. Буларнинг барчаси 2021 йилда ташкил этилган Ўзбекистон–Қирғизистон тараққиёт жамғармаси томонидан молиялаштирилмоқда.

“Қамбарота ГЭС-1” ва “Хитой – Қирғизистон – Ўзбекистон” темир йўлини қуриш лойиҳалари бўйича ҳам ишлар жадал давом этмоқда.

Facebook|Instagram|Twitter
4.0K views07:52
Ochish/sharhlash
2023-04-27 10:45:56
Давлатимиз раҳбари хорижий инвесторлар билан ҳамкорликни кенгайтириш борасидаги янги имкониятларни санаб ўтди.

Ўзбекистон “яшил иқтисодиёт”га ўтиш йўлини қатъий давом эттиради.

Айниқса, “ACWA Power”, “Masdar”, “Total Eren” каби жаҳоннинг энг нуфузли компаниялари мамлакатимизда йирик қуёш ва шамол электр станциялари лойиҳаларини амалга оширмоқда. Шу йилнинг ўзида 2 минг мегаваттдан зиёд, кейинги йилда эса 8 минг мегаваттли қувватлар ишга тушади.

“Яшил иқтисодиёт” саноатнинг янги йўналишларини ҳам олиб келмоқда. Қуёш панеллари, шамол турбиналари, инвертор ва бошқа электротехника маҳсулотларини ишлаб чиқарувчи корхоналар барпо этилмоқда. Бу – инвесторлар учун 8 миллиард долларлик имконият, дегани.

Давлатимиз раҳбари сармоядорларни шу каби лойиҳаларни амалга оширишга таклиф қилди ва бунинг учун барча шароитларни яратиб беришга тайёрлигини билдирди.

Facebook|Instagram|Twitter
3.9K views07:45
Ochish/sharhlash
2023-04-27 09:49:11
Xalqaro kongress markazida ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlanmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning forum yalpi majlisidagi nutqini “O‘zbekiston 24” telekanalida va quyidagi havolalar orqali jonli efirda tomosha qiling:

YouTube

Facebook

@minenergy_uz
4.1K views06:49
Ochish/sharhlash
2023-04-27 08:48:14
Вuxoro viloyatida 2 ta yirik shamol elektr stansiyasi qurilishi uchun “ACWA Power” kompaniyasi va OTB o‘rtasida 174 mln dollarlik zayom bitimlari imzolandi

—————

В Бухарской области для строительства 2-х крупных ветровых электростанций между компанией «ACWA Power» и АБР
подписаны заемные соглашения на сумму 174 млн долларов

@minenergy_uz
3.4K views05:48
Ochish/sharhlash
2023-04-21 05:01:57
Дорогие соотечественники! Со всей искренностью поздравляем вас со священным праздником Рамазан хайит!

Пусть в ваших семьях царят благополучие и понимание! Здоровья, счастья, успехов каждому из вас! Мира и согласия всем в нашей стране!

@minenergy_uz
1.9K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-04-21 05:01:31
Aziz vatandoshlar! Sizlarni muqaddas Ramazon hayiti bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Xonadoningizdan farovonlik va totuvlik, fayzu baraka arimasin! Barchangizga sog‘lik-salomatlik, baxt, muvaffaqiyat, tinchlik-omonlik tilaymiz!

@minenergy_uz
3.1K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-04-20 19:14:51
O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Qadrli vatandoshlar!
Dunyodagi jamiyki islom ummati qatori yurtimiz mo‘min-musulmonlari ham katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bilan siz, azizlarni, butun xalqimizni chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va samimiy tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman.

—————

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Дорогие соотечественники!
Искренне, от всей души поздравляю вас, весь наш народ со священным праздником Рамазан хайит, который мусульмане нашей страны, как и вся исламская умма, отмечают с большой радостью и волнением, и выражаю всем вам свое глубокое уважение и самые добрые пожелания.

@minenergy_uz
2.0K views16:14
Ochish/sharhlash
2023-04-20 16:20:14
Shirin shahrida zamonaviy arxitektura yechimlari asosida bunyod etilgan “Yoshlar markazi” foydalanishga topshirildi

Markaz Energetika vazirligi va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan bunyod etildi. “O‘zbekiston yoshlar forumi” doirasida uning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Energetika vazirligi va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ mas’ullari, Sirdaryo viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi vakillari ishtirok etdi.

Energetiklar shahri bo‘lgan Shirinda bunday markazning siz yoshlarga topshirayotganimiz bizni ham xursand qilyapti. Ishonchim komil, u doimo shijoatli va kelajakka ishonch bilan boqadigan yoshlarga to‘la bo‘ladi. Orzularingiz amalga oshishida hissamiz qo‘shilganidan xursandmiz, — deydi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi v.b. Bahodir Jurayev.

“Yoshlar markazi”. Zamonaviy arxitektura yechimi asosida bunyod etilgan, har tomonlama qulaylikga ega, shinam, eng asosiysi Shirin shahri yoshlari orzusidagi haqiqiy yoshlar maskanidir. Undan “Coworking”, “IT-park”, “Axborot resurs markazi”, “Madaniyat uyi”,  “Book cafe” va Yoshlar agentligi binosi o‘rin olgan.

Bu esa, yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini namoyon etishlari, bilim olishlari, erkin muloqot orqali o‘zaro tajriba almashishlari, o‘ylantirayotgan u yoki bu masalalar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazishlari uchun yaxshi imkoniyat degani.

Yashirmayman, shaharchamizda ana shunday “Yoshlar markazi” bo‘lishini ko‘pdan beri niyat qilar edik. Uning qurilishi boshlanganida, binoga qarab o‘zimizcha orzular qilganimiz ham rost.  Markazda ish boshlaydigan har bir yo‘nalish biz uchun bir imkoniyat. Undan unumli foydalanishga va bilimimizni yanada oshirishga harakat qilamiz, — deydi Shirin shahridagi 4-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Xolida Alijonova.

@minenergy_uz
3.1K views13:20
Ochish/sharhlash