Get Mystery Box with random crypto!

MINENERGY.UZ

Telegram kanalining logotibi minenergy_uz — MINENERGY.UZ M
Telegram kanalining logotibi minenergy_uz — MINENERGY.UZ
Kanal manzili: @minenergy_uz
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.26K
Kanalning ta’rifi

- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali
- Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: press@minenergy.uz

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 15

2023-04-01 18:07:59
“O‘zenergoinspeksiya”: Toshkent shahridagi 4 ta AGTKSH tomonidan 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Joriy yilning 13-29-mart kunlari “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tadbirkorlik subyektlariga qarashli 4 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSH) tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Mazkur noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 7,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Jumladan:

Yunusobod tumanida joylashgan AGTKSH tomonidan 2,372 mlrd so‘mlik;

Sergeli tumanida joylashgan AGTKSHda 1,728 mlrd so‘mlik;

Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan AGTKSHda 1,607 mlrd so‘mlik;

Uchtepa tumanida joylashgan AGTKSHda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 1,392 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ushbu noqonuniy holatlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda. Hududlarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

@minenergy_uz
3.6K viewsedited  15:07
Ochish/sharhlash
2023-04-01 08:15:45
Bugundan aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining har bir kilovatt·soatiga 1000 so‘mdan subsidiya beriladi

Bugun, 2023-yil 1-apreldan boshlab respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi ishga tushdi.

Dasturga asosan, jismoniy shaxslar tomonidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt•soatiga 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Aholi tomonidan sotilgan elektr energiyasi uchun mablag‘lar har oy “Soliq” mobil ilovasi orqali fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

@minenergy_uz
12.9K views05:15
Ochish/sharhlash
2023-04-01 07:29:04 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qo‘ng‘irot soda zavodi 100 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirdi.

Buning natijasida zavodda yiliga 176 ming kVt⋅soat elektr energiyasi tejalishiga erishiladi.

Ma’lumot uchun: Mazkur yirik zavod o‘z yo‘nalishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.

Bu haqda batafsil ushbu reportajda tanishishingiz mumkin.

@minenergy_uz
4.6K views04:29
Ochish/sharhlash
2023-03-31 18:01:51
LONGi kompaniyasi va KIUT universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi

LONGi kompaniyasi va KIUT universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash, shuningdek, “Yashil” energetika mavzusida taqdimotlar ishlab chiqish tanlovida g‘olib bo‘lgan 3 nafar talabaga sovrinlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

—————

Состоялась церемония подписания Меморандума о взаимопонимании между компанией LONGi и Университетом KIUT.

Прошла церемония подписания меморандума между компанией LONGi и университетом KIUT в Узбекистане, а также выдача грантов со стороны компании 3-м студентам победившие в конкурсе разработки презентации на тему «Зелёная» энергетика в Узбекистане.

@minenergy_uz
4.6K views15:01
Ochish/sharhlash
2023-03-31 17:05:50
#С_1_апреля_2023_года

Физические и юридические лица, установившие установки возобновляемых источников энергии суммарной мощностью до 100 кВт, освобождаются от уплаты следующих налогов сроком на 3 года с момента ввода их в эксплуатацию, а при установке систем хранения электроэнергии мощностью не менее 25 процентов от установленной мощности солнечных панелей – на 10 лет:

налог на имущество с этих устройств;

земельный налог на участки, занятые устройствами;

налог на прибыль, начисляемый на прибыль за электроэнергию, реализованную юридическими лицами для общей сети.

@minenergy_uz
3.8K views14:05
Ochish/sharhlash
2023-03-31 17:05:32
#2023_yil_1_apreldan

Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran 3 yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga quyidagilarni to‘lashdan ozod etiladi:

ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘ini;

qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini;

yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig‘ini.

@minenergy_uz
4.6K views14:05
Ochish/sharhlash
2023-03-31 07:14:31 Xabar berganimizdek, Buxoro viloyatida qurilayotgan shamol elektr stansiyalari uchun Xitoydan turbinalar olib kelinmoqda.

Bu haqda batafsil ushbu reportajda tanishishingiz mumkin.

—————

Как сообщали
, для строящейся в Бухарской области ветровой электростанции из Китая доставляются ветрогенераторы.

Подробнее об этом можно узнать в этом репортаже.

@minenergy_uz
1.4K views04:14
Ochish/sharhlash
2023-03-30 16:13:39
Muborak issiqlik elektr markazida quvvati 1,2 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda

Muborak issiqlik elektr markazida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida quvvati 1,2 MVtga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda.

Ayni kunlarda quyosh panellarini o‘rnatish va montaj qilish ishlari boshlab yuborildi.

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 2 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Buning natijasida yiliga 500 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

—————

На Мубаракском ТЭЦ строится солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1,2 МВт


Солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1,2 МВт строится на Мубарекская ТЭЦ в целях использования для собственных нужд.

На днях началась установка солнечных панелей.

После введения в эксплуатацию, станция будет производить 2 млн кВт⋅часов электроэнергии в год.

В результате будет сэкономлено 500 тыс. кубометров природного газа в год.

@minenergy_uz
3.6K views13:13
Ochish/sharhlash
2023-03-30 13:38:51 АБР: Мы поддерживаем усилия Узбекистана по внедрению возобновляемых источников энергии и умных энергосберегающих технологий

Энрико Пинали, директор представительства Азиатского банка развития в Узбекистане, дал интервью об инвестиционных проектах в энергетическом секторе Узбекистана, их важности и перспективах:

«Мы поддерживаем усилия Узбекистана, направленные на эффективное использование энергоресурсов, внедрение возобновляемых источников энергии и умных энергосберегающих технологий.

Мы разрабатываем проекты по производству низкоуглеродного энергетического оборудования в сотрудничестве с государством и энергетическими компаниями.

Одним из наших проектов в частном секторе является первая Заравшанская ветряная электростанция мощностью 500 МВт в Навоийской области. Также Азиатский банк развития оказал практическую помощь в проведении тендера на Шерабадскую солнечную фотоэлектрическую электростанцию в Сурхандарьинской области.

Мы поддерживаем политику правительства, направленную на децентрализацию энергетического сектора и обеспечение участия частного сектора на местном рынке.

В настоящее время Азиатский банк развития разрабатывает стратегию сотрудничества на ближайшие четыре года.

Вместе с Правительством, нашими партнерами и частным сектором мы продолжим наши проекты по созданию конкурентной рыночной среды в обеспечении жителей Узбекистана чистой и доступной электроэнергией», — сказал Энрико Пинали.

@minenergy_uz
2.7K views10:38
Ochish/sharhlash
2023-03-30 13:37:39 OTB: Biz O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi aqlli texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz

Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Enriko Pinali O‘zbekistonda energetika tarmog‘ida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalar, ularning ahamiyati va istiqbollari haqida intervyu berdi:

“Biz O‘zbekistonning energiya resurslaridan samarali foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi aqlli texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Hukumat va energetika kompaniyalari bilan hamkorlikda kam uglerodli energiya uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarini shakllantirayapmiz.

Bizning xususiy sektordagi operatsiyalarimizdan biri — Navoiy viloyatidagi birinchi 500 MVt quvvatli Zarafshon shamol elektr stansiyasi. Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki Surxondaryo viloyatidagi Sherobod quyosh fotoelektr stansiyasi tenderini o‘tkazishda ham amaliy yordam ko‘rsatdi.

Biz energetika sektorini alohida yo‘nalishlarga ajratish va mahalliy bozorda xususiy sektor ishtirokini ta’minlashga qaratilgan Hukumat siyosatini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Hozirda Osiyo taraqqiyot banki kelgusi to‘rt yilga mo‘ljallangan hamkorlik strategiyasini ishlab chiqmoqda.

Biz Hukumat, hamkorlarimiz va xususiy sektor bilan birgalikda O‘zbekiston aholisiga toza va arzon elektr energiyasini ta’minlashda raqobatbardosh bozor muhitini yaratish bo‘yicha loyihalarimizni davom ettiramiz“, — dedi Enriko Pinali.

@minenergy_uz
2.8K views10:37
Ochish/sharhlash