Get Mystery Box with random crypto!

“O‘zbekistonni birinchi xalqaro hamkor sifatida tanladik” — MA | MINENERGY.UZ

“O‘zbekistonni birinchi xalqaro hamkor sifatida tanladik” — MACLEC kompaniyasining innovatsiya loyihalari bo‘yicha direktori Balram Bhardvaj

“MACLEC” kompaniyasining (Hindiston) innovatsiya loyihalari bo‘yicha direktori Balram Bhardvaj O‘zbekistonda gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, hamkorlikda suv yuzasida suzib turuvchi innovatsion gidroagregatlarni ishlab chiqarish borasidagi ishlar haqida intervyu berdi.

“Shu kungacha bizning kompaniyamizga ko‘plab davlatlardan hamkorlik takliflari kelib tushgan. Biz esa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan islohotlari, ilgari surayotgan tashabbuslari va investorlar uchun yaratayotgan sharoitlarini o‘rganib, tahlil qilib, O‘zbekistonni birinchi xalqaro hamkor sifatida tanladik.

Shuni ishonch bilan ayta olamanki, O‘zbekistonda gidroenergetika sohasida juda katta potensial bor – ya’ni 4000 MVt. “O‘zbekgidroenergiya” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari bilan joylarga chiqib, bu boradagi imkoniyatlarni ko‘zdan kechiryapmiz. Mamlakatingizda gidroturbinalar ishlab chiqarish 2025-yilgacha to‘liq, ya’ni 100 foiz mahalliylashtiriladi.

Shu kunlarda Andijon viloyatining Xonobod shahridagi “Shahrixonsoy” kanalida har birining quvvati 400 kVt bo‘lgan 2 ta agregat, G‘azalkent shahridan o‘tayotgan “Yuqori Derevatsiya” kanalida har birining quvvati 300 kVt bo‘lgan 2 ta agregatlarni o‘rnatib, sinov tariqasida ishlatib kelyapmiz.

Alohida aytishim kerak, ayni paytda AQSh, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi loyihalarni to‘xtatgan holda, ustuvor yo‘nalish sifatida O‘zbekistondagi loyihalarni amalga oshirishga kirishdik va bu yerda ishlab chiqarishni boshlab yubordik”, dedi Balram Bhardvaj.

@minenergy_uz