Get Mystery Box with random crypto!

MINENERGY.UZ

Telegram kanalining logotibi minenergy_uz — MINENERGY.UZ M
Telegram kanalining logotibi minenergy_uz — MINENERGY.UZ
Kanal manzili: @minenergy_uz
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.26K
Kanalning ta’rifi

- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali
- Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: press@minenergy.uz

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 14

2023-04-03 15:16:37 “O‘zbekistonning yashil energetika tarmog‘ida salohiyati juda katta” – Xitoyning “CNEEC” kompaniyasi prezidenti o‘rinbosari Li Chjigan

Xitoyning “CNEEC” kompaniyasi prezidenti o‘rinbosari Li Chjigan O‘zbekistonning yashil energetika salohiyati, bu borada mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlar, ularning istiqbollari hamda ushbu yo‘nalishda Xitoy kompaniyasining ishtiroki haqida intervyu berdi.

“O‘zbekiston Prezidenining sohadagi islohotlari juda to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. Energiyani tejash, atrof-muhitni muhofaza qilish uchun bu dolzarb. O‘ylaymizki, O‘zbekistonning yashil energetika tarmog‘ida salohiyati juda katta.

Biz energetika sohasida loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va boshqarish bo‘yicha boy tajribaga ega bo‘lgan pudratchi kompaniyamiz. Xitoylik investorlarning O‘zbekistonga investitsiya kiritishining muhim uchta sababini aytmoqchiman:

Eng muhim jihati shundaki, Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi O‘zbekistonning energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi strategiyasiga juda mos keladi. Ikkinchidan, O‘zbekistonda fotoelektr va shamol energetikasi kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun ajoyib sharoitlar mavjud bo‘lib, bu qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarini rivojlantirish uchun juda qulaydir. Uchinchidan, “CNEEC” (China National Electric Engineering Company) qayta tiklanuvchi energetika sohasida boy tajriba va ko‘rsatkichlarga ega va biz hamkorlarimiz bilan O‘zbekistonda yashil energetika sohasiga sarmoya kiritishga tayyormiz.

Shamol energetikasi loyihasiga sarmoya kiritishimiz uchun ixtiyoriy hudud sifatida Jizzax tanlandi. Dastlab Jizzaxdagi shamol energetikasi loyihasining ko‘lamini o‘rganib chiqamiz.

Kelajakda biz yashil energiya ishlab chiqarish yechimlarini taqdim etish uchun quyosh energiyasini ishlab chiqarish va energiya saqlash loyihalarini amalga oshirish rejamiz bor.

Biz O‘zbekistonning yangi energiya bozori va rivojlanish salohiyatini o‘rganish uchun O‘zbekistonga ko‘proq professional va texnik xodimlarni jalb qilamiz hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarini rivojlantirish yo‘l xaritasini ishlab chiqamiz. Bu Xitoy va O‘zbekistonning hamkorligini yanada mustahkamlaydi va O‘zbekiston uchun yashil, ekologik toza, barqaror va ishonchli energiya tizimini barpo etish uchun zamin yaratadi” – dedi Li Chjigan.

@minenergy_uz
2.9K views12:16
Ochish/sharhlash
2023-04-03 13:48:25
Toshkent tumani iste’molchilarining elektr ta’minoti to‘liq tiklandi

Toshkent tumanining “Ko‘kterak”, “Hasanboy”, “Guliston”, “Ko‘ksaroy” va “Qizg‘aldoq” mahallalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “L-Bog‘zor” elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi.

Tuman iste’molchilarining elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklandi.

@minenergy_uz
1.2K views10:48
Ochish/sharhlash
2023-04-03 09:53:03
Toshkent tumanining “Ko‘kterak”, “Hasanboy”, “Guliston”, “Ko‘ksaroy” va “Qizg‘aldoq” hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoqda yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda

Avval xabar berganimizdek, Toshkent tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Sag‘bon” podstansiyasidagi nosozlik kecha, soat 20:25da to‘liq bartaraf etilgan.

Shuningdek, Toshkent tumanining “Ko‘kterak”, “Hasanboy”, “Guliston”, “Ko‘ksaroy” va “Qizg‘aldoq” mahallalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “L-Bog‘zor” elektr uzatish tarmog‘i shikastlangani sababli ushbu hududlarning elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda maxsus brigada tomonidan mazkur nosozlik bartaraf etilmoqda.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

@minenergy_uz
5.1K viewsedited  06:53
Ochish/sharhlash
2023-04-03 07:41:07 Xabar berganimizdek, Jizzax viloyatida quvvati 1000 MVtgacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi.

Bu haqda batafsil ushbu reportajda tanishishingiz mumkin.

—————

Как сообщали
, подписан меморандум о взаимопонимании по изучению возможностей строительства ветроэлектростанций мощностью до 1000 МВт в Джизакской области.

Подробнее об этом можно узнать в этом репортаже.

@minenergy_uz
2.8K views04:41
Ochish/sharhlash
2023-04-02 21:56:33
Toshkent tumanining “Ko‘kterak”, “Hasanboy” va “Guliston” mahallalari hududida elektr ta’minotida uzilish yuzaga kelgan

Toshkent tumanining Ko‘ksaroy hududida “L-Bog‘zor” elektr uzatish tarmog‘i shikastlangan.

Ayni vaqtda maxsus brigada tomonidan mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va hududning elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklanadi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.    
                                    
@minenergy_uz
866 views18:56
Ochish/sharhlash
2023-04-02 21:17:34 Olmazor, Sergeli va Toshkent tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Tarmoqda yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda Kuchli shamol va yomg‘ir ayrim yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi…
1.8K views18:17
Ochish/sharhlash
2023-04-02 18:28:35 Olmazor, Sergeli va Toshkent tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Tarmoqda yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda Kuchli shamol va yomg‘ir ayrim yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi…
3.7K views15:28
Ochish/sharhlash
2023-04-02 15:11:29 Olmazor, Sergeli va Toshkent tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Tarmoqda yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda

Kuchli shamol va yomg‘ir ayrim yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi natijasida elektr tarmoqlariga katta miqdorda talofat yetkazmaslik, yirik miqdordagi avariyalarni oldini olish uchun nosozlikka qarshi himoya tizimi ishlashi natijasida Olmazor, Sergeli va Toshkent tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Xususan:

Olmazor tumanining “Ahil”, “Paxta”, “Yangi Toshkent”, “Beruniy”, “Shodiyona”, “Istiqbol”, “Oltinsoy”, “Bo‘stanobod”, “Tepa Guzar”, “Gʻalaba”, “Tabassum”, “Islom ota” hamda “Chuqursoy” mahallalari, Toshkent tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Sag‘bon” podstansiyasidagi yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida nosozlik sodir bo‘ldi.

Shuningdek, Sergeli tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoqda nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida ushbu hududlarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda elektr ta’minoti korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan mazkur nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur nosozliklar qisqa vaqt ichida bartaraf etilib, hududlarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

@minenergy_uz
10.6K viewsedited  12:11
Ochish/sharhlash
2023-04-02 14:06:47
“O‘zenergoinspeksiya”: Gaz taqsimlash stansiyasidagi hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilishi natijasida davlat manfaatlariga 14,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali foydalanish va ularni talon-toroj qilinishini oldini olish bo‘yicha tizimli ravishda profilaktik va nazorat tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

Shunga qaramay, ayrim iste’molchilar tomonidan ushbu resurslarni talon-toroj qilish holatlari hamon uchramoqda.

Misol uchun, 2023-yil mart oyi Navoiy viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Qiziltepa tumani, “Malikobod” MFY hududida joylashgan Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli “Xo‘ja-Hasan” gaz taqsimlash stansiyasi sanoat kollektoriga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 14,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, ushbu sanoat kollektori orqali tadbirkorlik subyektlariga qarashli 3 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi va 3 ta issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz yetkazib beriladi.

Ushbu holat yuzasidan hozirgi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

@minenergy_uz
3.1K views11:06
Ochish/sharhlash
2023-04-01 18:48:50
Farg‘ona viloyatida mart oyi davomida ulgurji iste’molchilar tomonidan 18 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Joriy yil mart oyi davomida “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 6 ta ulgurji iste’molchi tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilayotgani aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 18,352 mlrd so‘mni tashkil etgan. Jumladan:

Farg‘ona shahrida joylashgan xususiy korxonaga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida hech qanday hujjatlarsiz 18,314 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Hozirda qoidabuzarlarga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qonuniy baho berilmoqda.

@minenergy_uz
2.1K views15:48
Ochish/sharhlash