Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Telegram kanalining logotibi minecofinuz — Iqtisodiyot va moliya vazirligi I
Telegram kanalining logotibi minecofinuz — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Kanal manzili: @minecofinuz
Toifalar: Musiqa
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.47K
Kanalning ta’rifi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Telegramdagi rasmiy kanali
🔹facebook.com/mineconomfin
🔹twitter.com/minecofinuz
🔹linkedin.com/company/minecofinuz/
Admin: @EconomMoliyaPress

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-04-13 13:23:15
Endi chet elda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ham iste’mol krediti beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Moliyaviy iste’mol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi (O‘RQ–828, 10.04.2023-y.) Qonunni imzoladi.

Qayd etish joizki, bugun aholining moliyaviy iste’mol kreditlari olishi uchun talab ortib bormoqda. Biroq 2006-yilda qabul qilingan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasida O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar (xizmatlar)ga moliyaviy iste’mol krediti ajratilishi cheklangan edi. Ya’ni iste’mol krediti faqat mamlakatimizda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari (xizmatlarni) olish uchun berilardi.

Qonunchilikdagi yangilikka ko‘ra, endi mamlakatimizdan tashqarida ishlab chiqarilgan tovarlar (xizmatlar) uchun ham moliyaviy iste’mol kreditlari berish imkoniyatini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritildi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1.8K views10:23
Ochish/sharhlash
2023-04-12 17:25:29
Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida tashkil etilgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi muhokama etildi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Adiz Boboyev Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassisi Robert Vrobel boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
_________

Обсужден проект “Развитие сельской инфраструктуры” при Министерстве экономики и финансов, созданный при участии Международной ассоциации развития Всемирного банка и Азиатского банка инфраструктурных инвестиций

Заместитель министра экономики и финансов Республики Узбекистан Адиз Бобоев провел встречу с представителями делегации Всемирного банка во главе со старшим специалистом по социальному развитию Робертом Вробелем.

ENG

#xalqaro_hamkorlik
#rural_infrastructure_development
#World_Bank

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.6K viewsedited  14:25
Ochish/sharhlash
2023-04-12 16:59:37
Endi suv yetkazib beruvchilar va iste'molchilar “Suv hisobi” AT orqali ishlaydilar

“Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” (01.04.2023 y. PQ-107-son) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi belgilanadi:

tijorat banklari kreditlarining garov ta'minoti 50 foizgacha, biroq 2,5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafilligi asosida ta'minlanadi;

tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Jamg‘arma hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2.8K views13:59
Ochish/sharhlash
2023-04-11 17:20:42
Andijon viloyati tadbirkorlari bilan ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta'minlash yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy sohada muhim o‘rin egallagan isitish tizimlarini modernizasiya qilishga oid “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizasiya qilish to‘g‘risida” gi PQ-118-son qarori tasdiqlandi.

Batafsil
______________
Состоялась встреча с предпринимателями Андижанской области по обеспечению стабильной работы систем отопления на объектах социальной сферы

10 апреля 2023 года Президентом Республики Узбекистан было утверждено постановление № ПП-118 “О модернизации систем отопления объектов социальной сферы на основе государственно-частного партнерства”, касающееся модернизации систем отопления, занимающих важное место в социальной сфере.

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.0K viewsedited  14:20
Ochish/sharhlash
2023-04-10 15:28:16
PREZIDENT TOPSHIRIG'I: "Tashabbusli budjet" jarayonlarining 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratiladi.

Bunda, qo‘shimcha 1 182 ta mahalla bo‘yicha 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

Shuningdek, taʼlim, sog‘liqni saqlash, sport muassasalarini taʼmirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan loyihalar tahlili o‘tkazilib, 2024-yil uchun budjet so‘rovida ularni ta’mirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini ro'yxatga kiritish ko'zda tutiladi.

Natijada, respublikamizdagi 164 ta maktab, 30 ta bog‘cha va 32 ta tibbiyot muassasalarida ta’mirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
85.3K views12:28
Ochish/sharhlash
2023-04-10 13:10:52
"Tashabbusli budjet" 1-mavsum: sarhisob

Jamoatchilik fikri asosida, ovoz berish jarayoni natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur loyihada jami 33 680 ta tashabbus uchun 16 mln.dan ortiq ovoz berildi. Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 1 666 ta loyiha g‘olib deb topildi.

Ushbu mavsumda ichki yo‘llarni (piyodalar yo‘lakchasi, yo‘l o‘tkazgichlar) taʼmirlash bilan bog‘liq tadbirlar loyihasida Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani “Darxon” MFY Bo‘tasoy qishlog‘i hududidagi 2.5 km yo‘lni asfalt qilish tashabbusi 25 728 ta ovoz to‘plab eng yuqori natijani qayd etgan.

Batafsil

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
5.6K viewsedited  10:10
Ochish/sharhlash
2023-04-07 11:36:08
“Tashabbusli budjet”ning g‘olib loyihalari e’lon qilindi

Hurmatli fuqarolar!

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yil 1-mavsumi yakunlandi. 2023-yil 18-mart soat 10:00 dan 7-aprel soat 10:00 ga qadar davom etgan jarayonda mamlakatimiz bo‘ylab “OpenBudjet” portali orqali 33 680 ta tashabbus uchun 16 mln.dan ortiq ovoz berildi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko'ra, 1666 ta loyiha g'olib deb topildi!

Mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan holda, “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsum jarayonlarida faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

G'olib bo'lgan loyihalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
9.9K views08:36
Ochish/sharhlash
2023-04-06 14:49:43
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son Qaroriga muvofiq 2020-2025-yillar davomida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS (buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida «MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot», «Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)» kurslari va boshqalar) bo‘yicha:

o‘qitish;
malakasini oshirish;
interfaol usullarni qo‘llagan holda o‘qitish;
buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish;
imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risida Vaqtinchalik nizom”ga muvofiq:

buxgalteriya hisobi va audit sohasida ta’lim oluvchi yoki ishlovchi talabalar;
o‘qituvchilar;
davlat xizmatchilariga buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro sertifikat olish uchun ta’lim olish va imtihon xarajatlarini qoplash tartibi joriy qilingan.

#buxgalteriya_hisobi #MXHS #savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1.1K views11:49
Ochish/sharhlash
2023-04-06 13:54:57
Aholi va quruvchilar uchun yangi yengillik va imkoniyatlar yaratiladi, ipoteka kreditlarini moliyalashtirish mablag‘lari oshiriladi

Bu haqda kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida uy-joy qurilishi va 2023-yil uchun ipoteka dasturini amalga oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

Unda Davlatimiz rahbari qurilish hajmlarini oʻz vaqtida taʼminlash har bir viloyat iqtisodiy koʻrsatkichlarining oʻsishiga katta turtki berishini taʼkidladi.

Endilikda aholi va quruvchilar uchun yangi yengillik va imkoniyatlar yaratilib, ipoteka krediti va subsidiya bilan koʻproq aholi qamrab olinadi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1.6K views10:54
Ochish/sharhlash
2023-04-05 10:20:46
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish qanday tartibda amalga oshiriladi?

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrdagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘RQ-728-son Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 71-son qaroriga muvofiq:

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatiladi.

Yer uchastkalarini berish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya ariza olingan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida uni ko‘rib chiqadi va Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir maʼmuriy reglamentga muvofiq o‘z ijobiy yoki salbiy xulosasini tuzadi.

Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bazaviy soliq stavkasining Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 10 baravari, boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida haq to‘lanadi.

#xususiylashtirish #yerlar #savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2.1K views07:20
Ochish/sharhlash