Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Telegram kanalining logotibi minecofinuz — Iqtisodiyot va moliya vazirligi I
Telegram kanalining logotibi minecofinuz — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Kanal manzili: @minecofinuz
Toifalar: Musiqa
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.47K
Kanalning ta’rifi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Telegramdagi rasmiy kanali
🔹facebook.com/mineconomfin
🔹twitter.com/minecofinuz
🔹linkedin.com/company/minecofinuz/
Admin: @EconomMoliyaPress

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-04-28 17:42:53
“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yil 1-mavsumida faol ishtirok etgan hokim yordamchilari va fuqarolarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
______

Состоялась церемония награждения граждан и помощников хокимов принимавших активное участие в первом сезоне проекта “Инициативный бюджет” 2023 года

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
7.4K views14:42
Ochish/sharhlash
2023-04-28 09:40:10
Xalqaro Moliya Korporatsiyasi vakillari bilan davlat-xususiy sheriklik loyihalari yuzasidan fikr almashildi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Raximova Xalqaro Moliya Korporatsiyasining (XMK) DXSh loyihalarida Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Turkiya, Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maslahat xizmatlari bo‘limining mintaqaviy rahbari Munir Feruzi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
___________

С представителями Международной Финансовой Корпорации состоялся обмен мнениями по проектам государственно-частного партнерства

Заместитель министра экономики и финансов Республики Узбекистан Гульнара Рахимова провела встречу с региональным руководителем отдела консультационных услуг по проектам ГЧП Международной Финансовой Корпорации (МФК) по Ближнему Востоку, Центральной Азии, Турции, Афганистану и Пакистану Муниром Ферузи.

ENG

#xalqaro_hamkorlik #IMV #IFC

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
5.2K views06:40
Ochish/sharhlash
2023-04-27 19:44:18
“Mening yo‘lim” loyihasining taklif kiritish bosqichi yakunlandi


Bugun, 27-aprel kuni soat 18-00da “Ochiq budjet” axborot portalida e’lon qilingan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga taklif kiritish jarayoni yakunlandi.

Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50% qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan loyihaning ushbu mavsumi uchun respublika bo‘yicha 10 317 ta tashabbusli taklif ro‘yxatga olindi.

Kiritilgan takliflarga ovoz berish jarayoni bugundan boshlanib, 7-may kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumini moliyalashtirish uchun budjetdan 312 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
35.0K viewsedited  16:44
Ochish/sharhlash
2023-04-21 07:48:17
#Ramazon_tabrigi

Qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni insonparvarlik, bag‘rikenglik va mehr-oqibat ifodasi bo‘lmish muqaddas ayyom – Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Inson qadrini yuksaltirishdek ezgu g‘oya mujassamlashgan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi fidokorona faoliyatingizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin.

Ehtirom ila,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2.2K viewsedited  04:48
Ochish/sharhlash
2023-04-20 18:10:30
KfW Germaniya taraqqiyot banki vakillari bilan istiqbolli loyihalar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 20-aprel kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhom Norqulov Germaniya taraqqiyot bankining (KfW) Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Veronika Garsiya Del Arko xonim boshchiligidagi KfW vakillari bilan uchrashdi

️Batafsil
__

Состоялось обсуждение вопросов сотрудничества по перспективным проектам с представителями Германского Банка Развития KfW

20 апреля текущего года заместитель министра экономики и финансов Илхом Норкулов встретился с представителями Германского Банка Развития (KfW) во главе с Директором KFW по Восточной Европе, Кавказу и Центральной Азии г-жой Вероникой Гарсия Дель Арко.

Подробнее

#KfW #xalqaro_hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2.0K viewsedited  15:10
Ochish/sharhlash
2023-04-18 17:07:34
O‘zbekistonning BEPS xalqaro inklyuziv dasturiga qo‘shilish masalalari muhokama qilindi

Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Soliq siyosati va ma’muriyatchiligi markazining Xalqaro aloqalar va rivojlanish bo‘yicha rahbari Ben Dikinsonni qabul qildi.

Batafsil

Обсуждены вопросы присоединения Узбекистана к международной инклюзивной программе BEPS

Министр экономики и финансов Шерзод Кудбиев принял руководителя отдела глобальных отношений и развития Центра налоговой политики Организации экономического сотрудничества и развития Бена Дикинсона.

Подробнее

#xalqaro_hamkorlik #IMV #IHTT

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2.9K viewsedited  14:07
Ochish/sharhlash
2023-04-18 07:48:59
Koreya Respublikasi Milliy tadqiqotlar kengashi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Koreya Respublikasi Milliy tadqiqotlar kengashi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
_____________

Подписан меморандум о взаимопонимании с Национальным исследовательским советом Республики Корея

Министерство экономики и финансов Республики Узбекистан и Национальный исследовательский совет Республики Корея подписали меморандум о взаимопонимании по дальнейшему укреплению двустороннего сотрудничества.

ENG

#IMV #xalqaro_hamkorlik
#bilateral_cooperation

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.2K views04:48
Ochish/sharhlash
2023-04-17 08:48:55
"Mening yo‘lim" loyihasiga taklif kiritishga oid video qo‘llanma

Buning uchun Siz "Ochiq budjet" axborot portalida ro‘yxatdan o‘tib, "Mening yo‘lim" loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun takliflaringizni kiritishingiz mumkin.

Loyihada faol qatnashib, tumaningiz (shahringiz), mahallangiz yo‘llarining ravon bo'lishiga hissa qo'shing!

Eslatib o'tamiz, "Mening yo'lim" loyihasi doirasida takliflar kiritish jarayoni 2023-yilning 27-apreliga qadar davom etadi.

#ochiq_budjet #mening_yolim 

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
41.5K viewsedited  05:48
Ochish/sharhlash
2023-04-17 08:40:47


“Ochiq budjet” axborot portalida “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga 17-apreldan start berildi

Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50% qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun 312 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratilishi belgilangan.

Loyiha doirasida taklif kiritish jarayoni joriy yilning 27-aprel sanasiga qadar davom etadi. Kiritilgan takliflar uchun ovoz berish jaroyonlari 28-apreldan 7-may kuniga qadar o‘tkaziladi.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #mening_yolim

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
50.9K viewsedited  05:40
Ochish/sharhlash
2023-04-15 21:45:57
Ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik ta’minoti tizimi davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilinadi

Respublika ishchi guruhi tomonidan Namanganda kuz-qish mavsumida ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazildi. Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari D. Sultanov, viloyat hokimi o‘rinbosari S. Sultanov, ijtimoiy soha rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi (PQ-118, 10.04.2023-y.)qarorida belgilangan topshiriqqa binoan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Respublika ishchi guruhi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha mas’ul idora hisoblanadi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1.7K views18:45
Ochish/sharhlash