Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Telegram kanalining logotibi minecofinuz — Iqtisodiyot va moliya vazirligi I
Telegram kanalining logotibi minecofinuz — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Kanal manzili: @minecofinuz
Toifalar: Musiqa
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.47K
Kanalning ta’rifi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Telegramdagi rasmiy kanali
🔹facebook.com/mineconomfin
🔹twitter.com/minecofinuz
🔹linkedin.com/company/minecofinuz/
Admin: @EconomMoliyaPress

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-05-27 18:55:45
Jahon banki vakillari bilan uchrashuv: hamkorlikdagi loyihalar yangi bosqichga ko‘tarildi

Joriy yilning 26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Jahon bankining O’zbekistondagi vakili Marko Mantovanelli bilan uchrashdi.

Batafsil
_______

Встреча с представителями Всемирного банка: совместные проекты вышли на новый уровень

26 мая текущего года министр экономики и финансов Республики Узбекистан Шерзод Кудбиев встретился с главой представительства Всемирного банка в Узбекистане Марко Мантованелли.

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.7K viewsedited  15:55
Ochish/sharhlash
2023-05-25 08:04:47
Aziz bitiruvchilar, qadrli yoshlar!

Sizlarga aytadiganim – hayotda har doim eng yuksak cho‘qqilarni zabt etishni maqsad qiling, olg‘a intiling, dadil qadam tashlang.

Bunda mehnatkash va mas’uliyatli bo‘ling! Qaysi sohani tanlasangiz ham yutuqlar, omad va yuqori natijalarning oltin qoidasi aynan shu ikkita omildir - mashaqqatli mehnat va yuksak mas’uliyat!

Albatta biznesmi, davlat xizmatimi yoki ijodmi, barcha harakatlarimiz zamirida – Vatanimiz va xalqimizni yaxshi ko‘rish  bo‘lishi kerak! Ana o‘shanda yuksak marralar sizniki bo‘ladi.

Boshlanayotgan mustaqil hayotingizda ulkan zafarlar tilayman. Maqsadingiz aniq, yo‘lingiz ravon, manzilingiz muvaffaqiyatli bo‘lsin!
Omad sizlarga hamisha yor bo‘lsin!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
5.9K viewsedited  05:04
Ochish/sharhlash
2023-05-24 19:26:20
Jahon banki vakillari bilan istiqbolli loyihalar bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 22-may kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhom Norqulov Niyu Chiyu guruhi rahbari boshchiligidagi Jahon banki vakillari bilan uchrashdi.

Batafsil
___________

Состоялось обсуждение вопросов сотрудничества по перспективным проектам с представителями Всемирного банка

22 мая текущего года заместитель министра экономики и финансов Илхом Норкулов встретился с представителями Всемирного банка во главе с руководителем группы Нию Чию.

Подробнее

#сотрудничество #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.6K views16:26
Ochish/sharhlash
2023-05-12 15:48:49
Hurmatli fuqarolar!

Jamoatchilik fikri asosida "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish jarayoni bilan tanishing.

Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga respublika bo‘yicha jami ajratilgan tegishli mablag‘lar hududlarga mavjud mahallalar va aholi sonidan kelib chiqib taqsimlanadi;

Har bir mahalla fuqarolar yig‘ini raislari umumiy qiymati 8 mlrd so‘mdan oshmagan takliflardan iborat loyihalar paketini shakllantiradi hamda “Ochiq budjet” axborot portaliga kiritadi;

Shakllantirilgan loyihalarni tuman (shahar) hokimliklari qoshida tashkil etilgan maxsus komissiya o‘rganib chiqib, saralagan holda ovoz berish jarayoniga o‘tkazadi;

Fuqarolar “Ochiq budjet” portaliga kirgan holda shaxsiy kabinetlari orqali ovoz berishda loyiha bilan bir vaqtda tadbirlar uchun ham ovoz beradi.

#obod_qishloq #obod_mahalla

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
35.8K views12:48
Ochish/sharhlash
2023-05-11 16:21:58
Aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil” kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimi joriy qilinadi

Bu haqda bugun davlat rahbari raisligida hududlarda energiya ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holati yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Mamlakatimizda aholi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kilovatti uchun 1 ming so‘mdan to‘lanishi e’lon qilingan. Ular “Quyoshli xonadon” tizimiga ulanib, tegishli to‘lovlarni olishlari mumkin.

Prezident ushbu dastur qamrovini oshirish va yanada keng joriy qilish bo‘yicha yangi vazifalarni belgilab berdi. Jumladan:

– Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan savdo va servis korxonalariga quyosh panellari uchun kredit to‘lovlarining 4 foizi qoplab beriladi;

– xalqaro moliya tashkilotlaridan 100 million dollar jalb qilinib, so‘mda, maqbul shartlarda aholi va kichik tadbirkorlar uchun “yashil” kredit mahsulotlari yaratiladi. Aholiga ajratilgan kredit foizlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga
aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil” kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.

Shuningdek, “yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy qilinadi. 1-iyuldan boshlab gidroelektr stansiyalariga “yashil” sertifikat beriladi.

Ushbu tizim 1-oktabrdan boshlab barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun joriy qilinadi.

#yashil_iqtisodiyot

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.7K viewsedited  13:21
Ochish/sharhlash
2023-05-11 10:30:46
#savol_javob
O‘zbekistonda quyosh panellarini o‘rnatgan aholi qanday rag‘batlantiriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi "2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-57-son qaroriga muvofiq

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
5.0K views07:30
Ochish/sharhlash
2023-05-10 13:15:35
O‘zbekiston yana “Partnership Awards” xalqaro mukofoti sovrindori bo‘ldi

Joriy yilning 5-may sanasida London shahrida Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) sohasidagi eng nufuzli “Partnership Awards 2023” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosim O‘zbekiston uchun yana bir bor alohida ahamiyatga ega bo‘ldi, marosimda Namangan shahridagi oqova suv tozalash inshootlarini qurish loyihasi “Kommunal sektorning eng yaxshi loyihasi” nominatsiyasida g‘olib deb e’lon qilindi.

Batafsil
_______________

Узбекистан вновь стал обладателем международной премии Partnership Awards

5 мая текущего года в Лондоне , состоялась самая престижная церемония награждения «Partnership Awards 2023» в области государственно-частного партнерства (ГЧП). Эта церемония в очередной раз имела особое значение для Узбекистана, на церемонии победителем в номинации «Лучший проект коммунального хозяйства» был объявлен проект строительства очистных сооружений в городе Наманган.

Подробнее

Eng

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.4K viewsedited  10:15
Ochish/sharhlash
2023-05-09 11:34:59
#inson_aziz #xotira_muqaddas

Bugun vazirlik jamoasi 9 may—Xotira va qadrlash kuni  munosabati bilan poytaxtimizdagi "Matonat madhiyasi" yodgorlik majmuasi, "Motamsaro ona" haykali hamda "Birodarlik qabristoni" yodgorlik majmualarida bo‘lib o‘tgan gulchambar qo‘yish marosimida ishtirok etib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan qurbonlar xotirasiga yuksak hurmat bajo keltirishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.3K views08:34
Ochish/sharhlash
2023-05-09 08:12:33
Muhtaram faxriylar, hurmatli yurtimiz mehmonlari, hamkasblarim, Siz, azizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni “9-may – Xotira va qadrlash kuni” bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga beqiyos hissa qo‘shgan, qolaversa, mustaqil O‘zbekistonimiz tinchligi yo‘lida jon bergan mangu jasorat sohiblari va xizmat vazifalarini bajarish jarayonida jasorat ko‘rsatgan hamkasblarimning pok ruhlari oldida ta’zim qilaman.

Sizlarning xotirangiz, matonat madhiyasi o‘laroq toabad qalblarda qoladi.

Hozirgi tinch-omon kunlar uchun shafqatsiz urushlarda, mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat ko‘rsatgan barcha faxriylarimizga ham yuksak hurmat va ehtiromimni izhor etaman.

Bugungi ozod va erkin hayotimiz, farzandlarimizning baxti va kamoli uchun Sizlarning va marhum safdoshlaringiz oldida barchamiz qarzdormiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman!

Ehtirom ila,
Sherzod Kudbiyev

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.3K viewsedited  05:12
Ochish/sharhlash
2023-05-08 19:00:07
#rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

2023-yil 7 may kuni “Tashabbusli budjet” doirasida “Mening yo‘lim” loyihasi yakunlari sarhisob qilindi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, mamlakatimizning barcha hududlaridan 517 ta tashabbusli loyiha g‘olib deb topildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim loyihalarning dastlab g‘olib bo‘lganligi va keyinchalik yetarli ovoz to‘play olmagan loyihalar g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilganligi yuzasidan e’tirozlar yuzaga kelmoqda.

Batafsil

RU

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
12.5K viewsedited  16:00
Ochish/sharhlash