Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Telegram kanalining logotibi minecofinuz — Iqtisodiyot va moliya vazirligi I
Telegram kanalining logotibi minecofinuz — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Kanal manzili: @minecofinuz
Toifalar: Musiqa
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.47K
Kanalning ta’rifi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Telegramdagi rasmiy kanali
🔹facebook.com/mineconomfin
🔹twitter.com/minecofinuz
🔹linkedin.com/company/minecofinuz/
Admin: @EconomMoliyaPress

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2023-04-04 18:12:49
Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligi ta’minlanmoqda

#narxlar #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook Instagram | Youtube
1.8K views15:12
Ochish/sharhlash
2023-04-04 15:45:08
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini interaktiv tarzda o‘qish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ifrs.academy va profimsfo.uzonlayn ta’lim platformalari ishga tushirilgan.

Mazkur ta’lim platformalari 2025-yilgacha har yili yangilangan shaklda bepul tarzda ochiq bo‘lib, tinglovchilar imkoniyatlariga qarab, o‘zlariga ma’qul vaqtda moliyaviy bilimlarini boyitishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son Qarorida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va Auditning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish 2021-yildan boshlab faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

ACCA O‘zbekistonda tan olingan shunday xalqaro tashkilotlardan biri bo‘lib, o‘quv markazlari uning akkreditatsiyasidan o‘tgan yoki o‘tmaganini ushbu havolada aniqlash mumkin.

#buxgalteriya_hisobi #MXHS #savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2.7K views12:45
Ochish/sharhlash
2023-04-04 13:19:22
Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 29–moddasiga asosan, “Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan koʻrsatiladi”.

Mazkur yangilikning kiritilishi har bir shaxsga nafaqat jinoyat ishlari doirasida, balki fuqarolik, mehnat va boshqa sohalarda ham davlat hisobidan yuridik yordam olishni ta'minlaydi.

#Yangi_tahrirdagi_Konstitutsiya

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
474 viewsedited  10:19
Ochish/sharhlash
2023-04-03 16:49:06
Yangi tizimga asoslangan jamoat transportini moliyalashtirish qanday amalga oshiriladi?

Ushbu jarayon tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son Qarorida belgilangan bo'lib, unga ko'ra:

Shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni “Brutto-shartnoma” asosida tashkil etiladi.

Tender savdolariga chiqariladigan yo‘nalish qiymatining boshlang‘ich narxi har bir avtobus yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq xarajatlar hamda rentabellikning 10 foiz miqdori inobatga olingan holda, har bir kilometr bosib o‘tiladigan masofa uchun shakllantiriladi.

Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi tashkil etiladi.

Tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimini saqlash, yo‘lkira haqi bo‘yicha tushumlarni jamlash uchun transport boshqarmalarining maxsus jamg‘armalari tashkil etiladi.

Transport boshqarmalarining maxsus jamg‘armalari xarajatlari bilan ularning daromadlari o‘rtasidagi tafovut Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Batafsil

#savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1.5K views13:49
Ochish/sharhlash
2023-04-03 12:26:25
2023-yil 1-apreldan respublika hududida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (PQ-57-son) qaroriga asosan 2023-yil 1-apreldan boshlab:

umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i;

qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘i;

yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun uch yil muddatga (agar elektr energiyasini saqlash tizimi o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 % dan kam bo‘lmagan quvvatga ega bo‘lsa 10 yil muddatga) foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;

respublika hududida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.

Dastur doirasida:
jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga davlat budjetidan 1 000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Bunda:
subsidiya har oy yakuni bo‘yicha jismoniy shaxslar tomonidan yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan energiya hajmi va tizimdan iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmi o‘rtasidagi ijobiy tafovut miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi;

subsidiya to‘lovlari jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi;

subsidiya soliq organlari tomonidan har oyda «Soliq» mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

Batafsil

Telegram | Facebook Instagram | Youtube
2.8K viewsedited  09:26
Ochish/sharhlash
2023-04-02 08:59:54
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 1-aprel sanasida Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi.

_____

Обсуждены перспективы развития взаимодействия с представителями ЕБРР

1 апреля текущего года министр экономики и финансов Шерзод Кудбиев принял представителей делегации во главе с региональным директором Европейского банка реконструкции и развития (ЕБРР) по Центральной Азии.

#IMV #YTTB #xalqaro_hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1.5K viewsedited  05:59
Ochish/sharhlash
2023-03-31 13:30:21
O‘zbekistonda MRV (Measurement, Reporting and Verification) zamonaviy tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 30-mart kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi binosida Fransiya taraqqiyot agentligi, Xalqaro moliya institutlarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari vakillari hamda tegishli vazirlik va idoralar ishtirokida O‘zbekistonda MRV (Measurement, Reporting and Verification) tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi.

________

Cостоялся семинар по сотрудничеству внедрения современной системы MRV (Measurement, reporting and verification) в Узбекистане

30 марта текущего года в здании Министерства экономики и финансов состоялся семинар в рамках проекта по разработке и совершенствованию системы MRV (Measurement, Reporting and verification) в Узбекистане с участием представителей Агентства развития Франции, представительств международных финансовых институтов в Узбекистане, а также соответствующих министерств и ведомств.

#IMV #yashil_iqtisodiyot #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1.2K views10:30
Ochish/sharhlash
2023-03-31 12:13:55
Jahon banki vakillari bilan hududlarda urbanizatsiya va yer bozorini rivojlantirish masalalari muhokama etildi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhom Norqulov Jahon bankining Shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha katta mutaxassisi Rosanna Nitti boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
___________

Обсуждены вопросы с представителями Всемирного банка по развитию урбанизации и рынка земли

Заместитель министра экономики и финансов Республики Узбекистан Илхом Норкулов провел встречу с представителями делегации Всемирного банка во главе с старшим специалистом по городскому развитию Розанной Нитти.

ENG

#IMV #urbanization #WorldBank

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1.7K views09:13
Ochish/sharhlash
2023-03-31 11:53:20
Yashil tamoyillar asosida hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha masalalar muhokama qilindi

Joriy yilning 30-mart kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhom Norqulov Gemaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, hududlarning master-rejalarini “yashil” tamoyillar asosida ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.
____

Обсуждены вопросы разработки и реализации мастер-планов территорий на основе зеленых принципов

30 марта текущего года заместитель министра экономики и финансов Ильхом Норкулов провел встречу с представителями Немецкого агентства международного сотрудничества.
На встрече обсуждались вопросы развития “зеленой” экономики, разработки мастер-планов регионов на основе “зеленых” принципов.

ENG

#GIZ #yashil_iqtisodiyot #xalqaro_hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1.8K viewsedited  08:53
Ochish/sharhlash
2023-03-31 09:07:38
Hurmatli fuqarolar,

E'tiboringizga 2023-yil 1-mavsum «Tashabbusli budjet» jarayoni doirasida hududlar miqyosida ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi ma'lumotni 31-mart 10:00 holatiga koʻra taqdim etamiz.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.0K views06:07
Ochish/sharhlash