Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Telegram kanalining logotibi minecofinuz — Iqtisodiyot va moliya vazirligi I
Telegram kanalining logotibi minecofinuz — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Kanal manzili: @minecofinuz
Toifalar: Musiqa
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.47K
Kanalning ta’rifi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Telegramdagi rasmiy kanali
🔹facebook.com/mineconomfin
🔹twitter.com/minecofinuz
🔹linkedin.com/company/minecofinuz/
Admin: @EconomMoliyaPress

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-05-08 07:02:05
“Mening yo‘lim” loyihasiga ovoz berish jarayoni yakunlandi

7-may kuni soat 18-00da “Ochiq budjet” axborot portalida e’lon qilingan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga ovoz berish jarayoni yakunlandi.

Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50 foiz qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan loyihaning ushbu mavsumi uchun respublika bo‘yicha 10 317 ta tashabbusli taklif kelib tushgan.

27-apreldan 7-may kuniga qadar davom etgan ovoz berish jarayoni natijalariga ko‘ra, 517 та loyiha g‘olib deb topildi.

Ovoz berish jarayonida respublikamiz bo‘yicha 8 mln. 93 ming 918 nafar yurtdoshlarimiz faol ishtirok etdi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, ushbu jarayonlarda eng ko‘p g‘olib loyihalar Toshkent viloyati (55 ta), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (54 ta), Samarqand (40 ta) va Andijon (40 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

G‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo‘yicha 412.40 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
18.2K viewsedited  04:02
Ochish/sharhlash
2023-05-05 21:38:19
Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda soliqqa tortish tizimini isloh qilish masalalari muhokama etildi

Joriy yilning 2-5-may kunlari Iqtisodiyot va moliya vazirligida BMT dasturi ekspertlari ishtirokida barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda soliqqa tortish tizimini isloh qilishning ahamiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Batafsil
___________________

Обсуждены вопросы реформирования налоговой системы при реализации Целей устойчивого развития

2-5 мая текущего года в Министерстве экономики и финансов состоялся семинар с участием экспертов программы развития ООН, посвященный важности реформы налоговой системы для реализации национальных целей и задач в области устойчивого развития.

Подробнее

#xalqaro_hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
6.9K views18:38
Ochish/sharhlash
2023-05-05 15:47:30
#savol_javob
Fuqarolarning ipoteka kreditini to‘lagan mablag'i uchun soliq olinmaydi

Talabalarning to‘lov-kontrakt shartnomasi bo‘yicha to‘lagan mablag‘idan soliq olinmasligi haqida eshitgandim. Aytingchi, ipoteka kreditini qoplashga yo‘naltiriladigan mablag‘ bo‘yicha ham soliq imtiyozlari bormi? Bu masalada qonunchilikda nima deyilgan?

Ha, ilgari qiymati uch yuz million so‘mdan oshmagan miqdordagi uy-joy olgan fuqarolarning ipoteka krediti va uning foizini qoplashga yo‘naltirilgan o‘n besh million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi mablag‘i uchungina soliq olinmas edi. Prezidentning tegishli qarori bilan qonunchilikka o‘zgartirish kiritilib, ushbu cheklov olib tashlandi.

BATAFSIL

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
6.3K views12:47
Ochish/sharhlash
2023-05-04 17:41:01
Endilikda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari ham “Ochiq budjet” portalida shakllanadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (03.05.2023 y. VMQ-183-son) qabul qilindi.

Batafsil
_______________________

Теперь на портале «Открытый бюджет» также формируются программы «Обод кишлок» и «Обод махалла»

Принято постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан «Об утверждении Положения о порядке реализации программ «Обод кишлок» и «Обод махалла» посредством процессов инициативного бюджетирования на основе общественного мнения» (от 03.05.2023 г. ПКМ-183).

Подробнее

#obod_qishloq #obod_mahalla

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
40.3K viewsedited  14:41
Ochish/sharhlash
2023-05-04 17:20:40
Singapur delegatsiyasi bilan tadbirkorlikni rivojlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash masalalari muhokama etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Ilhom Norqulov Singapur delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Batafsil
___________________

С делегацией Сингапура обсуждены вопросы развития предпринимательства и улучшения бизнес-среды

Заместитель министра экономики и финансов Республики Узбекистан Ильхом Норкулов провел встречу с представителями сингапурской делегации.

Подробнее

#сотрудничество
#xalqaro_hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.3K viewsedited  14:20
Ochish/sharhlash
2023-05-03 17:22:43
Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 18 mln. so‘mdan pul mukofoti beriladi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 mln. so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Batafsil
_______________________

Каждому участнику и инвалиду Второй мировой войны будет вручено единовременное денежное вознаграждение в размере 18 млн. сумов

По случаю Дня памяти и почестей 9 мая каждому участнику и инвалиду второй мировой войны будет вручено единовременное денежное вознаграждение в размере 18 млн. сумов.

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
11.7K viewsedited  14:22
Ochish/sharhlash
2023-05-03 11:06:01
“Tashabbusli budjet” doirasida hududlar reytingi e'lon qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi har chorak yakuniga ko‘ra, “Ochiq budjet” axborot portalida fuqarolarning budjet jarayoniga jalb etilishi hamda tashabbusli budjetlashtirish tadbirlarining amalga oshirilishi samaradorligi va natijadorligi yuzasidan hududlar faoliyatini baholab boradi.

“Tashabbusli budjet” loyihasining shu yil 1-mavsumi ko‘rsatkichlari bo‘yicha bajarilayotgan ishlar hududlar kesimida baholanib, tuman va shaharlar reytingi shakllantirildi.

Baholash natijalariga ko‘ra:

60 ta tuman va shaharlar 71 dan 100 gacha ball to‘plab — “yashil hudud”;

94 ta tuman va shaharlar 55 dan 71 gacha ball to‘plab — “sariq hudud”;

54 ta tuman va shaharlar 55 dan past ball to‘plagan holda — “qizil hudud” deb topildi.

Reyting natijalari bilan shu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Batafsil
___________________________

Объявлен рейтинг регионов в рамках "Инициативного бюджета"

По результатам оценки:

60 районов и городов набрали от 71 до 100 баллов - «зеленая зона»;

94 района и города набрали от 55 до 71 балла – «желтая зона»;

54 района и города с баллом менее 55 считаются «красными зонами»;

Подробнее

С результатами рейтинга можно подробно ознакомиться здесь

#инициативный_бюджет #ochiq_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
6.4K viewsedited  08:06
Ochish/sharhlash
2023-05-03 08:31:22
O‘zbekiston Respublikasining Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha ma’lumot va ikkinchi Ixtiyoriy milliy hisoboti jamoatchilik e‘tiboriga havola etiladi

Hisobotni keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyat uchun e’lon qilishdan maqsad – BRMga erishish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirish, odamlar fikri va takliflari asosida barcha yo‘nalishdagi islohotlarni yanada takomillashtirishdan iboratdir.

Batafsil
_______________________

Представляем вашему вниманию информацию и второй добровольный национальный отчет о Целях устойчивого развития Республики Узбекистан

Целью публикации доклада для широкой общественности и международного сообщества является расширение масштабов проводимой работы по достижению ЦУР, получение мнений и предложений людей, дальнейшее совершенствование реформ по всем направлениям.

Подробнее

#BRM #ЦУР

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2.8K viewsedited  05:31
Ochish/sharhlash
2023-05-01 16:49:52
Bugundan ish haqlari oshadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2023-yil 28-martdagi PF-45-son Farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-maydan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshirildi.

Natijada, budjet tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 2 mln. nafardan ortiq xodimlarning ish haqi miqdori oshiriladi. Buning uchun 2023 yilda davlat budjetidan 4.8 trln. so‘m  mablag‘ yo‘naltiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.7K viewsedited  13:49
Ochish/sharhlash
2023-05-01 11:28:47
Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan kelgusidagi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi

Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Enriko Pinali va bank vakillari bilan uchrashdi.

Batafsil
_______________________

Состоялся обмен мненями с представителями Азиатского банка развития по дальнейшей реализации совместных проектов

Министр экономики и финансов Шерзод Кудбиев встретился с главой постоянного представительства Азиатского банка развития (АБР) в Узбекистане Энрико Пинали и представителями банка.

Подробнее

#xalqaro_hamkorlik #IMV #OTB
4.2K viewsedited  08:28
Ochish/sharhlash