Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Telegram kanalining logotibi minecofinuz — Iqtisodiyot va moliya vazirligi I
Telegram kanalining logotibi minecofinuz — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Kanal manzili: @minecofinuz
Toifalar: Musiqa
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.47K
Kanalning ta’rifi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Telegramdagi rasmiy kanali
🔹facebook.com/mineconomfin
🔹twitter.com/minecofinuz
🔹linkedin.com/company/minecofinuz/
Admin: @EconomMoliyaPress

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2023-03-30 10:35:14
#Tayinlov

Iqtisodiyot va moliya vazirining matbuot kotibi tayinlandi

Axmedova Sarvinoz Shokirovna
Iqtisodiyot va moliya vazirining matbuot kotibi – axborot xizmatining boshlig‘i etib tayinlandi.

Bunga qadar Sarvinoz Axmedova "O'zbekipaksanoat" uyushmasida Axborot xizmati rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug'urta bozorini rivojlantirish agentligida bosh mutaxassis lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Lavozimga tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.7K viewsedited  07:35
Ochish/sharhlash
2023-03-30 09:47:37
Hurmatli fuqarolar,

E'tiboringizga 2023-yil 1-mavsumTashabbusli budjetjarayoni doirasida hududlar miqyosida ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi ma'lumotni 30-mart 10:00 holatiga koʻra taqdim etamiz.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.2K views06:47
Ochish/sharhlash
2023-03-30 07:25:26
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to'g'risidagi Nizomga o'zgartirishlar kiritildi

Kiritilgan o'zgarishlar elektron hujjat aylanishi tizimini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, xususan:

tovar-moddiy zaxiralar va pul mablag‘lari bo‘yicha xo‘jalik ichidagi operatsiyalar qatnashchilarini, shuningdek, ish beruvchi va xodimlar o‘rtasida identifikatsiyalash ta‘minlangan taqdirda, axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda hisobga olish hujjatlarini yuritishga ruxsat beriladi;

soliq xizmati va statistika organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlarni saqlash va arxivga topshirish bo'yicha majburiy talab bekor qilinadi.

Batafsil

РУС

#buxgalteriya_hisobi #audit

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.7K views04:25
Ochish/sharhlash
2023-03-29 19:24:06
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan "O'zbekistonning 2022-yildagi iqtisodiy ko'rsatkichlar tahlili"ga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Anjuman davomida vazirlik mutaxassislari tomonidan OAV vakillariga mamlakatimizning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, budjet mablag'lari, davlat qarzi va boshqa yo'nalishlar bo'yicha batafsil ma'lumot berildi.

#IMV #hisobot #tahlil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.4K views16:24
Ochish/sharhlash
2023-03-29 12:51:10
Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2022-yildagi faoliyati tahlili va 2023-yildagi ustuvor vazifalari

AOKAda vazirlik rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanidan "O'zbekiston 24" telekanalining "Yangiliklar 24" ko'rsatuvi uchun maxsus lavha

#IMV #matbuot_anjumani

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.5K views09:51
Ochish/sharhlash
2023-03-29 10:12:34
Иқтисодиёт ва молия вазирлигининг 2022 йилдаги фаолияти таҳлили ва 2023 йилдаги устувор вазифалари

АОКАда вазирлик раҳбарияти ва мутасаддилари иштирокида шу мавзуда матбуот анжумани бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин:

Жонли эфир


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
1.1K views07:12
Ochish/sharhlash
2023-03-29 08:35:00
Hurmatli fuqarolar,

E'tiboringizga 2023-yil 1-mavsumTashabbusli budjetjarayoni doirasida hududlar miqyosida ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi ma'lumotni 29-mart 10:00 holatiga koʻra taqdim etamiz.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2.2K viewsedited  05:35
Ochish/sharhlash
2023-03-29 08:24:56
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshadi

“Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi (28.03.2023-yildagi 45-son) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra:

2023-yil 1-apreldan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi.
2023-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston hududida:
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 347 000 so‘m;
yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 677 000 so‘m;
nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 747 000 so‘m;
2023-yil 1-maydan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.
2023-yil 1-maydan boshlab O‘zbekiston hududida:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 so‘m.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2.1K viewsedited  05:24
Ochish/sharhlash
2023-03-28 13:23:24
Tashabbusli budjet jarayonida g'oliblar qachon va kim tomonidan e'lon qilinadi?

Ushbu jarayon tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2022-yil 30- iyundagi “Tuman (shahar) budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida”gi KQ213-sonli namunaviy nizomda belgilangan.

Joriy yil "Tashabbusli budjet" jarayonlarining birinchi mavsumi g'olib loyihalari 7-aprel kuni soat 10-00 da "Ochiq budjet" axborot portali orqali avtomatik tarzda e'lon qilinadi.


#tashabbusli_budjet #savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1.7K views10:23
Ochish/sharhlash
2023-03-28 09:36:28
Jahon Banki vakilllari bilan energetika sohasidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi

Joriy yilning 27-mart kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhom Norqulovning Jahon Banki vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar qo'shma loyihalarni amalga oshirishning operatsion jihatlari va ularning hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan energetika sohasidagi islohotlar nuqtai nazaridan ahamiyati to'g'risida fikr almashdilar.
____

Обсуждены совместные проекты в сфере энергетики с представителями Всемирного банка

27 марта текущего года состоялась встреча заместителя министра экономики и финансов Илхома Норкулова с представителями Всемирного банка.
Стороны обменялись мнениями об операционных аспектах реализации совместных проектов и их важности в свете реализуемых правительством реформ в сфере энергетики.

ENG

#IMV #JahonBanki #xalqaro_hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2.1K views06:36
Ochish/sharhlash