Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Telegram kanalining logotibi minecofinuz — Iqtisodiyot va moliya vazirligi I
Telegram kanalining logotibi minecofinuz — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Kanal manzili: @minecofinuz
Toifalar: Musiqa
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.47K
Kanalning ta’rifi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Telegramdagi rasmiy kanali
🔹facebook.com/mineconomfin
🔹twitter.com/minecofinuz
🔹linkedin.com/company/minecofinuz/
Admin: @EconomMoliyaPress

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-03-28 08:41:21
Hurmatli fuqarolar,

E'tiboringizga 2023-yil 1-mavsum «Tashabbusli budjet» jarayoni doirasida hududlar miqyosida ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi ma'lumotni 28-mart 10:00 holatiga koʻra taqdim etamiz.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.1K views05:41
Ochish/sharhlash
2023-03-28 08:06:29
“YANGI KONSTITUTSIYADA DAVLAT BUDJETI OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK PRINSIPLARI ASOSIDA SHAKLLANADI”.

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasining 148-moddasi

#Men_befarq_emasman

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2.4K views05:06
Ochish/sharhlash
2023-03-27 14:31:07
Avtomobilimga bir mashina kelib urildi. Mashina haydovchisi aybini tan olib, zararni sug‘urta tashkiloti qoplab berishi uchun “Yevroprotokol” tuzishni taklif qildi. Ushbu hujjat qanday tuziladi?

“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonunga (O‘RQ-155) muvofiq yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha haydovchilar tomonidan ichki ishlar organi xodimlari ishtirokisiz yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani (xalq tilida “Yevroprotokol”) tuzish orqali sug‘urta tovonini olish tartibi joriy etilgan.

YTH to‘g‘risidagi xabarnoma haydovchilardan biri o‘z aybiga iqror bo‘lsa, to'qnashuvda piyoda ishtirok etmasa, haydovchilar mast bo‘lmasa, ularning javobgarligi sug‘urtalangan hamda mashinani boshqarish hujjatlari yonida bo‘lsa darhol joyning o‘zida 2 nusxada tuziladi (xabarnoma blankasini ushbu havola orqali olishingiz mumkin).

Transport vositasi egasi javobgarligini majburiy sug‘urta qilgan sug‘urtalovchilarga “Yevroprotokol” bilan birgalikda to‘qnashuv joyi va mashinalar holatining foto va videolari, sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish to‘g‘risidagi arizalar, mastlik holatini (4 soat ichida) aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruv natijalari hamda mashinani boshqarish hujjatlari nusxalari 3 ish kuni ichida yuboriladi.

Sug‘urta tashkiloti YTH to‘g‘risidagi xabarnoma va unda tegishli materiallar taqdim etilgach, 15 kun ichida sug‘urta tovonini to‘lash (yoki rad etish) to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

#murojaat #sugʻurta

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1.4K views11:31
Ochish/sharhlash
2023-03-27 09:49:54
Hurmatli fuqarolar,

E'tiboringizga 2023-yil 1-mavsum
«Tashabbusli budjet» jarayoni doirasida hududlar miqyosida ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi ma'lumotni 27-mart 10:00 holatiga koʻra taqdim etamiz.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2.6K viewsedited  06:49
Ochish/sharhlash
2023-03-26 13:21:13 Tashabbusli budjetga bag‘ishlangan ovozli chat boshlanadi.

Ulanish uchun:
https://t.me/xushnudbek?livestream
2.5K views10:21
Ochish/sharhlash
2023-03-25 13:14:42
РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Бугунги кунда “Ташаббусли бюджет” лойиҳаси доирасида овоз бериш жараёни давом этмоқда. Ҳозирда жами 33 минг 600 лойиҳа учун 10 миллиондан ортиқ овоз берилди.

Шу билан биргаликда, ижтимоий тармоқларда бюджет ташкилоти ходимларини мактабгача ва мактаб таълими соҳасидаги лойиҳаларга овоз беришга мажбурлаш ҳолатлари юзасидан хабарлар тарқалмоқда

Шунингдек, Иқтисодиёт ва молия вазирлиги томонидан ўрганишлар натижалари шуни кўрсатмоқда-ки, йирик маҳаллалар аҳоли сони юқори бўлганлиги сабабли овоз беришда устунликка эга бўлиш ҳолатлари мавжуд.

Овоз беришда тенгсизликка йўл қўймаслик, шунингдек, барча маҳаллалар аҳолиси учун лойиҳаларни амалга оширишда тенг имкониятлар яратиш мақсадида вазирлик томонидан бир қанча техник ва услубий ечимлар ишлаб чиқилмоқда.

Жумладан:
FACE ID ёрдамида идентификация қилиш механизмини жорий этиш. Бунда, тасдиқланган фойдаланувчилар томонидан берилган овозлар СМС орқали берилган 5 ёки 10 овозга тенглаштирилиш;

кам сонли аҳоли яшайдиган маҳаллалар аҳолиси томонидан илгари сурилган лойиҳалар учун кўпайтириш коэффициенти жорий этиш амалиёти кўриб чиқилади.

Бунда, кичик маҳаллалар лойиҳаларига катта маҳаллалар аҳолиси ташаббуси билан тенг шароитларда рақобатлашиш имконияти яратилиши кўзда тутилган.

Бундан ташқари, ташаббуслар учун овоз беришнинг шаффофлиги ва адолатлилигини таъминлашга қаратилган бошқа таклифлар ишлаб чиқилмоқда.

“Ташаббусли бюджет” лойиҳасини янада ривожлантириш юзасидан кенг жамоатчиликни хабардор қилиш ва таклифларини ҳисобга олиш мақсадида вазирлик расмий каналларида батафсил маълумотлар эълон қилиб борилади.

OʻZB
РУС

#расмий_муносабат

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
37.5K views10:14
Ochish/sharhlash
2023-03-25 10:47:45
Hurmatli fuqarolar,

E'tiboringizga 2023-yil 1-mavsum
«Tashabbusli budjet» jarayoni doirasida viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi ma'lumotni 25-mart 10:00 holatiga koʻra taqdim etamiz.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
8.6K views07:47
Ochish/sharhlash
2023-03-25 10:23:51
Tashabbusli budjet bo‘yicha ovozli chat tashkil qilinadi

Xabaringiz borki, ayni paytda “Tashabbusli budjet” loyihasining yangi mavsumi boshlangan bo‘lib, 3-bosqich uchun ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.

Aholi o‘rtasida mazkur jarayonlar yuzasidan keng tushunchalar berish va yuzaga kelayotgan muammolarga yechim berish maqsadida 26-mart kuni soat 15:00 da @Xushnudbek telegram kanalida ovozli chat tashkil qilinadi.

Tashabbusli budjet jarayonlarida bevosita qatnashgan aholi va keng jamoatchilik vakillarini ovozli chatda ishtirok etishga taklif etamiz.

Spikerlar:
-Anvar Karimov
Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
-Shohruh Ishonqulov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti direktori oʻrinbosari
-Azimjon Hasanov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi boʻlim boshligʻi

#ovozli_chat #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
16.5K viewsedited  07:23
Ochish/sharhlash
2023-03-25 08:15:11
Янгиликлар 24 | «Ташаббусли бюджет» лойиҳаси ижроси
#23mar #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
3.3K views05:15
Ochish/sharhlash
2023-03-24 19:21:06
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim iste'mol tovarlariga nisbatan bojxona boji nol stavkada qo'llanishi 2024-yil 1-yanvargacha uzaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-martdagi “Iste'mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-41 sonli Farmoniga ko‘ra 2024-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda:

yogurt, paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq;
pishloq va tvoroglar;
yangi yoki quritilgan xurmo
(finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya;
yangi olma, nok va behi;
bug‘doy yoki javdardan tashqari g‘alla donidan un ;
hamda kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari uchun bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi

Shuningdek, mazkur Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-145-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddati ham 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.3K viewsedited  16:21
Ochish/sharhlash