Get Mystery Box with random crypto!

Endi chet elda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ham iste’mol k | Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Endi chet elda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ham iste’mol krediti beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Moliyaviy iste’mol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi (O‘RQ–828, 10.04.2023-y.) Qonunni imzoladi.

Qayd etish joizki, bugun aholining moliyaviy iste’mol kreditlari olishi uchun talab ortib bormoqda. Biroq 2006-yilda qabul qilingan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasida O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar (xizmatlar)ga moliyaviy iste’mol krediti ajratilishi cheklangan edi. Ya’ni iste’mol krediti faqat mamlakatimizda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari (xizmatlarni) olish uchun berilardi.

Qonunchilikdagi yangilikka ko‘ra, endi mamlakatimizdan tashqarida ishlab chiqarilgan tovarlar (xizmatlar) uchun ham moliyaviy iste’mol kreditlari berish imkoniyatini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritildi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube