Get Mystery Box with random crypto!

Endi suv yetkazib beruvchilar va iste'molchilar “Suv hisobi” A | Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Endi suv yetkazib beruvchilar va iste'molchilar “Suv hisobi” AT orqali ishlaydilar

“Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” (01.04.2023 y. PQ-107-son) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi belgilanadi:

tijorat banklari kreditlarining garov ta'minoti 50 foizgacha, biroq 2,5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafilligi asosida ta'minlanadi;

tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Jamg‘arma hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube