Get Mystery Box with random crypto!

Muhtaram faxriylar, hurmatli yurtimiz mehmonlari, hamkasblarim | Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Muhtaram faxriylar, hurmatli yurtimiz mehmonlari, hamkasblarim, Siz, azizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni “9-may – Xotira va qadrlash kuni” bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga beqiyos hissa qo‘shgan, qolaversa, mustaqil O‘zbekistonimiz tinchligi yo‘lida jon bergan mangu jasorat sohiblari va xizmat vazifalarini bajarish jarayonida jasorat ko‘rsatgan hamkasblarimning pok ruhlari oldida ta’zim qilaman.

Sizlarning xotirangiz, matonat madhiyasi o‘laroq toabad qalblarda qoladi.

Hozirgi tinch-omon kunlar uchun shafqatsiz urushlarda, mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat ko‘rsatgan barcha faxriylarimizga ham yuksak hurmat va ehtiromimni izhor etaman.

Bugungi ozod va erkin hayotimiz, farzandlarimizning baxti va kamoli uchun Sizlarning va marhum safdoshlaringiz oldida barchamiz qarzdormiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman!

Ehtirom ila,
Sherzod Kudbiyev

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube