Get Mystery Box with random crypto!

Aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil” kreditlar foizlarini | Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil” kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimi joriy qilinadi

Bu haqda bugun davlat rahbari raisligida hududlarda energiya ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holati yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Mamlakatimizda aholi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kilovatti uchun 1 ming so‘mdan to‘lanishi e’lon qilingan. Ular “Quyoshli xonadon” tizimiga ulanib, tegishli to‘lovlarni olishlari mumkin.

Prezident ushbu dastur qamrovini oshirish va yanada keng joriy qilish bo‘yicha yangi vazifalarni belgilab berdi. Jumladan:

– Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan savdo va servis korxonalariga quyosh panellari uchun kredit to‘lovlarining 4 foizi qoplab beriladi;

– xalqaro moliya tashkilotlaridan 100 million dollar jalb qilinib, so‘mda, maqbul shartlarda aholi va kichik tadbirkorlar uchun “yashil” kredit mahsulotlari yaratiladi. Aholiga ajratilgan kredit foizlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga
aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil” kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.

Shuningdek, “yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy qilinadi. 1-iyuldan boshlab gidroelektr stansiyalariga “yashil” sertifikat beriladi.

Ushbu tizim 1-oktabrdan boshlab barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun joriy qilinadi.

#yashil_iqtisodiyot

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube