Get Mystery Box with random crypto!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Telegram kanalining logotibi migratsiyaagentligi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration T
Kanaldagi mavzular:
Президент
Live
Telegram kanalining logotibi migratsiyaagentligi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration
Kanaldagi mavzular:
Президент
Live
Kanal manzili: @migratsiyaagentligi
Toifalar: Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 228.83K
Kanalning ta’rifi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanali
Murojaat uchun:
71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 5

2024-04-26 10:47:04
#Vatandoshlar_bilan_muloqot

Sankt-Peterburgdagi “Viborjes”, “Personal partner”, “GK Trud”, “Barakat”, Krasnodardagi “Yug-Master”, “Stroy i Tochka”, “Leviy Bereg”, Voronejdagi “Izumrudniy”, “Ekostroy”, Kalugadagi “Meros” va Ryazandagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Novosibirsk va Kalugada ishlayotgan yurtdoshlarimizning hujjatlari ish beruvchidan olib berildi. Voronej hamda Volgogradda ishlayotgan fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Sankt-Peterburg hamda Krasnoyarskda qiyin ahvolda qolgan vatandoshimiz Sankt-Peterburg – Farg‘ona, Krasnoyarsk-Namangan aviareyslari orqali O‘zbekistonga qaytarildi.

Batafsil

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
56.0K views07:47
Ochish/sharhlash
2024-04-26 09:50:29
#Prezident_Farmoni_ijroda

Xorazm viloyatining Bog‘ot, Qo‘shko‘pir, Gurlan, Xonqa, Surxondaryo viloyatining Boysun, Qiziriq, Andijon viloyatining Ulug‘nor, Samarqand viloyatining Qo‘shrabot, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo, Sayxunobod tumanlari, Guliston shahri, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri, Toshkent viloyatining Qibray tumani va Nurafshon shahrida “mahalla yettiligi” bilan birgalikda Prezidentimizning joriy yil 4-apreldagi 59-sonli Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlarda mehnat migratsiyasi jarayonlarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, chet elda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga qulay sharoitlar yaratish, xorijda ishlab qaytgan shaxslarni reintegratsiya qilish, bandligini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish yuzasidan tushunchalar berildi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
59.6K views06:50
Ochish/sharhlash
2024-04-24 14:51:53
#Prezident_Farmoni_ijroda

Xabar berilganidek, Prezidentimizning 2024-yil 4-apreldagi 59-sonli Farmonining joylardagi ijrosini taʼminlash maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda tizim tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar hududlarda ishni samarali tashkil qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Xususan, Andijon viloyatining Buloqboshi, Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on, Samarqand viloyatining Jomboy, Toshkent viloyatining Bo‘ka, Bo‘stonliq, Bekobod tumanlari, Chirchiq shahrida “xorijga ish – mahalladan” tamoyili asosida individual ishlash bo‘yicha o‘quv-seminarlari va fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
32.0K views11:51
Ochish/sharhlash
2024-04-24 09:00:45 Bugun xalqaro mehnat bozorida kasb va xorijiy til biladigan o‘zbek mutaxassislariga talab borgan sari ortmoqda

Batafsil UzA da

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
54.0K views06:00
Ochish/sharhlash
2024-04-24 08:19:28
#Prezident_Farmoni_ijroda

Prezident farmoni ijroda va nazoratda

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
50.5K views05:19
Ochish/sharhlash
2024-04-24 07:31:23
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tizimida korrupsiyaviy holatlarga guvoh bo‘ldingizmi?

Unda zudlik bilan bizga xabar bering!

Ishonch telefoni: 71 202 44 11

Pochta manzili:
anticorruption@migration.uz

Telegram bot: https://t.me/anticor_migrationbot

Korrupsiyaga oid xabarni yetkazgan fuqarolarning shaxsi sir tutilishi kafolatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining telefon raqamlari : 71 202-33-55, 71 200-00-61, 1282 (qisqa raqami).

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
51.5K views04:31
Ochish/sharhlash
2024-04-24 06:55:58
#Prezident_Farmoni_ijroda

Xorijda vaqtincha ishlash istagidagi va xorijda ishlab qaytgan fuqarolar bandligini ta‘minlash maqsadida Navoiy shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazda mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyatining Olmaliq, Nurafshon, Angren shaharlari, Ohangaron tumani va shahri, Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi mahallalarda tuman bandlik bo‘limlari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari, “mahalla yettiligi” va xorijdan mehnat migratsiyasidan qaytgan hamda xorijga ishga ketayotgan fuqarolar ishtirokida seminarlar tashkil etildi.

Namangan va Mingbuloq tumanlarida Prezidentimizning PF-59-sonli Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan Respublika ishchi guruhining o‘quv seminari o‘tkazildi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
52.4K views03:55
Ochish/sharhlash
2024-04-23 23:17:58
#Live

Toshkent xalqaro aeroporti
Davlat: Belarus
Ish turi: avtomobilsozlik


Yurtdoshlarimizning navbatdagi guruhi "Belavtomaz" korxonasida ishlash uchun jo'nab ketmoqda.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
57.9K views20:17
Ochish/sharhlash
2024-04-23 22:19:41
#Prezident_Farmoni_ijroda

Qashqadaryo viloyatining Kasbi, Mirishkor, Shahrisabz tumanlari hamda Shahrisabz shahrida "Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida o‘quv-seminarlar tashkil etildi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ishchi guruhi, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va xorijda ishlash istagidagi fuqarolar ishtirok etgan tadbirlarda Prezident farmonidan kelib chiqib, xorijda ishlash istagidagi fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish, ularga xorijiy til va kasblarni o‘rgatish hamda dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan davlatlariga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
57.7K views19:19
Ochish/sharhlash
2024-04-22 10:39:09
Fuqarolarni Isroil va Nikaraguaga ishga yuborishini vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar U.R., Z.M. va A.S. fuqaro H.Sh. ni 18 000 AQSH dollari evaziga Isroil davlatiga ishga yuborishni vaʼda qilib, shundan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.K. 4 nafar fuqaroni Turkiya davlati orqali Nikaragua davlatiga ishga yuborishini vaʼda qilib, jami 35 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
23.3K views07:39
Ochish/sharhlash