Get Mystery Box with random crypto!

Fuqarolarni Isroil va Nikaraguaga ishga yuborishini vaʼda qilg | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Fuqarolarni Isroil va Nikaraguaga ishga yuborishini vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar U.R., Z.M. va A.S. fuqaro H.Sh. ni 18 000 AQSH dollari evaziga Isroil davlatiga ishga yuborishni vaʼda qilib, shundan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.K. 4 nafar fuqaroni Turkiya davlati orqali Nikaragua davlatiga ishga yuborishini vaʼda qilib, jami 35 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish