Get Mystery Box with random crypto!

#Prezident_Farmoni_ijroda Qashqadaryo viloyatining Kasbi, Mir | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Prezident_Farmoni_ijroda

Qashqadaryo viloyatining Kasbi, Mirishkor, Shahrisabz tumanlari hamda Shahrisabz shahrida "Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida o‘quv-seminarlar tashkil etildi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ishchi guruhi, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va xorijda ishlash istagidagi fuqarolar ishtirok etgan tadbirlarda Prezident farmonidan kelib chiqib, xorijda ishlash istagidagi fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish, ularga xorijiy til va kasblarni o‘rgatish hamda dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan davlatlariga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish