Get Mystery Box with random crypto!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Telegram kanalining logotibi migratsiyaagentligi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration T
Kanaldagi mavzular:
Президент
Live
Telegram kanalining logotibi migratsiyaagentligi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration
Kanaldagi mavzular:
Президент
Live
Kanal manzili: @migratsiyaagentligi
Toifalar: Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 228.83K
Kanalning ta’rifi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanali
Murojaat uchun:
71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 9

2024-04-16 07:22:37
Fuqarolar Rossiyaning "INJ GEO KOM" korxonasiga ishga taklif etiladi!

Ish turi: qurulish

Nomzodlar uchun talablar:

18-45 yosh;
rus tilini bilish;
sudlanmagan;
xorijga chiqish taqiqlanmagan;
sog'lom;

Ish beruvchi hisobidan: aviachipta, uch mahal ovqat, yotoqxona, hujjatlarni rasmiylashtirish va transport.

Ro'yxatdan o'tish

Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 (ichki raqam 87, 88) yoki 1282 (qisqa raqami).

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
90.0K views04:22
Ochish/sharhlash
2024-04-15 19:17:24
Jizzaxda fuqaroni AQSHga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan G‘allaorol tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.X. va A.A. fuqaro Y.Q.ning ishonchiga kirib, go‘yoki uni 18 000 AQSH dollari evaziga Yevropa davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, 2 000 AQSH dollari va 200 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
90.1K views16:17
Ochish/sharhlash
2024-04-15 17:48:23
“Qirol Sejong” o‘quv markazining ilk bitiruvchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Koreya Respublikasining “Qirol Sejong” o‘quv markazi o'rtasidagi hamkorlik doirasida respublikamiz hududlaridagi barcha "Ishga marhamat" monomarkazlarida Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun koreys tili va madaniyatini o‘rgatishga ixtisoslashgan maxsus o'quv kurslari o'z faoliyatini boshlagan edi.

Hududlardagi "Ishga marhamat" monomarkazlarida tashkil etilgan o'quv kurslarini tamomlagan ilk bitiruvchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
92.7K views14:48
Ochish/sharhlash
2024-04-15 16:16:40 Rossiyadagi mehnat migrantlari ishtirokida yuz bergan mushtlashuv yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani, unda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Moskva shahri Tagilsk ko‘chasida joylashgan qurilish maydonida yuz bergan mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etgan.

Qurilish materiallari noto‘g‘ri taqsimoti sababli "Everest" korxonasi ishchilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida yuz bergan mushtlashuv ishtirokchilarining ichki ishlar bo‘limiga olib ketilganlardan 10 nafari O‘zbekiston va 13 nafari Tojikiston fuqarolari hisoblanadi.

Ushbu hodisa natijasida hech kim og‘ir tan jarohati olmagan va tibbiy yordamga murojaat qilmagan.

Qo‘lga olinganlarga bayonnoma rasmiylashtirilib, maʼmuriy jarimalar tayinlangan.

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilishi hamda boshqa davlat fuqarolari bilan o‘zaro hurmatda bo‘lishi so‘raladi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
18.2K views13:16
Ochish/sharhlash
2024-04-15 15:45:20
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Germaniyaning “Amudarja GmbH” rekruting tashkiloti bilan hamkorlik qilish bo'yicha uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda ikki davlat o'rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish, O'zbekiston fuqarolarini Germaniyaga ishga jalb qilish, ular uchun qulay sharoitlar yaratilayotgani ta'kidlandi.

Kelgusida o’zbekistonlik yoshlarni Germaniyaning Bavariya federal yeridagi nufuzli shifoxonalarda hamshiralik va parvarish sohalarida 1 yillik hamda 3 yillik Ausbildung - dual tizimi orqali ishga jalb qilish bo’yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
28.1K views12:45
Ochish/sharhlash
2024-04-15 13:11:36 O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida mehnat migratsiyasi, xorijda qonuniy ishlash tartibi va mehnat migrantlarini huquqiy himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumanini jonli tomosha qilish

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
45.4K views10:11
Ochish/sharhlash
2024-04-15 12:18:06
Fuqarolar Rossiyaning "SPAR Midl Volga" korxonasiga ishga taklif etiladi!

Ish turi: oshpaz, nonvoy, qandolatchi

Nomzodlar uchun talablar:

18-45 yosh;
rus tilini bilish;
sudlanmagan;
xorijga chiqish taqiqlanmagan;
sog'lom;

Ish beruvchi hisobidan: bir mahal ovqat, yotoqxona va transport.

Ro'yxatdan o'tish

Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 (ichki raqam 87, 88) yoki 1282 (qisqa raqami).

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
51.8K views09:18
Ochish/sharhlash
2024-04-15 10:04:05
Fuqarolar Rossiyaning "AVTOVAZ" korxonasiga ishga taklif etiladi!

Ish turi: avtomobilsozlik

Nomzodlar uchun talablar:

18-45 yosh;
rus tilini bilish;
sudlanmagan;
xorijga chiqish taqiqlanmagan;
sog'lom;

Ish beruvchi hisobidan: bir mahal ovqat, yotoqxona va transport.

Ro'yxatdan o'tish

Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 (ichki raqam 87, 88) yoki 1282 (qisqa raqami).

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
58.4K views07:04
Ochish/sharhlash
2024-04-15 09:32:30
#Live

Koreya Respublikasida ishlab chiqarish sohasida ishlash maqsadida 8-13 fevral kunlari ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida EPS-Topik test imtihonlari boshlandi.

Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy.

Lokatsiya

71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
60.0K views06:32
Ochish/sharhlash
2024-04-15 07:41:31
Bugun, 15-aprel kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida mehnat migratsiyasi, xorijda qonuniy ishlash tartibi va mehnat migrantlarini huquqiy himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

Tadbirda Adliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa tegishli tashkilot masʼullari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlar matbuot anjumaniga taklif etiladi.

Matbuot anjumani "UzReport TV" telekanali (Facebook, YouTube) orqali onlayn yoritilishi rejalashtirilgan.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
68.2K views04:41
Ochish/sharhlash