Get Mystery Box with random crypto!

#Vatandoshlar_bilan_muloqot Sankt-Peterburgdagi “Viborjes”, | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Vatandoshlar_bilan_muloqot

Sankt-Peterburgdagi “Viborjes”, “Personal partner”, “GK Trud”, “Barakat”, Krasnodardagi “Yug-Master”, “Stroy i Tochka”, “Leviy Bereg”, Voronejdagi “Izumrudniy”, “Ekostroy”, Kalugadagi “Meros” va Ryazandagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Novosibirsk va Kalugada ishlayotgan yurtdoshlarimizning hujjatlari ish beruvchidan olib berildi. Voronej hamda Volgogradda ishlayotgan fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Sankt-Peterburg hamda Krasnoyarskda qiyin ahvolda qolgan vatandoshimiz Sankt-Peterburg – Farg‘ona, Krasnoyarsk-Namangan aviareyslari orqali O‘zbekistonga qaytarildi.

Batafsil

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish