Get Mystery Box with random crypto!

#Prezident_Farmoni_ijroda Xorijda vaqtincha ishlash istagidag | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Prezident_Farmoni_ijroda

Xorijda vaqtincha ishlash istagidagi va xorijda ishlab qaytgan fuqarolar bandligini ta‘minlash maqsadida Navoiy shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazda mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyatining Olmaliq, Nurafshon, Angren shaharlari, Ohangaron tumani va shahri, Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi mahallalarda tuman bandlik bo‘limlari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari, “mahalla yettiligi” va xorijdan mehnat migratsiyasidan qaytgan hamda xorijga ishga ketayotgan fuqarolar ishtirokida seminarlar tashkil etildi.

Namangan va Mingbuloq tumanlarida Prezidentimizning PF-59-sonli Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan Respublika ishchi guruhining o‘quv seminari o‘tkazildi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish