Get Mystery Box with random crypto!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Telegram kanalining logotibi migratsiyaagentligi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration T
Kanaldagi mavzular:
Президент
Live
Telegram kanalining logotibi migratsiyaagentligi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration
Kanaldagi mavzular:
Президент
Live
Kanal manzili: @migratsiyaagentligi
Toifalar: Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 228.83K
Kanalning ta’rifi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanali
Murojaat uchun:
71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 6

2024-04-22 08:52:41
Koreya Respublikasida ishlash maqsadida “Qirol Sejong” o‘quv markazini tamomlagan bitiruvchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Tafsilotlar “Farg'ona” telekanalida

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram| Facebook| Youtube| Instagram| Twitter| Veb-sayt| Xorijda ish
40.3K views05:52
Ochish/sharhlash
2024-04-20 14:18:32
Fuqaroni 10 ming AQSH dollari evaziga Janubiy Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “K-O‘.” MCHJga qarashli o‘quv markazi xodimi S.A. fuqaro Sh.B. ni Janubiy Koreyaga borishda talab etiladigan ishchi viza uchun o‘tkaziladigan koreys tili imtihonidan tanishlari orqali o‘tkazib berishi evaziga 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
87.9K views11:18
Ochish/sharhlash
2024-04-19 16:32:01
Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohalarida ishlash maqsadida 8-13-fevral kunlari ro'yxatdan o'tgan nomzodlar uchun 2024-yil 9-25 mart (qishloq xo'jaligi) va 26-mart – 8-aprel (xizmat ko'rsatish-2) kunlari EPS-Topik imtihoni bo'lib o'tgan edi.

Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRD) taqdim etgan natijalarga ko‘ra, qishloq xo'jaligi sohasi bo'yicha 1900 nafar, xizmat ko'rsatish sohasi bo'yicha 1292 nafar fuqaro imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan.

Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar (qishloq xo'jaligi)

Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar (xizmat ko'rsatish-2)

Malaka imtihoni (skill test) joriy yil 1-4-may kunlari Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy binosida ("Ishga marhamat" monomarkazi) o'tkazilishi rejalashtirilgan. Nomzodlardan malaka imtihoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish so‘raladi.

Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook Youtube | Instagram | Twitter | Veb-sayt | Xorijda ish
60.2K views13:32
Ochish/sharhlash
2024-04-19 15:12:16
#Eslatma

Xalqaro aviaqatnovlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqti parvozga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda tugatiladi


Toshkent xalqaro aeroportida aviaqatnovlar soni oshishi va yo‘lovchilar oqimi ko‘payishi hisobiga ro‘yxatdan o‘tish jarayoniga yangi qoidalar joriy etildi.

Parvozoldi jarayonlaridan o‘tish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha vaqtni hisobga olgan holda, yo‘lovchilardan aeroportga ertaroq yetib kelish so‘ralmoqda.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
61.4K views12:12
Ochish/sharhlash
2024-04-19 14:46:08
#Vatandoshlar_bilan_muloqot

Mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi rahbariyati Permdagi ko‘p tarmoqli migratsiya markazida bo‘lib, markaz rahbariyati bilan O‘zbekiston fuqarolarining mazkur hududda ish bilan taʼminlanishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

Permdagi “Trek”, “Limakmarashstroy”, Tuladagi “Volovskiy broyler”, Yekaterinburgdagi “Progress”, Blagoveshenskdagi “Asfalt” va Volgograddagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Amur viloyati savdo-sanoat palatasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Krasnoyarskdagi “Esta Konstrakshen” korxonasida ishlayotgan 18 nafar yurtdoshimizning 1 million 660 ming rubldan ortiq miqdoridagi ish haqi ish beruvchidan undirib berildi.

Qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Nijniy Novgorod – Tashkent yo‘nalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarildi.

Batafsil

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
56.4K views11:46
Ochish/sharhlash
2024-04-19 14:18:25
Barchasi oson!

1 daqiqada
xorijdaish.uz saytidagi bo‘sh ish o‘rinlariga ariza yuborishni o‘rganamiz.

OneID olish

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
52.6K views11:18
Ochish/sharhlash
2024-04-19 13:10:59
Xorijdaish.uz saytiga kiring hamda Germaniya, Belarus, Litva va boshqa davlatlardagi ish o'rinlari bilan tanishing!

Batafsil ma’lumot uchun: 71 202 33 55 yoki 1282 qisqa raqami.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook Youtube | Instagram | Twitter | Veb-sayt | Xorijda ish
71.1K views10:10
Ochish/sharhlash
2024-04-19 10:28:59
#Rasmiy_bayonot

2024-yilning yanvar oyida Buyuk Britaniyaning "Telpasc" (Ethero) tashkiloti tomonidan yurtdoshlarimizni vaqtincha ishga yuborish bo'yich e'lon berilgan edi. Fuqarolar tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Instagramdagi rasmiy sahifasiga (bandlik_vazirligi) ushbu loyiha nega to'xtab qolganligi haqida murojaatlar bo'lmoqda.

Shuni ma'lum qilamizki, Buyuk Britaniyaning mazkur korxonasiga mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga ketish jarayonlari ish beruvchi bilan bog’liq vaziyat, shu sababli hozirda tashkilot vakillari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook Youtube | Instagram | Twitter | Veb-sayt | Xorijda ish
81.6K viewsedited  07:28
Ochish/sharhlash
2024-04-19 08:33:39
Koreya Respublikasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari Koreya Respublikasining Kanvangdo pronvinsiyasidagi "SEOUL F&B" hamda Kyonggi-dodagi "NIKS Industries" korxonalarida ishlayotgan vatandoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, mazkur korxonalarda mavjud muammo hamda takliflar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida yurtdoshlarimizning mehnat salohiyati keng targ'ib qilinib, ish beruvchilar tomonidan kelajakda mazkur korxonada mavjud bo'sh ish o'rinlariga o'zbekistonlik fuqarolarni ishga jalb qilishga kelishib olindi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
69.4K views05:33
Ochish/sharhlash
2024-04-19 06:35:59
Ayni daqiqalarda Toshkent xalqaro aeroportida Buyuk Britaniyaga vaqtincha mavsumiy ishlashga ketayotgan yurtdoshlarimizni kuzatmoqdamiz.

Bu gal 26 nafar yurtdoshimiz ushbu davlatga jo‘nab ketmoqda.

Oylik maosh o‘rtacha 2,5 ming dollarni tashkil etadi.

Jarayonlarni bu yerda https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ jonli efirda kuzating!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
68.0K views03:35
Ochish/sharhlash