Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar o‘rtasida “Men radikalizmga qarshiman” nomli ko‘rik-t | Manaviyat.edu.uz

Yoshlar o‘rtasida “Men radikalizmga qarshiman” nomli ko‘rik-tanlovni tashkil etilayotganligidan xabardormisiz?

14-18-yoshlilar o‘rtasida “Insholar tanlovi”
19-30-yoshlilar o‘rtasida “Videoroliklar tanlovi” yo‘nalishlarida tashkil etiladi

Tanlovning har ikki yo‘nalishi ham onlayn tarzda 5-oktabr kuni @yoshlarmurojaati_bot telegram botida start oladi va 5-dekabrga qadar davom etadi.

Tanlov uchun tayyorlangan insholarni mazkur havola orqali;
Tanlov uchun tayyorlangan video roliklarni esa mazkur havola orqali taqdim etishingiz mumkin.

Ishtirokchilar botda so‘ralgan savollarga javob berib, o‘zlarining ijodiy ishlarini yo‘nalishlaridan kelib chiqib (word, pdf, mp4, avi) shaklda jo‘natishlari mumkin.

Tanlovda 1-, 2-, 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarning har biri qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlanadi.

Tanlov maqsadi va shartlari haqida quyidagi havola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Murojaat uchun: (88)388-28-77

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube