Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 65.78K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2023-08-25 13:22:25


2023-2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalardagi talabalariga qulaylik yaratish, ularni ijara xonadonlari va talabalar turar joyiga joylashtirish maqsadida Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha maʼlumotlar markazi tashkil etildi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida Talabalar turar joyi va ijara xonadonlariga joylashtirish bo'yicha ma’lumotlar markazi ish olib bormoqda.

Toshkent davlat agrar universitetida “Talabaga madad” shiori ostida Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazining faoliyati haqida videolavha.

Jizzax politexnika institutida talabalarni talabalar turar joyi va ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi tashkil etildi.

Guliston davlat pedagogika institutida Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar beruvchi markaz o‘z ish faoliyatini boshladi.

Andijon davlat tibbiyot institutida Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha maʼlumotlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha maʼlumotlar markazi tashkil etildi.

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha maʼlumotlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Namangan muhandislik-qurilish institutida Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha maʼlumotlar markazi tashkil etildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
26.1K views10:22
Ochish/sharhlash
2023-08-25 11:07:48 #Bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo‘nalishlarga sirtqi o‘quv shakliga qabul to‘xtaganini, shuning uchun ham bu yo‘nalishda xususiy OTMlarda ham sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi haqidagi xabarlar aholi va jamoatchilik o‘rtasida turlicha talqin qilinmoqda.

Ushbu xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Prezidentning 289-son qaroriga asosan 2023/2024-o‘quv yili qabulida pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha faqat sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmadi (ro‘yxat), qolgan kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha hujjatlar qabul qilish belgilangan.

Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlangan. Bular:

1. Boshlang‘ich ta’lim
2. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
3. Musiqa ta’limi
4. Jismoniy madaniyat
5. Texnologik ta’lim

Yuqoridagilardan kelib chiqib, PQ-289-son qarorida ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirmaslik talabi barcha (davlat/nodavlat) ta’lim tashkilotlariga taaluqli bo‘lib, ularga hujjatlar qabul qilish qaror talablariga zid hisoblanadi (o‘tgan yilgi qabullar undan mustasno).

Biroq, ushbu yo‘nalishlarning kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun qabul amalga oshirish mumkin.
Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
16.1K views08:07
Ochish/sharhlash
2023-08-25 08:08:46

“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining test ishlash jarayonlari rasman boshlandi!

@kitobtanlovbot manziliga kirib, “Test savollarini ishlash” tugmachasini bosib, testlarni yechishingiz mumkin.

Test ishlashdan oldin yuqoridagi audioni yaxshilab eshitib chiqish tavsiya qilinadi!

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
16.1K views05:08
Ochish/sharhlash
2023-08-25 08:01:23 KUN TARIXI Bugun 25-avgust haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Galileo Galiley yangi uskuna teleskopni namoyish etdi (1609).

"Linux" operatsion tizimi yaratildi (1991).

Toshkentda Yapon bog'i tashkil topgan kun (2001).

Samarqand shahrining 2750 yil­lik yubileyiga bag'ishlangan tantanali marosim oʻtkazildi (2007).

Musiqashunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Qoraqalpogiston sanʼat arbobi Otanazar Matyoqubov tavallud topgan kun (1946).

Jurnalist va taniqli huquq himoyachisi "Oʻtyuraklar klubi“ inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti asoschisi Moʻtabar Tojiboyeva tavallud topgan kun (1962).

Aktyor Alisher Uzoqov tavallud topgan kun (1984).
Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
17.4K views05:01
Ochish/sharhlash
2023-08-24 18:59:03 “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi bo‘yicha jonli efir boshlandi!

Efirga kirish: https://www.youtube.com/live/6r3cPlsbO6I?si=Tk9N5J0XVojSchRZ
19.0K views15:59
Ochish/sharhlash
2023-08-24 16:42:25
Sambochilarimiz Jahon kubogini 18 ta medal bilan yakunlashdi

Joriy yilning 22-23-avgust kunlari Qirgʻizistonning Choʻlpon-Ota shahrida sambo boʻyicha kattalar oʻrtasida jahon kubogi bahslari boʻlib oʻtdi.


Ushbu musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan sambochilar 24 ta vazn toifasida sovrinli o’rinlar uchun kurash olib borishdi. Bellashuvda ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari umumiy hisobda 18 ta (3 ta oltin, 8 ta kumush va 7 ta bronza) medalga ega chiqishdi.

Shular qatorida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talabasi Masharipova Xosiyat 80 kg vazn toifasida kumush medalini qo’lga kiritdi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
21.1K views13:42
Ochish/sharhlash
2023-07-07 09:21:28
Endi abituriyentlar avval test topshirib, so'ng oliy ta'lim muassasasini tanlaydilar

“Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.) qabul qilindi

Litseyga kirishda yozma imtihon bekor qilinmoqda, nodavlat oliygohlariga kvota ularning reytingdagi o'rniga muvofiq ajratiladi, maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlarda talabalar uchun haq to'lanadi.

2023/2024-oʻquv yilidan:
akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;
kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;
abituriyentlarga “davlat granti” yoki “taʼlim yoʻnalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
talabaning taʼlim yoʻnalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik gʻoyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;
oliy taʼlim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.

2024/2025-oʻquv yilidan:
OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;
umumtaʼlim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
3.1K views06:21
Ochish/sharhlash
2023-07-07 08:08:53
Kelgusi o‘quv yilidan:

bakalavr pedagog kadrlar tayyorlashni to‘liq davlat grantiga o‘tkaziladi;

magistraturada esa, kvotalar 2 karra oshirilib, to‘liq davlat hisobidan bo‘ladi;

kadrlar yetishmaydigan, taʼlim sifati og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Bunda, buyurtma asosida o‘qishni tamomlagan yoshlarga, ushbu maktablarda borib ishlashlari uchun jozibador rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yiladi.

Oliy ta’limga kirishda yoshlarning maktabda o‘qigan baholari ham inobatga olinib, kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qo‘shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o‘tadi va uning natijalariga qarab oliygoh, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab pedagogika yo‘nalishiga o‘qishga kirgan barcha talabalar davlat hisobidan grant asosida o‘qishini aytib o'tdi.

Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ta’lim sohasiga oid rejalari bilan bo‘lishdi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
3.0K viewsedited  05:08
Ochish/sharhlash
2023-07-07 07:46:04


Bugun 7-iyul haftaning juma kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.

Butunjahon Kechirim Kuni (Global Forgiveness Day).

Rimda ilk bor Karlo Kollodining “Pinokkio” nomli ertak kitobi nashrdan chiqqan kun (1881).

Toshkеntda ochilgan "Xunarmandchilik muzеyi" ga "Davlat Amaliy san'at muzеyi" maqomi berilgan kun (1997).

Belgiyaning Kortreyk shahrida Ibn Sino haykali o'rnatilgan kun (2000).

“General Motors Powertrain Uzbekistan” qo'shma korxonasida birinchi marta dvigatel ishlab chiqarildi (2011).

Temuriylardan, Boysunqur Mirzoning oʻgʻli Abulqosim Bobur tavallud topgan (1422).

Oʻzbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayev tavallud topgan (1934).

Yog’och o’ymakori, O’zbekiston xalq ustasi Hasan Odilov tavallud topgan (1960).

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Azizbek Haydarov tavallud topgan (1985).

Oʻzbekistonlik professional bokschi, jahon chempioni, O‘zbekiston iftixori Shahram Gʻiyosov tavallud topgan (1993).

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
2.6K viewsedited  04:46
Ochish/sharhlash
2023-07-06 18:01:02 Premyera boshlandi!

Spektaklni ko‘rish:

2.6K views15:01
Ochish/sharhlash